2.
Fuqarolik jamiyati fanining tushunchalari, qonuniyatlari va boshqa ijtimoiy-gumanitar
fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi.
Fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi to‘g‘risidagi umume’tirof etilgan
qonuniyatlarni
2 guruhga ajratish mumkin.
1-guruh. Fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi to‘g‘risidagi umume’tirof etilgan
qonuniyatlar.
2-guruh. Har bir mamlakatlarning milliy va tarixiy rivojlanishidagi o‘ziga xos jihatlarini xisobga
oladigan qonuniyatlar.
Fanning asosiy tushunchalari: fuqaro, jamiyat, fuqarolik jamiyati, davlat, huquqiy davlat, siyosiy
institutlar, fuqarolik jamiyati institutlari, fuqarolarning huquq va erkinligi, inson huquqlari, jamiyatining
ijtimoiy tuzilmasi, jamiyatining iqtisodiy asoslari, demokratik institutlar, qonun ustuvorligi, saylov, saylov
huquqi, fuqaroviylik, fuqaro faolligi, yurt tinchligi, vatan ravnaqi, xalq farovonligi, yuksak ma’naviyat,
daxldorlik hissi, ommaviy axborot vositalarini erkinlashtirish, o‘zini o‘zi boshqarish, Millatlar va
konfessiyalararo totuvlik, jamoatchilik nazorati, davlat organlari faoliyatining ochiqligi, ijtimoiy sheriklik
kabilardir.
Fuqarolik jamiyati fanini o‘qitish jarayonida ilmiylik, tarixiylik, mantiqiylik, tizimlilik,
qiyosiy tahlil metodlaridan foydalaniladi.
Ilmiylik – fuqarolik jamiyati to‘g‘risidagi g‘oyalar, nazariyalar, zamonaviy konsepsiyalarni
tahlil qilish asosida uning metodologik nazariy asoslarini ko‘rsatish.
Tarixiylik - fuqarolik jamiyatining shakllanishining tarixiy bosqichlari, ularning o‘ziga xos
xususiyatlarini tahlil qilgan holda jahon tajribasida erishilgan yutuqlardan foydalanish asosida
tahlil etish.
Mantiqiylik – fuqarolik jamiyati shakllanishining genezisidan to bugungi holatigacha
bo‘lgan jihatlarini (asosiy belgilari, omillari, tamoyillari, funksiyalari) uzviylik asosida tahlil
qilish.
Tizimlilik – fuqarolik jamiyatini bir butun tizim sifatida va har bir belgilarning paydo
bo‘lishi, rivojlanishi va tizimdagi o‘rni va rolini ko‘rsatish.
Qiyosiy tahlil metodi – fuqarolik jamiyati shakllanish va rivojlanish tajribalarini
solishtirish, har bir davlatdagi o‘ziga xos jihatlarini ko‘rsatish.
Fuqarolik jamiyati fani bakalavriat bosqichi o‘quv rejasidagi O‘zbekistonda demokratik
jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti, Huquqshunoslik, Sotsiologiya, O‘zbekiston tarixi,
Falsafa, Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar, Iqtisodiyot nazariyasi, Ma’naviyat
asoslari, Madaniyatshunoslik kabi fanlar bilan o‘zaro bog‘liqdir. Bu fanlarda fuqarolik jamiyati
shakllanishi va rivojlanishining turli yo‘nalishlaridagi holati, qonuniyatlari, tamoyillari
o‘rganiladi. Fuqarolik jamiyati fanning o‘ziga xosligi shundan iboratki, u jamiyatni rivojlanib
boruvchi bir butun yaxlit tizim va tizimning tarkibiy qismlari sifatida o‘rganadi.
Fuqarolik jamiyati fanining metodologik funksiyasi ijtimoiy fanlarning rivojlanishi
ijtimoiy jarayonlarni o‘rganishning umumiy yo‘nalishlarini belgilashda, ishlab chiqilgan
me’yorlarning dasturil amal sifatida foydalanishda yaqqol ko‘zga tashlanadi.
11
Fuqarolik jamiyati fanining prognostik funksiyasi jamiyatning rivojlanish istiqibollarini
oldindan ko‘rishga inson huquqlari va erkinliklarining namoyon bo‘lishida ko‘rinadi.Jamiyatning
har bir fuqorosi o‘z kasbi-kori va ixtisosligidan qa’tiy nazar jamiyat rivojlanishi to‘g‘risidagi
bilimlari chuqur egallashi orqaligina yon atrofida ro‘y berayotgan voqea hodisalarning kelib
chiqish sabablari va oqibatlarini bilishi, ularni boshqarishda bevosita yoki bilvosita ishtirok etish,
bunyodkor kuchga aylanishi mumkin.
Bugungi kunga kelib dunyoning aksariyat davlatlarida huquqiy-demokratik tizimlar
umumbashariy va milliy qadriyatlar uyg‘unligi sifatida qaror topayotganligi fuqarolik
jamiyatini barpo etish insoniyat hayot tarzining eng maqbul rivojlanish yo‘li ekanini deyarli
barcha e’tirof etayotganligi va uning jahoniy ko‘lam kasb etayotganligi fuqarolik jamiyatini fan
sifatida o‘rganishni taqozo etmoqda.
«Erkin fuqarolik jamiyatiga dunyodagi ko‘p-ko‘p davlatlar asrlar davomida to‘plangan
tajriba va demokratik an’analarni rivojlantira borib etib kelgan, - deb ta’kidlagan edi
I.A.Karimov. – Biz bunday jamiyatni qurishni, barpo etishni orzu qilmoqdamiz va shunga
intilmoqdamiz»
5
.
SHuni ta’kidlash lozimki, insoniyat taraqqiyotining Aristotel, Platon, Sitseron va boshqa
mutafakkirlar yashagan tarixiy bosqichida fuqarolik jamiyati deganda davlatni tushungan. Bu hol
ancha uzoq vaqt mavjud bo‘lgan va iqtisodiy hamda ijtimoiy-siyosiy munosabatlarning
rivojlanish darajasi (mehnat taqsimotining primitiv shakllari, tovar-pul munosabatlari
rivojlanishining dastlabki bosqichi, jamiyat hayotini davlat tasarruf etishi, ijtimoiy tuzilmaning
tabaqaviyligi) bilan bog‘liqdir.
Fuqarolik jamiyatining ba’zi bir unsurlari antik dunyoning ayrim mamlakatlarida mavjud
bo‘lib (YUnoniston, Rim), bu erda hunarmandchilik va savdo-sotiqning rivojlanishi xususiy
huquqning ayrim institutlari (ayniqsa, Rim xususiy huquqi)da mustahkamlangan tovar-pul ishlab
chiqarishini vujudga keltirdi. Biroq, holat faqat fuqarolik jamiyatining ayrim mintaqalarda
vujudga kelgan va tabaqalashgan vertikal tuzilmalari va ularning bilan uyg‘unlashgan
unsurlaridan iborat edi, xolos.
Ijtimoiy-siyosiy fanlarda fuqarolik jamiyati va «davlat» tushunchalari uzoq vaqt uchalik
farqlanmay keldi, ular aynan tushunchalar sifatida qabul qilindi. Biroq, XVII asr o‘rtalaridan
boshlab, jamiyatning turli jabhalarini tabaqalashishi, ularni davlat hokimiyati boshqaruvidan
chiqarish, uzviy huquq va erkinliklarga ega bo‘lgan erkin va mustaqil individni kamol toptirish
jarayoni ijtimoiy taraqqiyotning ikki tamoyiliniyuzaga keltirdi va ularni ijtimoiy ong va fanda
aks ettirish zarurati paydo bo‘ldi.
Davlatda hokimiyatning uchga bo‘linishi, siyosiy partiyalar, manfaatlar guruhlari (kasaba
uyushmalari, ommaviy axborot vositalari va h.k.) paydo bo‘lishi bilan jamiyat hayoti mazmuni
endi faqat davlat hokimiyati bilan cheklanib qolmaslikni taqozo etdi. Jamiyat boshqaruvi
dunyosiga yangi ishtirokchi institutlar kirib kela boshladi, ular siyosiy qarorlar qabul qilish,
fuqarolik jamiyati strategiyasini ishlab chiqish, shaxs faoliyatining umumiy maqsad va
mazmunini shakllantirish jarayoniga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsata boshladi.
Fuqarolik jamiyati tushunchasi absolyutizm ag‘darilganidan so‘ng shakllangan yangi
hayotni, ya’ni fuqarolarning shaxsiy hayotini davlat tazyiqidan xalos etishni aks ettiradi.
Fuqarolik jamiyati va huquqiy davlatda mansbdorlar fuqarolar bilan o‘zaro muomalalarda
qonunga qat’iy rioya qilishi g‘oyalari ilgari surildi.
Tarixda davlatdan mustaqil ravishdagi jamiyat amalda doimo namoyn bo‘lgan davrla ham
bo‘lgan, biroq u doimo ham fuqarolik jamiyati mazmunini kasb etavermagan. Fuqarolik jamiyati
5
Каримов И.А. Биз келажагимизни ўз қўлимиз билан қурамиз. Тошкент, «Ўзбекистон», 1999, 7-жилд. 304-б.
12
davlatning ijtimoiy tuzilmalaridan ajralishi, u ijtimoiy munosabatlarning nisbatan mustaqil
jabhasiga aylanish natijasi o‘laroq paydo bo‘ldi. Fuqarolik jamiyati shakllanishi va rivojlanishi
jarayonida hozirgi davr huquqi va davlati vujudga keldi.
Ko‘rib turganimizdek, fuqarolik jamiyati kategoriyasi tarixan insoniyat rivojlanishining
shunday bir alohida yo‘nalishini aks ettiradiki, u har bir davrning o‘ziga xos mutafakkirining
oqilonalik, erkinlik, farovonlik va adolat hukm suruvchi ideal jamiyat modelini yaratishga
intilishi bilan tavsiflanadi. Davlat, oila, qabila, millat tushunchalari, diniy va boshqa birliklardan
farq qiluvchi fuqarolik jamiyati kategoriyasi, yuqorida qayd etib o‘tganimizdek, XVIII-XIX
asrlarga kelib o‘rganila boshlandi.
Evropa va Amerika mamlakatlarining, katta mintaqalarida fuqarolik jamiyatining
shakllanishi yangi davrda boshlandi. Olimlar va mutaxassislar fikriga ko‘ra, fuqarolik
jamiyatining rivojlanishini uch bosqichga ajratish mumkin. Bunda bir bosqichdan keyingi
bosqichga o‘tishda jamiyat va davlat tuzumida katta o‘zgarishlar, ijtimoiy va siyosiy tangliklar,
ommaviy harakatlar, sinflarning to‘qnashuvlari, jamiyat mafkurasida tub o‘zgarishlar yuz
bergan.
Birinchi bosqich shartli ravishda XVI-XVII asr. Bu davrda fuqarolik jamiyatining
iqtisodiy, siyosiy va mafkuraviy asoslari yaratildi. Ular jumlasiga sanoat va savdoning
rivojlanishi, ishlab chiqarish turlarining ixtisoslashuvi, mehnat taqsimotining teranlashuvi, tovar-
pul munosabatlarining rivojlanishi kiritish mumkin. SHuningdek, yagona markazlashgan
davlatlarning tashkil topishi bilan feodal tarqoqlik davrida mavjud bo‘lgan tengsizlik,
huquqsizliklarga barham berishga e’tibor berila boshlandi.
Ikkinchi bosqichi XVIII asr oxiridan XIX asr oxirigacha davom etdi. Bu davrda eng
rivojlangan mamlakatlarda umumiy yuridik tenglik va erkinlikka, tadbirkorlik erkinligi va
shaxsiy tashabbusga asoslangan dastlabki kapitalizm ko‘rinishidagi fuqarolik jamiyati
shakllandi.
Uchinchi bosqich (XIX asr oxiri va keyingi davr) vertikal feodal tuzilmalar o‘rnini erkin
odamlarning huquqiy tengligi va o‘zaro bitimlariga asoslangan gorizontal munosabatlar
egallagani bilan tavsiflanadi. Insoniyatning ko‘p asrlik tarixida barcha odamlar, ijtimoiy kelib
chiqishi va mavqeidan qat’i nazar, jamiyat hayotining huquqiy jihatdan teng ishtirokchilari deb
e’tirof etilishi muhim ijtimoiy ahamiyat kasb etdi. Ular har kimga o‘zini erkin xohish-irodaga
ega bo‘lgan, o‘z harakatlari va ularning huquqiy oqibatlari uchun javob berishga qodir shaxs
sifatida namoyon etish imkoniyatini beruvchi qonunlar bilan e’tirof etilgan qator huquqlar va
erkinliklarga egabo‘la boshladi.
Fuqarolik jamiyatining amalda yuzaga kelishiga Huquqlar haqidagi bill (Angliya, 1689 y.;
AQSH, 1791 y.) yoki Inson va fuqaro huquqlari deklaratsiyasi (Fransiya, 1789 y.)ning qabul
qilinishi muhim ahamiyat kasb etdi. Fuqarolik jamiyati – o‘z shaxsi, ijodiy tashabbusini erkin
namoyon etuvchi teng huquqli odamlar jamiyati, ortiqcha taqiqlar va keraksiz ma’muriy tartibga
solishdan xoli teng imkoniyatlar jamiyati sifatida shakllandi.
Jamiyat a’zolari yuridik nuqtai nazardan fuqarolik huquq va erkinliklarga ega bo‘ldi.
Fuqarolik - insonning muayyan davlatga barqaror tarzdagi mansubligi, inson va davlatning
o‘zaro huquqiy aloqasi sifatida namoyon bo‘la boshladi. Bu ikki tomonlama aloqalar, bir
tomondan, davlat o‘z fuqarolariga muayn huquq va erkinliklarni kafolatlaydi, ularning o‘zini va
mol-mulkini zo‘ravonlik va o‘zboshimchaliklardan himoya qiladi, xorijiy mamlakatlarda
istiqomat qiayotgan o‘z fuqarolariga homiylik qiladi. Boshqa tomondan, fuqarolar davlat
qonunlariga rioya qilishlari, u belgilagan majburiyatlarni bajarishlari, o‘z mehnati bilan davlatni
mustahkamlashga ko‘maklashishlari, uning obro‘sini saqlashlari, zarur bo‘lgan holatlarda uni
13
himoya qilishlari lozim. Bu huquq va burchlar majmui fuqarolarning siyosiy-huquqiy maqomini
tashkil etadi.
Fuqarolik - bu nafaqat shaxsning huquqiy maqomi, balki uning ijtimoiy holati hamdir.
Huquqiy davlatda qonun oldida tenglik va bu bilan bog‘liq holda fuqarolik huquqlariga siyosiy
va ijtimoiy-iqtisodiy huquqlar qo‘shiladi. Jamiyatda haqiqiy erkinlikni ta’minlash har bir inson
nafaqat yuridik va siyosiy ma’noda, balki iqtisodiy va ijtimoiy ma’noda ham fuqaroga
aylanishini nazarda tutadi.
XX asrda fuqarolik jamiyati g‘oyasi yanada muhimroq ahamiyat kasb etdi. Bunga avvalo
totalitar va avtoritar tuzumlarning paydo bo‘lishi va ularga qarshi demokratiya uchun kurash olib
borish zaruriyati sabab bo‘ldi. Plyuralizm nazariyasi keng tarqaldi. Bu nazariyaga binoan,
demokratik jamiyatning asosiy vazifasi quyidagilardan iborat:
- fuqarolar totuvligiga erishish yo‘llarini izlash;
- aholining turli guruhlari manfaatlarini hisobga olish;
- qarama-qarshiliklarga barham berish va nizolarning oldini olish.
Tabaqaviy imtiyozlarning tugatilishi va fuqarolik huquqlarining paydo bo‘lishi fuqarolik
jamiyati shakllanishining muhim omili hisoblanadi. SHaxsning huquq va erkinliklarini
ta’minlovchi huquqiy davlat fuqarolik jamiyatining siyosiy negizi bo‘lib xizmat qiladi.
SHunday qilib, “huquqiy davlat” va “fuqarolik jamiyati” tushunchalari jamiyat hayotining
turli tomonlarini aks ettiruvchi tushunchalardir. Ular guruhlar, individlar, jamiyatning umumiy
ahamiyatga molik manfaatlari o‘raladigan qobiq hisoblanadi va ularni ro‘yobga chiqarish
usullaridan tashkil topadi.
SHuni ta’kidlab o‘tish lozimki, fuqarolik jamiyatining davlatdan ajralishi aynan tabaqalar
o‘rtasidagi tengsizlikni tugatish va ijtimoiy munosabatlarni davlat tasarrufidan chiqarish
jarayonida yuz bergan. Bu jarayonga butun aholi nomidan ish ko‘ruvchi vakillik davlatining
shakllanishi asos bo‘lgan.
Buning uchun odamlarning yuridik tengligi ularga huquq va erkinliklar berish orqali qonun
yo‘li bilan tan olindi. Tabaqaviy tengsizlik o‘rnini egallagan umumiy yuridik tenglik shaxsning
mutlaqo yangi ijtimoiy holatini belgilab berdi. Endi individlar, ularning ijtimoiy kelib
chiqishidan qat’i nazar, erkin hamda ijtimoiy hayotning to‘laqonli ishtirokchilari deb e’tirof
etildi.
Fuqarolik jamiyati – ochiq ijtimoiy tuzilma. Unda so‘z erkinligi, shu jumladan, tanqid
qilish erkinligi, oshkoralik, har xil axborotlar olish erkinligi, erkin kirish va chiqish huquqi,
boshqa mamlakatlar bilan keng miqyosda, doimiy asosda axborot, ta’lim texnologiyalari
almashinuvi, chet davlatlar va jamoat tashkilotlari bilan madaniy va ilmiy hamkorlik, xalqaro
huquq prinsiplari va normalariga muvofiq xalqaro xorijiy birlashmalar faoliyatiga ko‘maklashish
ta’minlanadi. U umumiy insonparvarlik tamoyillariga sodiq bo‘lib, dunyo miqyosidagi shunday
tuzilmalar bilan o‘zaro aloqa qilish uchun ochiqdir.
Fuqarolik jamiyati – murakkab tarkibli va plyuralistik tizim. Tabiiyki, har qanday ijtimoiy
organizm tizimning muayyan xossalari majmuiga ega bo‘ladi, biroq fuqarolik jamiyatiga
ularning to‘liqligi, barqarorligi va samaraliligi xosdir. Rang-barang ijtimoiy shakllar va
institutlar (kasaba uyushmalari, partiyalar, birlashmalar, tadbirkorlar, klublar va h.k.)ning
mavjudligi individlarning turli tuman ehtiyojlari va manfaatlarini ifodalash va ro‘yobga
chiqarish, odamzotning barcha qobiliyatlarini namoyon etish imkonini beradi.
Fuqarolik jamiyati – o‘zini o‘zi rivojlantiruvchi va o‘zini o‘zi boshqaruvchi tizim.
Individlar har xil tashkilotlarga birlashib, bir-biri bilan rang-barang munosabatlar o‘rnatib,
o‘zlarining ba’zan qarama-qarshi manfaatlarini ro‘yobga chiqarib, jamiyat siyosiy hokimiyat
kuchiga ega bo‘lgan davlatning aralashuvisiz uyg‘un va izchil rivojlanishini ta’minlaydilar.
14
Fuqarolik jamiyati o‘zining davlatdan mustaqil o‘zini o‘zi rivojlantirish ichki manbalariga
egadir.
Fuqarolik jamiyati – huquqiy demokratik davlat bilan uyg‘unlikda yashaydi. Bu erda inson
va fuqaroning tabiiy va o‘zlashtirilgan huquqlarini tan olish, ta’minlash va himoya qilish
bog‘lovchi omil sifatida amal qiladi.
Fuqarolik jamiyatining asosiy unsuri ayrim shaxs bo‘lsa, fuqarolik jamiyati institutlari,
tashkilotlar, guruhlar va hokazolar uni shakllantiruvchi omillardir. Ular shaxs, uning manfaatlari,
maqsadlari, niyatlari va hokazolarni ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashadi. SHu sababli iqtisodiy
va siyosiy hokimiyatni ajratish, haqiqiy fuqarolik jamiyatining yuzaga kelishi va qaror
topishining bosh omili hisoblanadi. Iqtisodiy hokimiyat siyosiy hokimiyat bilan qo‘shilganida
muqarrar tarzda iqtisodiy hokimiyatning bir markaz, bir odam yoki shaxslar guruhi qo‘lida
jamlanishi yuz beradi. Agar siyosiy va iqtisodiy hokimiyatlar turli markazlar, qo‘llarda jamlansa,
ular bir-birini cheklab turadi.
Dostları ilə paylaş: |