23
2 bob. O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va
xususiylashtirish maqsadi, yo’llari va usullari
2.1. Mulkchilik islohotlarining O`zbekistondagi xususiyatlari.
Bozor munosabatlariga o’tishning asosiy sharti ko’p ukladli iqtisodiyotni va
raqobatlashuvchi muhitni shakllantirish uchun shart-sharoitini vujudga keltirishdan
iborat. Bunda asosiysi mulkchilik masalasini hal qilishdir. Shu sababli
respublikamiz Prezidenti I.A. Karimov mulkchilik masalasini hal qilishni
«...bozorni vujudga keltirishga qaratilgan butun tadbirlar tizimining tamal toshi
bo’lib xizmat qiladi»
2
deb alohida ta’kidlab ko’rsatadi. Uzoq yillar mobaynida
respublikamiz iqtisodiyotida umumxalq mulki deb atalgan, aslida esa
davlatlashtirilgan mulk to’liq hukmronlik qilib keldi. Nazariya va amaliyotda
umumxalq mulki deb hisoblangan mulk sub’ekti sifatida davlatning chiqishi
jamiyat a’zolari o’rtasida bu mulkga «hech kimniki», «davlatniki», «birovning
mulki» deb qarashlarining shakllanishiga olib keldi.
Bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish vazifasi o’tish davrida mulkchilikda
davlat sektorining salmog`i ancha yuqori bo’lgan mamlakatlarda bu mulkning
ma’lum qismini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni taqozo qiladi.
Shunga ko’ra, O’zbekistonda ham mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va
xususiylashtirishga muhim ahamiyat kasb etuvchi jarayon sifatida qaralib, «Davlat
tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g`risida»gi Qonunida (1991 yil 19
noyabr) quyidagicha ta’rif beriladi:
Davlat tasarrufidan chiqarish – davlat korxonalarini va tashkilotlarini
jamoa, ijara korxonalariga, akstiyali jamiyatlarga, mas’uliyati cheklangan
jamiyatlarga, davlatga qarashli mulk bo’lmaydigan boshqa korxonalar va
Dostları ilə paylaş: