49
mulk shakllariga kiritiladi: davlat mulki, jamoa mulki, xususiy mulk, shaxsiy mulk,
aralash mulk.
Bozor munosabatlariga o’tishning asosiy sharti ko’p ukladli iqtisodiyotni va
raqobatlashuvchi muhitni shakllantirish uchun shart-sharoitini vujudga keltirishdan
iborat. Bunda asosiysi mulkchilik masalasini hal qilishdir.
Bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish vazifasi o’tish
davrida mulkchilikda
davlat sektorining salmog`i ancha yuqori bo’lgan mamlakatlarda bu mulkning
ma’lum qismini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni taqozo qiladi.
Shunga ko’ra, O’zbekistonda ham mulkni davlat
tasarrufidan chiqarish va
xususiylashtirishga muhim ahamiyat kasb etuvchi jarayon sifatida qaralib, «Davlat
tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g`risida»gi Qonunida (1991 yil 19
noyabr) quyidagicha ta’rif beriladi:
Dostları ilə paylaş: