O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “ ijtimoiy fanlar



Yüklə 8,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/169
tarix17.07.2023
ölçüsü8,04 Mb.
#136717
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   169
Fuqarolik jamiyati

Mark Tuliy Sitseron 
(mil. av. 106-43 yillar) ham jamiyat va 
davlat (respublika)ni tenglashtiradi. Davlatni u umumiy manfaatlar bilan o‘zaro bog‘langan 
odamlar majmui sifatida tasavvur qiladi, davlat xalqning umumiy mulki hisoblanadi va odamlar 
birgalikda yashashga tabiiy ehtiyoj sezadi. Uning fikricha, davlatning vazifasi mulkni muhofaza 
qilishdan iborat. Davlat ayni shu maqsadda tashkil etiladi. Sitseron fikriga ko‘ra, uch boshqaruv 
shakli (monarxiya, aristokratiya va demokratiya) unsurlarini o‘zida mujassamlashtirgan aralash 
davlat eng ideal davlatdir. Faqat shunday davlatda har bir jamiyat a’zosining manfaatlarini 
qondirish va u davlatni boshqarishda ishtirok etishi ta’minlanadi. «Davlatning mustahkamligi va 
fuqarolarning 
huquqiy 
tengligi» 
bunday 
davlat 
tuzumining 
muhim 
fazilati 
deb 
hisoblaydi.Sitseronning «Davlat haqida» va «Qonunlar haqida» asarlari davlat va huquq 
muammolariga bag‘ishlangan. Davlat Sitseron talqinida qadimgi yunon mutafakkirlarining 
konsepsiyalaridagi kabi davlatning barcha erkin a’zolari umummanfaat ifodasi sifatidagina emas, 
balki bu a’zolarning o‘zaro kelishilgan huquqiy munosabatlari majmui, muayyan huquqiy 
tuzilma, «umumiy huquqiy tartibot» sifatida ham namoyon bo‘ladi. 
Sitseron davlat tushunchasiga birinchilardan bo‘lib huquqiy tus beradi, bu ta’limot 
keyinchalik juda ko‘p mutafakkirlar, shu jumladan 
«huquqiy davlat» g‘oyasining 
hozirgi 
tarafdorlari tomonidan ham e’tirof etiladi. 
Sitseron konsepsiyasiga ko‘ra, “fuqarolik jamiyati” g‘oyasi antik davr uchun klassik 
ahamiyatga ega bo‘ladi, bu o‘z navbatida yangi davrda shakllangan nazariy qarashlarga asos 
bo‘ladi. Ko‘pgina ekspertlar fikricha, aynan Sitseronning ijtimoiy-siyosiy ta’limotida “fuqarolik 
jamiyati” o‘zining tushunchaviy asoslariga ega bo‘ladi.
Fuqarolik jamiyatining tarixiy ko‘rinishlari ifodasi Evropa-O‘rta er dengizi an’anasi 
asosida fuqarolik jamiyatining dastlabki ko‘rinishlari – Uyg‘onish davridagi italyan shahar-
davlatlariga borib taqaladi. Bunda fuqarolik jamiyati shahar boshqaruvi tizimiga asoslangan, 
muayyan shahar doirasidagi, ijtimoiy munosabatlar tizimi sifatida xarakterlanadi. 
Olimlar fuqarolik jamiyatining yana bir tarixiy ildizini, olmon madaniy doirasi ta’siridagi 
kontinental-evropa an’anasi bilan bog‘lashadi. Erkin fuqaroning paydo bo‘lishiga, birinchilardan 
bo‘lib birlashgan hunarmandlar va savdogarlar gildiyasi, feodallardan himoyalovchi va shaharlar 
boshqaruviga ta’sir qilgan birinchi assotsiatsiya sabab bo‘lgan deb hisoblanadi.
Uchinchi tarixiy ildiz fuqarolik jamiyati zamonaviy tushunchasi shakllanishida liberal 
anglo-amerika an’anasi muhim ahamiyat kasb etgan. Tadqiqotchilar bu borada turlicha fikr 
bildiradi. Masalan, fuqarolik jamiyati tabiiy huquq va erkinlik asosida mulkka egalik qilishi 
haqidagi g‘oyani Jon Lokk, modernizatsiya va o‘z-o‘zini boshqarishni fuqarolik jamiyatining 
muhim komponentlari sifatida Adam Smit, minimal davlat konsepsiyasi, fuqarolik jamiyati va 
zaruriy yovuzlik sifatidagi davlatning o‘ta chegaralangan roli haqidagi g‘oyani Tomas Peyn, 
amerikacha demokratiya tahlili hoyasini Aleksis de Tokvil, davlat va fuqarolik jamiyati 


21 
o‘rtasidagi munosabatlarni belgilab bergan va fuqarolik jamiyati mustaqil bo‘lishi kerakligini 
ta’kidalagan Jon Styuart Mill kabi olimlarni ko‘rsatish mumkin. 
Fuqarolik jamiyati haqida turlicha tarixiy va metodologik yondashuvlar va 
interpretatsiyalarni inkor etmagan holda, yangi davrda fuqarolik jamiyati konseptuallashuvi 
jarayonida muhim rol o‘ynagan Uyg‘onish davri olimlardan biri Nikolo Makiavelli (1469–1527) 
bo‘lib, u pragmatik, tajribaviy ijtimoiy fanga asos soldi. Fuqarolik jamiyati Makiavelli uchun 
sinfiy, partiyaviy qarama-qarshi qiziqishlar majmuidir. Unga ko‘ra fuqarolik jamiyati xalqdan 
axloqiy asosni – ezgulik va fazilatni, ijtimoiy qiziqishlar va respublika tuzilmasi qiziqishlari 
oldida burchni his qilish va jasoratni talab qiladi. Boshqacha qilib aytganda, u erkin individlar 
uchun munosib birlashma bo‘ladi. Davlatni himoya qilish uchun hukmdor qo‘lidagi barcha 
vositalarni ishga solishi kerak bo‘ladi, yolg‘on, shafqatsizlik hatto urush ham bundan mustasno 
emas. Davlat qiziqishlari unda birlamchi ahamiyat kasb etgan. Makiavelli davlatning mutlaqo 
mustaqilligini talab qilgan, cherkovdan ham, ya’ni davlat va umuman siyosat sohasining 
sekulyarizatsiyasi tarafdori bo‘lgan. U davlat boshqaruvining o‘ziga xos siyosiy mahorat 
maktabini yaratadi, unda hech qanday axloqiy normalar bilan hisoblashmay, “maqsad har qanday 
vositani oqlaydi” degan tamoyilni ishlab chiqqan.
SHunga qaramay, aynan shunday masalani ko‘ndalang qo‘yish g‘oyasi ortidan yangi 
davrda bir qator faylasuflar fuqarolik jamiyati konsepsiyasini yanada boyitdi. Xususan, “So‘z 
erkinligi haqida” Djon Milton, “Leviafan” Tomas Gobbs, “Davlat boshqaruvi haqida ikki 
traktat” Jon Lokk, “Qonunlar ruhi haqida” Monteske, “Ijtimoiy kelishuv haqida” Jan Jak Russo, 
“Ilohiy-siyosiy traktat” Benedikt Spinoza, “Fuqarolik jamiyati tarixi haqida xatlar” Anri 
Fergyuson kabilardir. Mazkur ishlarda u yoki bu darajada inson hayotining o‘ziga xos shakli 
sifatidagi fuqarolik jamiyati muammollari yoritibgina qolmay shaxs va davlatga fuqarolik 
jamiyatining asosiy sub’ekti bo‘lgan fuqaroning butun potensialini yuzaga chiqarish uchun zarur 
bo‘lgan prinsipial yangi sifatlari ishlab chiqilgan. 
Tomas Gobbs antik davr mutafakkirlariga (Platon, Aristotelga) ergashib, jamiyat va davlat 
tushunchalarini tenglashtiradi. U davlat, fuqarolik jamiyati va fuqaroviy shaxs tushunchalari 
o‘rtasiga tenglik belgisini qo‘yadi. Biroq, ayni vaqtda, u agar davlat fuqaro bo‘lsa, bu har qanday 
fuqaro davlat hisoblanishini anglatmasligini qayd etadi. Muayyan xo‘jalik, savdo va tijorat 
ishlarini olib borish uchun a’zolari o‘zini hamjamiyat (davlat) xohish-irodasiga to‘la 
bo‘ysundirmagan birlashmalar, kompaniyalar, ya’ni «fuqaroviy shaxslar» tashkil etilishi 
mumkin. Ayni vaqtda bunday fuqaroviy shaxslar (shirkatlar) oxirigacha bo‘ysungan bo‘ladi. 
Mazkur mantiqni «fuqarolik jamiyati» tushunchasiga nisbatan ham tatbiq etish mumkin. 
Ingliz ma’rifatchi faylasufi va siyosiy mutafakkiri 

Yüklə 8,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin