Ko’rsatkichlar
1995 1996 1997 1998 1999 2000 2001 2002 2003 2004
Xususiylashtirilgan
korxonalar
soni,
birlik
8537 1915 1231 451
448
374
1449 1912 1519 1228
Xususiylashtirish
natijasida
tashkil
etilgan
nodavlat
mulkidagi
korxonalar soni
8537 1915 899
266
373
372
1238 1800 1452 1228
Akstiyadorlik
jamiyatlari
1026 1257 456
110
141
152
227
223
75
28
Xususiy
korxonalar
6036 420
260
103
156
103
827
1252 981
1038
Boshqa shakldagi
korxonalar
1475 238
183
53
76
117
184
325
396
162
Xususiylashtirishdan
tushgan
mablag`,
mlrd. so’m
2,4
5,3
4,4
8,9
9,1
14,3 23,2 43,6 56,1 78,4
6-jadval. O’zbekistonda davlat korxonalarini xususiylashtirishning asosiy
ko’rsatkichlari.
Respublikada xususiylashtirishning adresli yo’naltirilganligi uning navbatdagi
xususiyatidir. Bu aholining barcha qatlamlariga mazkur jarayonda aniqroq va
natijaliroq
qatnashishi
imkonini
beradi.
Xususiylashtirishning
adresli
yo’naltirilganligi uy-joylarning o’z egalariga imtiyozli yoki bepul berilishida,
aholining ko’proq muhtoj va zaif qatlamlarini qo’llab-quvvatlashning turli xil
30
dasturlari byudjet mablag`lari hisobiga qoplanishida, qishloq aholisi o’z yordamchi
xo’jaligi uchun chek erlar olishi kabilarda ifodalanadi.
O’zbekistonda xususiylashtirishning to’lovliligi uning navbatdagi muhim
xususiyatidir. Pulni to’lash orqali davlat tasarrufidagi korxona va ob’ektlarni
xususiylashtirishda mulkni bepul taqsimlash bilan bog`liq salbiy holatlar bartaraf
etilishi bilan birga qator muammolarni hal qilish imkoniyati yaratiladi. Bulardan
asosiysi avvalo tadbirkorlikni, xususiylashtirilgan korxonalarni davlat tomonidan
qo’llab-quvvatlashning
moliyaviy
manbalari
paydo
bo’ladi,
bozor
infrastrukturasini barpo etish uchun resurslar vujudga keladi va aholini ijtimoiy
muhofazalash dasturini ro’yobga chiqarish uchun mablag`lar jamlanadi.
Davlat mol-mulkini yangi mulkdorlarga sotish yo’li orqali ularning
mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirilishi bilan birga xususiylashtirishdan
olinadigan mablag`lar shu korxonaning o’zini qo’llab-quvvatlashga, yangi
raqobatlashuvchi korxonalar barpo etishga ham sarflanadi.
Navbatdagi muhim xususiyat – respublikada mulkni davlat tasarrufidan
chiqarish chog`ida aholi uchun kuchli ijtimoiy kafolatlar yaratildi va ta’minlandi.
Ijtimoiy kafolatlar bir butun imtiyozlar tizimi orqali yaratildi. Bular
xususiylashtirilayotgan korxona mehnat jamoasiga akstiyalarni imtiyozli shartlar
bilan sotish, yangi mulkdorga eskirgan asosiy fondlar hamda ijtimoiy
infrastruktura ob’ektlarini bepul topshirish, davlat korxonalarining mol-mulki,
fermalar, bog`lar va shu kabilarni imtiyozli shartlar asosida xususiylashtirish,
hamda soliq to’lashda ayrim imtiyozlar berish kabilardir.
Respublikada davlat mulkini xususiylashtirishning o’ziga xos boshqa
jihatlari Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan bayon qilingan iqtisodiy
islohotlarni amalga oshirishning asosiy qoidalaridan kelib chiqadi. Bular
quyidagilar:
a) davlat mulkini xususiylashtirish respublikada amalga oshirilayotgan
islohotlarning ichki mantiqiga bo’ysindiriladi va ularning asosini tashkil qiladi;
b) mulkni xususiylashtirish jarayoni davlat tomonidan boshqariladi;
31
v) xususiylashtirishni huquqiy-me’yoriy jihatdan ta’minlashda qonunlarga
rioya etiladi.
Respublikamizda xususiylashtirish bo’yicha qo’yilgan vazifa, davlat sektori
bozor sharoitida ham sezilarli rol o’ynashi inkor qilmaydi. Chunki iqtisodiyotning
davlat korxonalari saqlanib qolishi kerak bo’lgan sohalar ham mavjud. Bunday
korxonalar uchun ularning bozor sharoitlariga tarkiban moslashuviga imkon
beradigan xo’jalik yuritish mexanizmini ishlab chiqish talab qilinadi.
|