9
-talabalarga fuqarolik jamiyatiga doir tushunchalarni tahlil qilishda, unga doir nazariyalarni
o‘rganishda har tomonlama ko‘maklashish, ularning jamiyatga doir qarashlarini boyitish;
-fuqarolik jamiyati qurish islohotlarida shaxsning rolini ochib berish asnosida talabalarda
shaxsiy fuqarolik nuqtai nazarlarni shakllantirishga yordamlashish;
-talabalar ongiga fuqarolik jamiyati qurish jarayonida paydo bo‘ladigan
muammolar va
ularning echimlariga doir bilimlarni singdirish;
-
talabalarga fuqarolik jamiyatiga doir nazariy ishlanmalarni tahlil qilish ko‘nikmalarini
shakllantirishlarida ularga har tomonlama ko‘mklashish;
-
taraqqiyotning “o‘zbek modeli” va fuqarolik jamiyatini barpo etishning ilmiy-metodologik
asoslariga doir bilimlarni o‘zlashtirishlariga ko‘maklashish;
-
talabalarga huquqiy davlat vafuqarolik jamiyatining asosiy belgilari va o‘zaro ta’sir etish
mexanizmlariga doirtushunchalarga doir bilimlar berish;
-
fuqarolik jamiyatini barpo etishning ijtimoiy-siyosiy,
iqtisodiy, huquqiy, ma’naviy
asoslarini
ochib berish;
-
fuqarolik jamiyatining iqtisodiy tayanchi – nodavlat va shaxsiy mulkchilik, tadbirkorlik va
fermerlikni rivojlantirishga doir bilimlar berish;
-
talabalar ongini fuqarolik jamiyatining ma’rifiy va ruhiy asosi – milliy ma’naviyatni tiklash va
uni rivojlantirishga doir bilimlar bilan boyitish;
-
“Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyilining mazmun-mohiyatini
tushuntirish;
-
“Adolat – qonun ustuvorligida” tamoyilining mohiyati va ahamiyatiga doir bilimlar berish;
-
saylov huquqi erkinligi - fuqarolik jamiyatining muhim mezoni ekanligini asoslash;
-
fuqarolik jamiyati institutlari rivojlanishida jahon tajribasining o‘rnini ochib berish;
-
ijtimoiy innovatsiyalarning fuqarolik jamiyati shakllanishi va rivojlanishiga ta’siri to‘g‘risida
bilimlar berish;
-
siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa sohalarni erkinlashtirish islohotlarini fuqarolik jamiyatini
rivojlantirishdagi ahamiyatini ochib berish;
-
jamiyatda fuqarolar manfaatlari muvozanatini ta’minlash masalasi haqida tushunchalar berish;
-
fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda siyosiy partiyalarning o‘rni va ahamiyatini ko‘rsatib berish;
-
nodavlat notijorat tashkilotlarining fuqarolik jamiyati instituti sifatidagi o‘rnini ochib berish;
-
ommaviy axborot vositalarini erkinlashtirishga doir bilimlar berish;
-
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini yoritib berish;
-
jamoatchilik nazorati va davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlanish masalalarini
yoritish;
-
ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida bilimlar berish va yoshlarda faol fuqarolik pozitsiyalarini
shakllantirish mexanizmlariga doir bilimlar berish.
Fuqarolik jamiyati fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida
talabalarda quyidagi bilim, ko‘nikma shakllantiriladi:
Fuqarolik jamiyati to‘g‘risida nazariy bilimlar va ularning O‘zbekiston va jaxon
tajribasida namoyon bo‘lishining o‘ziga xos jihatlari to‘g‘risida; talabalarda
fuqarolik jamiyati
to‘g‘risidagi nazariy bilimlar va ko‘nikmalar; jahonda fuqarolik jamiyatining shakllanish va
rivojlanish tajribalari; fuqarolik jamiyati institutlarining shakllanishi va rivojlanishi to‘g‘risida;
o‘tmish, bugun va kelajak voqealarini baholashda bilishning turli uslublaridan foydalanish;
fuqarolik jamiyatida davlat boshqaruv organlarini demokratlashtirish va modernizatsiyalash
jarayonlari; davlat hokimiyati organlari tizimi va fuqarolik jamiyatida
davlat boshqaruvi
tuzilmasini bilish; fuqarolik jamiyati qurishning mazmunmohiyati haqida muayyan bilimlarga
ega bo‘lishi;
fuqarolik jamiyat qurishning milliy va umuminsoniy demokratik tamoyillarini; xorijiy
mamlakatlarning fuqarolik jamiyat qurish bo‘yicha ilg‘or tajriba va usullarini;
rivojlangan
mamlakatlarda mamlakatni demokratlashtirish va modernizatsiyalashning asosiy
tamoyillari
hamda ularning “O‘zbek modeli” tamoyillari bilan qiyosiy tahlilini; demokratik davlat va
fuqarolik jamiyatini qurishning huquqiy asoslarini; taraqqiyotning “O‘zbek modeli” tamoyillari
mohiyatini
bilishi va ulardan foydalana olishi;
markazlashgan rejali iqtisodiyot va ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotining farqli
tomonlarini aniqlash; mamlakatni demokratlashtirish va bozor iqtisodiyotiga o‘tishining
inqilobiy va tadrijiy (evolyusion) yo‘llarining yutuq va kamchiliklarini baholash; mulkni davlat
10
tasarrufidan chiqarish va bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tishning mohiyati va
bosqichlari; mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash, ijtimoiy hayotni
yangilash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak;
mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar mohiyatini anglagan holda ulardan o‘z
kasbida foydalanish; “O‘zbek modeli” erishayotgan natijalaridan o‘z
ishlarida foydalanish;
mamlakatni demokratlashtirish va fuqarolik jamiyatini qurish bo‘yicha o‘z xulosalarini bera
olish; mamlakatimizning jahon bo‘yicha erishayotgan yutuqlarini tahlil qilish malakalariga ega
bo‘lishi kerak.
Dostları ilə paylaş: