40
boshqaruv va nazorat organlarining vakolatlari, huquqlari va javobgarligini yanada
aniq
belgilash
lozim.
Ushbu
qonundagi
akstiyadorlik
jamiyatlarining
Kuzatuvchilar kengashlari, umumiy yig`ilishlari, taftish
komissiyalarining roli va
ahamiyatini oshirish, minoritar, ya’ni qo’lida akstiyasi kam bo’lgan
akstiyadorlarning kafolatlarini ko’proq ta’minlash,
barcha akstiyadorlarni va
bo’lajak investorlarning akstiyadorlik kompaniyalari faoliyati to’g`risida axborot
olish imkoniyatlarini kengaytirishni ko’zda tutish maqsadga muvofiqdir.
Mamlakatimizda 2009 yilda akstiyadorlik jamiyatlarining soni birmuncha
kamaygani holda ularning umumiy ustav fondlari miqdorining
ortishi tamoyili
saqlanib qoldi (2-jadval). Ushbu tamoyil ko’p jihatdan O’zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2008 yil 18 noyabrdagi “Iqtisodiyot real sektori korxonalarining
moliyaviy barqarorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to’g`risida”gi 4053-sonli
Farmonida nazarda tutilgan talablar bilan bog`liq bo’lib,
Farmonga muvofiq
akstiyadorlik jamiyatlari uchun ustav fondining eng kam miqdori Markaziy bank
kursi bo’yicha 400 ming AQSh dollariga ekvivalent summani tashkil etishi kerak.
Agar 2008 yil yakunlari bo’yicha umumiy ustav fondi 4545,6 mlrd. so’mni tashkil
etgan 1826 ta akstiyadorlik jamiyati faoliyat ko’rsatgan bo’lsa, 2009 yil yakunlari
bo’yicha akstiyadorlik jamiyatlarining soni 1619 tani tashkil etdi,
ularning
umumiy ustav fondi esa 5805,1 mlrd. so’mga qadar (127,7 foiz) o’sdi.
Dostları ilə paylaş: