Ijtimoiy-iқtisodiy tizimlar va mulkchilik munosabatlari



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/35
tarix18.07.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#136861
növüReferat
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   35
mulkchilik munosabatlari jamiyat iqtisodiy taraqqiyotining asosiy

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


33 
2.2 . O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va 
xususiylashtirish borasida erishilgan natijalar iqtisodiy tahlili. 
O’zbekiston mustaqil taraqqiyot yo’lini tanlab, jamiyatni tubdan isloh qilish 
strategiyasi ishlab chiqishda ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o’tishni 
pirovard maqsad sifatida belgilab oldi. Prezidentimiz bu borada “Bunda biz 
markazlashtirilgan, ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor 
iqtisodiyotiga o’tish – eski xo’jalik yuritish mexanizmini shunchaki yangilash yoki 
takomillashtirish emas, balki bir sifat holatidan ikkinchi sifat holatiga o’tish 
ekanligini qayta-qayta ta’kidladik. Bu bir iqtisodiy munosabatlar va tashkiliy-
boshqaruv tuzilmalarining boshqa iqtisodiy munosabatlar va tashkiliy-boshqaruv 
tuzilmalari bilan almashinuvidir”
2
, deb ko’rsatib berdi. 
Bundan ko’rinadiki, bir ijtimoiy-iqtisodiy tizim o’rniga mazmun va sifat 
jihatidan farqlanuvchi butunlay yangi tizimning shakllantirilishi jamiyatdagi 
mavjud iqtisodiy manfaatlar va munosabatlar muvozanatining buzilishiga, ko’plab 
tashkiliy-iqtisodiy va xo’jalik yuritish shakllarining barham topishi yoki 
o’zgarishiga, yangilarining paydo bo’lishiga olib keladi. Eng muhimi, bunday 
yangilanishlar jamiyat a’zolarining iqtisodiy tafakkuri, turmush tarzi va “hayot 
falsafasi”dagi tub o’zgarish holatlari bilan bog`liqdir.
Jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni va qiyofasining yangilanishi mazkur 
jarayonlar huquqiy asoslarining yaratilishi bilan birga uzviy holda borishi zarur.
Shunga ko’ra, iqtisodiy islohotlarning dastlabki pallasidanoq mamlakatimizda 
Fuqarolik, Er, Soliq va Bojxona kodekslari, “Davlat tasarrufidan chiqarish va 
xususiylashtirish to’g`risida”, “Banklar va bank faoliyati to’g`risida”, “Chet el 
investistiyalari to’g`risida”, “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va 
ularni himoya qilish choralari to’g`risida”gi Qonunlarning qabul qilinishi muhim 
qadam bo’ldi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tishdagi islohotlarning bosqichligi va izchilligining 
muhim qoidasi va e’tiborda tutish lozim bo’lgan jihatlaridan biri – ijtimoiy-
iqtisodiy munosabatlardagi har qanday sifat o’zgarishlarini muntazam kuzatib, 
ularni yanada rivojlanishini rag`batlantirib, va ayni paytda, buning uchun etarli 
shart-sharoitlarni yaratib borish hisoblanadi. Shunga ko’ra, Prezidentimiz 
ta’kidlaganidek, islohotlarimizning keyingi bosqichida “Tadbirkorlik faoliyati 
erkinligining kafolatlari to’g`risida”, “Xususiy korxona to’g`risida”, “Valyutani 
tartibga solish to’g`risida”, “Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g`risida”, “Fermer 
xo’jaligi to’g`risida”gi Qonunlar, yangi tahrirdagi Soliq kodeksi va iqtisodiyotni 
isloh qilish bo’yicha umumiy hisobda 400 dan ziyod qonun hujjatlari ishlab 
chiqilib, qabul qilindi va joriy etildi. Ularning barchasi iqtisodiyotimizni yanada 
liberallashtirish va modernizastiya qilishda nafaqat mustahkam huquqiy asos, 
balki amalga oshirilayotgan bozor islohotlarining ortga qaytmasligining kafolati 
bo’lib xizmat qilmoqda.
2
Каримов И.А. Ўзбекистон – бозор муносабатларига ўтишнинг ўзига хос йўли. – Т.: Ўзбекистон, 1993. 


34 
Agar bozor islohotlarining dastlabki pallalarida odamlarda bu boradagi 
tasavvurlar etarli emasligi natijasida mazkur jarayonlarga ma’lum darajada 
hadiksirash, ertangi hayot uchun tashvishlanish, hattoki ayrim hollarda 
ishonchsizlik 
xislari 
mavjud 
bo’lsa, 
mamlakatimizdagi 
islohot 
va 
yangilanishlarning o’tgan davri bunday hissiyot va ikkilanishlarni yo’qotib 
yubordi, aholi orasida ertangi kunga ishonch va yorqin kelajak uchun intilish
bunyodkorlik yo’lida harakat qilish kabi xislatlarni kuchaytirdi. Bugungi kunda 
jamiyat a’zolarining aksariyati bozor iqtisodiyotining afzalliklari va 
imkoniyatlarini o’z hayotlari va turmush tarzlarida yaqqol sezmoqdalar. Dastlab 
odamlar uchun qandaydir mavhum bo’lib tuyulgan bozor iqtisodiyoti bugun 
ularning farovon hayotlari uchun yangidan-yangi imkoniyatlarni ochib bermoqda.
Prezidentimiz o’z ma’ruzasida yuqoridagi ijobiy jihatlarni ta’kidlash bilan 
birga, xolisona tahlil, islohotlarimizning mantig`i va izchilligi, ularning eng 
zamonaviy bozor normalariga muvofiqligini baholash iqtisodiyotni boshqarish 
tizimini yanada chuqurlashtirish, takomillashtirish va liberallashtirish bo’yicha 
jiddiy ehtiyoj mavjudligini ko’rsatayotganini ham ta’kidlab o’tdi. 
Ma’lumki, erkinlashtirish bozor iqtisodiyotini shakllantirishning asosiy 
yo’nalishlaridan biri bo’lib, xo’jalik hayotining barcha sohalaridagi to’siq hamda 
cheklovlarni, shuningdek, davlat nazoratini keskin ravishda qisqartirish yoki bekor 
qilishga yo’naltirilgan chora-tadbirlar tizimidan iboratdir. U butun iqtisodiyotga 
tatbiq etilib, quyidagilarni o’z ichiga oladi: 
- xo’jalik faoliyatini amalga oshirishda davlat monopoliyasini bekor qilish; 
- resurslarning markazlashgan holdagi taqsimotini tugatish; 
- narxlarning ustun ravishda talab va taklif nisbati asosida shakllantirilishiga 
o’tish; 
- ichki va tashqi bozorlarda transakstion bitimlar ustidan davlat nazoratini 
pasaytirish va h.k. 
O’zbekiston Respublikasi Konstitustiyasida xususiy mulkka alohida e’tibor 
qaratilib, uning boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasida ekani 
alohida qayd etilgan. Shuni tan olishimiz va doimo e’tiborda tutishimiz kerakki,
bugungi kunda ham aholi ma’lum bir qismining xususiy mulk, tadbirkorlik, 
daromadlarning shakllanishi tizimining erkinligiga salbiy munosabatda bo’lishi 
hollari uchrashi mumkin. Bu holat totalitar tizimning bir necha o’n yillar 
davomida hukmronligi oqibatida aholida shakllangan boqimandalik kayfiyati, 
davlat yordamiga umidvorlik, xususiy mulkning uzoq yillar davomida ta’qib qilib 
kelinganligi, uning ayrim kishilar tasavvurida salbiy taassurot qoldirganligi kabi 
sabablar bilan izohlanadi. 
Mamlakatimizda xususiy mulkning daxlsizligi va davlat himoyasiga 
olinganligi to’g`risida to’xtalar ekanmiz, bu taniqli iqtisodchi Ya.Kornaining 
xususiy sektorni samarali rivojlanishini ta’minlash uchun “Xususiy mulkning 
mutlaq xavfsizligi to’g`risida qat’iy ravishda e’lon qilinishi zarur… Albatta, 
bunday kafolatlar qonunlar, partiyalarning dasturlari va etakchi davlat 
arboblarining bayonotlari orqali belgilanishi lozim… Kelgusidagi investistiyalar 
haqida qayg`urish “Konfiskastiyalar endi hech qachon bo’lmaydi!” deya qat’iy 


35 
bayonot berishni taqozo etadi”
6
degan so’zlarini keltirish o’rinlidir. O’zbekiston 
o’z mustaqilligini qo’lga kiritgandan buyon Prezidentimiz shaxsan turli doiralarda 
bunday kafolatlar to’g`risida muntazam ravishda, qayta-qayta ta’kidlab kelmoqda. 
“Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik 
jamiyatini rivojlantirish konstepstiyasi”da “Birinchi navbatda, xususiy mulkning 
huquq va himoyasini mustahkamlashimiz, har qaysi xususiy mulkdor qonuniy yo’l 
bilan qo’lga kiritgan yoki yaratgan o’z mulkining daxlsizligiga aslo shubha 
qilmasligini ta’minlaydigan ishonchli kafolatlar tizimini yaratishimiz zarur. Har 
bir tadbirkor avvalo shuni aniq-ravshan bilib olishi kerakki, davlat xususiy 
mulkdor huquqlarining himoyachisidir. Shuning uchun ham tadbirkorlar o’z 
biznesiga bexavotir investistiya kiritishi, ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirishi, 
mahsulot hajmi va olayotgan daromadini ko’paytirishi, o’z mulkiga o’zi egalik 
qilishi, foydalanishi, tasarruf etishi lozim”
7
deya yana bir bor ta’kidlanishi ushbu 
fikrlarning yaqqol tasdig`idir.
Ma’ruzada shu maqsadda bozor iqtisodiyotining negizi hisoblangan xususiy 
mulkka 
nisbatan 
davlat 
tomonidan 
berilayotgan 
asosiy 
kafolatlarni 
mustahkamlashga qaratilgan “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar 
huquqlarining kafolatlari to’g`risida”gi Qonunni ishlab chiqish va qabul qilish 
zarurligi, shuningdek, boshqaruv tizimini takomillashtirish, ortiqcha byurokratik 
to’siqlarni bartaraf etish maqsadida “Tadbirkorlik faoliyati sohasida ruxsat berish 
tartib-qoidalari to’g`risida”gi Qonunni ishlab chiqish va qabul qilish muhim 
ahamiyat kasb etishi, bunda tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun zarur bo’lgan 
ruxsat berish tartib-qoidalarining qat’iy cheklangan ro’yxati va turlarini aniq 
belgilab qo’yish, qonunda nazarda tutilmagan ortiqcha ruxsatnoma va ruxsat 
berish tartib-qoidalarining yangi turlari kiritilishini qonun bilan keskin taqiqlash 
zarurligi ta’kidlandi.

Prezidentimiz tomonidan tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishdagi ruxsat 


berish jarayonlarining qisqartirilishi va to’lovlarning optimallashtirilishi bilan 
bog`liq chora-tadbirlarga oldingi yillardan e’tibor qaratib kelinmoqda. Xususan, 
2009 yilda ham tadbirkorlarning o’z ishini tashkil etish bilan bog`liq sarf-
xarajatlarini qisqartirish ishlari davom ettirilib, jumladan:
- arxitektura-rejalashtirish topshiriq to’plamlarini olish qiymati – 4 barobar;
- loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan o’tkazish – 2,5 barobar; 
- kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish qiymati – 2 barobarga pasaytirilgan edi. 
Mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishdagi ruxsat berish 
jarayonlarining qisqartirilishi va to’lovlarning optimallashtirilishi bilan bog`liq 
tadbirlar natijalarini quyidagi jadval orqali yaqqolroq ko’rish mumkin (7-jadval). 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin