27
umumiy ovqatlanish yalpi mahsulotining 95 foizdan ortiqrog`i davlatga qarashli
bo’lmagan sektorga to’g`ri keldi. Uy joylarni xususiylashtirish jarayonida ilgari
davlat ixtiyorida bo’lgan bir milliondan ortiq kvartira yoki davlat uy-joy fondining
95 foizdan ortiqrog`i fuqarolarning xususiy mulki bo’lib qoldi.
Davlat ijtimoiy dasturida belgilab berilgan
ikkinchi bosqich
1994-1995
yillarga to’g`ri keldi. Bu bosqichda ko’plab o’rta va yirik korxonalar hissadorlik
jamiyatlariga aylantirildi hamda ularning akstiyalari respublika qimmatbaho
qog`ozlar bozorining asosini tashkil etdi. Davlat mulki hissadorlikka aylantirilishi
bilan bir qatorda kichik xususiy biznes korxonalari qizg`in tashkil qilindi.
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarishning va xususiylashtirishning bu
bosqichda ochiq turdagi akstionerlik jamiyatlarini vujudga keltirish, davlat mulkini
tanlov asosida hamda kim oshdi savdosida sotish amaliyotga joriy qilindi.
Ko’chmas mulk va qimmatli qog`ozlar bozorining yangi muassasalari barpo etildi.
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan keladigan
samara ikki yoqlama tavsifga ega. Bir tomondan, u aholining bo’sh turgan
mablag`larini o’ziga jalb qilib, ularning bozorga taziyqini pasaytiradi. Ikkinchi
tomondan, yangi mablag`larni ishlab chiqarishga jalb etish va tovar ishlab
chiqaruvchilar o’rtasida raqobatni yuzaga keltirish uchun sharoit yaratadi. Bu erda
shuni ta’kidlash lozimki xususiylashtirish iqtisodiyotning davlatga qarashli
bo’lmagan sektorini shakllantirishning yagona yo’li emas. Tashabbuskorlik asosida
yakka tartibdagi xususiy mulkchilikka asoslangan, shuningdek, turli xil
kooperativlar, shirkatlar, ma’suliyati cheklangan jamiyatlar ko’rinishidagi kichik
va o’rta korxonalarni tashkil qilish – ikkinchi qudratli jarayon hisoblanadi.
Respublika iqtisodiyoti 1996 yildan boshlab mulkni davlat tasarrufidan
chiqarish va xususiylashtirishning
Dostları ilə paylaş: