Министрество высшего и среднего образования республики узбекистана


ELEKTR ENERGIYA NAZORATI VA HISOBINING



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/9
tarix19.07.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#136872
1   2   3   4   5   6   7   8   9
25 5A310204 Elektr energetikasi dastur 2021

ELEKTR ENERGIYA NAZORATI VA HISOBINING 
AVTOMATLASHTIRILGAN TIZIMLARI fani bo‘yicha: 
Elektr ta’minoti tizimida energiya nazorati va hisobi tizimlari (ENHAT) 
tushunchasi va pog‘onalari. Elektr ta’minoti tizimida ENHATni tashkil etish va 
qurish. Ma’lumotlarni yig‘ish va unga ishlov berish orqali hisoblagichlarda 
avtomatik so‘rov o‘tkazilishi bilan ENHATni tashkil etish. Sanoat korxonalarida 
ENHATni tashkil etish. Elektr energiya sifatini nazorat qilish. Elektr energiyasi 
hisoblagichlari – ENHATning asosiy quroli. Elektr ta’minoti tizimida ENHATni 
tashkil etishda muzokoralar va tashkiliy tadbirlarni o‘tkazish. Avtomatlashtirilgan 
tizimlarni tashkil etishda ishtirok etadigan tashkilotlar. Texnik topshiriq va uning 
avtomatlashtirilgan tizimlarni qurishdagi o‘rni. Avtomatlashtirilgan tizim va texnik 
topshiriqni muvofiqlashtirish va tasdiqlash tartibi. ENHATning texnik vositalari. 
O‘TKINCHI JARAYONLAR fani bo‘yicha: 
O‘tkinchi jarayonlar turlari va o‘tkinchi jarayonlar xaqida asosiy 
tushunchalari. Elektromagnit o‘tkinchi jarayonlarni xisoblashdan maqsad. 
Elektr sistema elementlari, ularning almashtirish sxemasi va parametrlari. 
Elektr sistemada qisqa tutashuvning paydo bo‘lish sabablari va oqibatlari. Qisqa 
tutashuvni xisoblashda qabul qilinadigan shartlar. Qisqa tutashuv tokini xisoblash 
uchun qo‘llaniladigan usullar. Qisqa tutashuvni xisoblashda tugun tenglamalarini 
qo‘llash. 
Sodda uch fazali zanjirdagi o‘tkinchi jarayonlar. O‘tkinchi jarayonning so‘nish 
doimiysi. Qisqa tutashuv tokining oniy va samarali (effektiv) qiymatlari. 
Sistema rejimini hisoblashda qullaniladigan nisbiy birlik-lar sistemasi. 
Sinxron mashinaning stator va rotor chulamlarida kechadigan o‘tkinchi 
jarayonni xisoblashda qo‘llaniladigan almashtirish sxemalari va tenglamalari. 
Sistema elementlarining fazaviy koordinatalar sistemasidagi tenglamalari va 
almashtirish sxemalari. 
Sistema elementlarining Park – Gorev tenglamasi. Sinxron mashinalarning 
tashqi zanjirda sodir bo‘lgan simmetrik qisqa tutashuvlarda kechadigan o‘tkinchi 



jarayonlar. Oddiy elektr sistema elementlarining matematik modelini tuzish. 
Simmetrik tashkil etuvchilar usuli. Rejim va sistema parametrlarini simmetrik 
tashkil etuvchilar usuli orqali ifodalash. Sistemaning simmetrik va nosimmetrik 
qisqa tutashuv rejimni simmetrik tashkil etuvchilar usuli yordamida taxlil qilish. 
Sistemaning qisqa tutashuv toklarining ketma ketligiga bo‘lgan almashtirish 
sxemasini tuzish va xisoblash tenglamalarini keltirish. Sistemaning tugun 
kuchlanish tenglamalari. Sistemaning qisqa tutashuvlarini xisoblashda tugunlar 
tenglamalarini qo‘llash. Sistemaning bir karrali va kup karrali nosimmetrik rejimini 
xisoblashning amaliy usullari. Elektr mexanik o‘tkinchi jarayonlar haqida asosiy 
to‘shinchalar. Elektr mexanik o‘tkinchi jarayoning asosiy tushinchalari va holatlari. 
Elektr sistema holat va rejim parametrlari, hamda ular orasidagi bolanishlar. Sinxron 
generator va sinxron kompensatorlarning qo‘zatish sistemasining tavsifi va 
tenglamalari. Sinxron generator va sinxron kompensatorlar-ning qo‘zatishni 
avtomatik rostlagichlari. Boshqariladigan elektr sistemaning matematik modellari. 
Noayon va ayon qutbli sinxron generatorli sistemaning kompleks almashtirish 
sxemasi va vektor diagrammasini qurish. Odiy elektr sistemasining vektor 
diagrammasi va undan rejim parametrlari orasidagi bolanishni aniqlash. Elektr 
sistemaning statik turg‘unligi. Oddiy elektr sistemaning statik turg‘unlik zaxirasi 
koeffitsienti va uni oshirish yo‘llari. Statik turg‘unlik mezoni. Oddiy elektr 
sistemada aktiv quvvatning ideal va xaqiqiy uzatilish chegarasi, va unga QARning 
ta’siri. Oddiy elektr sistemada aktiv quvvatning xaqiqiy uzatilish chegarasini 
aniqlash tartibi. 
Sinxron generator rotorining nisbiy xarakat tenglamasi va uni echish yo‘llari. Oddiy 
boshqarilmaydigan sistemaning xarakteristik tenglamasini echish orqali sistemaning 
statik turg‘unligini tekshirish. Oddiy boshqariladigan sistemaning xarakteristik 
tenglamasini echish orqali statik turg‘unligini tekshirish. Oddiy elektr sistemaning 
burchak xarakteristikasi va statik turg‘unlik koeffitsientiga elementlar aktiv 
qarshiligi va kompensatsiyalovchi qurilmalarning ta’siri.Elektr sistemaning dinamik 
turg‘unligi. Oddiy elektr sistemaning dinamik turg‘unligi va uni xisoblashda 
qo‘llaniladi-gan asosiy farazlar. Sistemaning normal, avariya va avariyadan keyingi 
rejimlarining almashtirish sxemasi va quvvat xarakteristikasi. Elektr sistemaning 
dinamik turg‘unligi zaxirasi va mezoni, dinamik turg‘unlikka uzatilayotgan aktiv 
quvvatning ta’sirini taxlil qilish. Elektr sistema dinamik to‘runligiga qisqa tutashuv 
turining va vaqtining ta’sirini taxlil qilish. Elektr sistemaning dinamik turuniligiga 
QAR va AQU ta’siri. Qisqa tutashuv vaqtining va burchagining chegaraviy 
qiymatlarini SG rotorining nisbiy xarakat tenglamasini echish orqali aniqlash. 
Murakkab elektr sistemaning dinamik turg‘unligini tekshirish. Elektr sistemada 
tusatdan sodir bo‘ladigan aktiv quvvat nobalansida uzoq davom etuvchi o‘tkinchi 
jarayonni tekshirish. Yuklama turgunlaridagi o‘tkinchi jarayonlar. Yuklamalarning 
statik va dinamik xarakteristikalari qurish tartibi. Yuklamalarning rostlash effekti. 
Rostlash effektiga mexanizmlar tormozlash momentining ta’siri. Kompleks 
yuklamali tugun. Kompleks yuklamali tugunning va asinxron motorning statik 
turg‘unligi va statik turg‘unlik mezoni. Kompleks yuklamali tugunning statik 
turg‘unligi zaxirasini oshirish yo‘llari va tadbirlari. Oddiy elektr sistemada 
kuchlanish va chastota kuchkisi, xamda uni bartaraf etish tadbirlari. 




Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin