5
KIRISH
“O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti”
fanining
asosiy maqsadi – jamiyatning siyosiy tizimi, ijtimoiy, siyosiy jarayonlar va siyosiy
hokimiyat hamda uning tarkibiy qismlari,
siyosiy partiyalar, va boshqa ijtimoiy,
siyosiy tashkilotlar ularning o‘zaro munosabatlarini chuqur tahliliy o‘rganish.
SHuningdek, istiqlol yillarida mamlakatimizda amalga
oshirilgan demokratik
islohotlar ularning mazmun-mohiyati hamda ahamiyati ochib beriladi.
Birinchi Prezident I.A.Karimov tomonidan demokratik fuqarolik jamiyat
qurish nazariy asoslarining ishlab chiqilishi. Uni tahliliy o‘rganishni taqozo etuvchi
shart-sharoitlar va omillar talabalarga chuqur o‘rgatiladi.
O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurishda
yangi tarixiy davrning
boshlanishi, 2017-2021 yillarga muljallangan O‘zbekiston Respublikasini
rivojlantirish strategiyasining mohiyatini chuqur
urganish hamda Mamlakatimiz
Prezidenti SH.M.Mirziyoevning demokratik fuqarolik jamiyati qurish bilan bog‘liq
nazariy asoslarning ishlab chiqilishini ilmiy ijodiy asosda urganish.
Har biri mavzu yakunida ta’lim texnologiyalari keltirilgan bo‘lib, ularni
qo‘llash bo‘yicha aniq tavsiyalar berilgan. SHunirngdek,
mazkur fandan ishlab
chiqilgan o‘quv – uslubiy majmua (O‘UM) da bayon etilgan.
-
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarda faol
ishtirok etish.
-
Birinchi Prezident I.A.Karimov asarlarida bayon etitlgan demokratik
islohotlar bilan bog‘lik bilim va malakalarini oshirish.
-
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti SH.M.Mirziyoevning
saylovoldi uchrashuvlarinida so‘zlagan nutqlari urganish
-
2017-2021yillarga muljallangan O‘zbekiston Respublikasini
rivojlantirish strategiyasining mohiyatini chuqur urganish.
-
Talabada O‘zbekistonda demokratik jamiyat shakllanishida, mahalla va
fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining o‘rni haqidagi
tushunchalarni berish.
Mazkur fanni urganish uchun bokalavr – iqtisodchi davlat ta’lim
standartlarida ko‘zda tutilgan barcha ijtimoiy – gumanitar fanlar bilan bevosita
aloqada bo‘ladi. “O‘zbekistonda demokratik jamiyat
qurish nazariyasi va
amaliyoti” fanining
ma’ruza mashg‘ulotlarida kerakli ma’lumotlar ko‘rgazmali
ravishda taqdim etiladi hamda boshqa yangi pedagogik
texnologiyalardan unumli
foydalaniladi.
Talabalarning
mustaqil
o‘qishi,
ma’ruza
tinglashi
va
boshqa
pedtexnologiyalardan unumli foydalanishi, ularning olgan tegishli ma’lumotlarini,
bilim va malakalarini yaxlit tizimga keltiradi.
O‘quv uslubiy majmua 5230600- “Moliya”,
5230700- “Bank ishi”, 5230800-
“Soliqlar va soliqqa tortish”,
5230900- “Buxgalteriya hisobi va audit” (real sektor
bo‘yicha),
5231200- “Sug‘urta ishi”,
5230200- Menejment (xixmatlar soxasi)
,
5231300- “Pensiya ishi”,
5231500-
“Baholash ishi”
mutaxassisligi talabalariga
muljallangan