O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “ ijtimoiy fanlar


YAngi davrda fuqarolik jamiyati nazariyasi rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari



Yüklə 8,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/169
tarix17.07.2023
ölçüsü8,04 Mb.
#136717
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   169
Fuqarolik jamiyati

YAngi davrda fuqarolik jamiyati nazariyasi rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari

Fuqarolik jamiyati konsepsiyasining Evropacha an’anasi antik ildizlarga ega. Mazkur 
an’ananing mazmun-mohiyati nafaqat siyosiy, balki shaxsni ijtimoiy-axloqiy nuqtai nazardan 
baholash bilan bog‘liq edi. Bunga Aflotun, Arastu, Sitseron kabi mutafakkirlarning qarashlarini 
misol keltirish mumkin.
Fuqarolik jamiyatining antik konseptual ta’limoitda jamiyat va davlat fenomenlarining 
uzviyligi qadimgi yunon dunyoqarashining muhim xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Xususan, 
Aflotunning (mil. av. 427–347 y.) “Davlat” dialogida fuqarolarning shaxsiy va ijtimoiy hayotini 
ajratishgina emas, ijtimoiy sohani hozirgidek zamonaviy talqinda, siyosiy faollik sifatida 
tushunilgan. Bunda jamiyat hayotining siyosiy jihatlari, fuqarolik jamiyati tizimining umumiy 
tavsifi sifatida namoyon bo‘ladi. 
Fuqarolik jamiyati g‘oyasining keyingi rivoji Aflotunning shogirdi Arastu(mil. av. 384–
322 y.) ijodi bilan bog‘liq. Ustozi kabi Arastu ham eng mukammal jamiyat g‘oyasini ishlab 
chiqishga diqqat e’tiborini qaratadi, biroq fuqarolik jamiyati g‘oyalari tarkibida bu masala 
o‘zgacha nazariy jihatlarni tashkil qiladi. Uni ko‘proq ijtimoiy transformatsiya emas, balki davlat 
tuzilmasidagi o‘zgarishlar qiziqtiradi. Bundan tashqari Arastu o‘zining nazariy ishlanmalarida 
davlat haqidagi mavhum g‘oyaga tayanishni emas, jumladan Aflotunga xos bo‘lgan, balki 
9
Каримов И.А. Она юртимиз бахту иқболи ва буюк келажаги йўлида хизмат қилиш — энг олий саодатдир. -Т.: 
Ўзбекистон. 2015. -Б.126. 


20 
voqe’likda mavjud bo‘lgan boshqaruv shakllarini solishtirish, qiyosiy tahlil qilishga tayanadi, bu 
jihat esa uning davlat va jamiyat borasidagi pozitsiyasini konkretroq bo‘lishini ta’minlaydi.
Platondan farqli o‘laroq, Aristotel xususiy mulkni e’tirof etadi. CHunki u inson tabiatiga 
xos bo‘lib, odamlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning o‘zagini tashkil etadi. Aristotel mulk 
huquqining fuqarolar farovonligi, davlat va uning boshqaruv shakli xavfsizligi, qonunchilik 
organi ishida fuqarolarning ishtiroki mexanizmi, lavozimlarni egallash va vazifalarni bajarish, 
sud organlari ishidagi rolini atroflicha o‘rgangan. Huquqni Aristotel adolat mezoni deb 
hisoblagan va unga ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi va ayni vaqtda ularni muhofaza 
qiluvchi institut sifatida yondashgan. Aristotel fikriga ko‘ra, siyosiy boshqaruv – bu odamlarning 
emas, balki qonun boshqaruvidir: hatto eng yaxshi hukmdorlar ham tuyg‘ular va hissiyotga 
beriluvchan bo‘ladi, qonun esa «oqilona tafakkur»dir. 
Qadimgi rim mutafakkiri 

Yüklə 8,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin