1 – mavzu: hfx fanining asosiy tushunchalari mohiyati


Xavflar klassifikatsiyasi



Yüklə 2,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/45
tarix22.07.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#137085
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   45
12.3 янги амалий (лек)

Xavflar klassifikatsiyasi 
 
№ Belgilar klassifikatsiyasi 
Ko`rinishlar (sinflar) 
1. Xavf manbalarining ko`rinishi bo`yicha 
Tabiiy 
Antropogen 
Texnogen 
2. Hayot fazosidagi oqimlar ko`rinishi bo`yicha 
Energetik 
Ko`psonli 
Informatsion 
3. Hayot fazosidagi oqimlar o`lchami bo`yicha 
Ruxsat etiladigan 
Ruxsat etilgan chegarali 
Xavfli 
O`ta xavfli 
4. Xavfni sodir bo`lish vaqti bo`yicha 
Oldindan bilish mumkin bo`lgan 
Tusatdan sodir bo`ladigan 
5. Xavflarni ta`siri davomiyligi bo`yicha 
Doimiy 
O`zgaruvchan, davriy, qisqa 
muddatli 
6. Zararli ta`sir etadigan ob`ektlari bo`yicha 
Insonga ta`sir etuvchi, 
Tabiiy muhitga ta`sir etuvchi, 
Moddiy boyliklarga ta`sir etuvchi,
Kompleks ta`sir etuvchi 
7. Xavfli ta`sirga uchragan odamlarning soni 
bo`yicha 
SHaxsiy, Guruhli (jamoaviy), 
Ko`psonli 
8. Ta`sir etish zonasining o`lchami bo`yicha 
Lokal, Hududiy, Hududlararo, 
Global 
9. Ta`sir etgan zonalar ko`rinishi bo`yicha 
Xonada ta`sir etuvchi, 
Hududlarda ta`sir etuvchi 
10. Insonlarning sezgi organlarini xavlarni farqlay 
olish qobiliyati bo`yicha 
Seziladigan, 
Sezilmaydigan 
11. Insonga zararli ta`sirini ko`rinishi bo`yicha 
Zararli, 
Jarohatlashga xavfli 
12. Insonga va atrof-muhitga ta`siri etish ehtimoli 
bo`yicha 
Patentsial, Real, Amalga oshgan 
Favqulodda holatlarga olib keluvchi barcha sabablarni va ularni identifikatsiyalashni puxta 
bilish, favqulodda holatlarni oldini olishning asosi hisoblanadi. SHu jihatdan sabablarni 
favqulodda holatlarni yuzaga keltiruvchi mexanizm deb ham tushunish mumkin. SHunday 
qilib, ma`lum va noma`lum sabablar natijasida patentsial xavf yuzaga keladi va inson uchun 
turli xil kungi lsiz hamda oxir oqibatlarga olib keluvchi favqulodda hodisalar (o`lim va 
kasallanishlar, moddiy zararlar va boshqalar) sodir bo`ladi. 
Favqulodda holatlar muammosi juda keng ko`lamli bo`lib, quyida uning hayot faoliyat 
xavfsizligi fani bilan bog’liq bo`lgan tomonlariga to`xtalib o`tamiz. 
Tabiiy ofatlar, sanoat avariyalari va transport halokatlari, urush holatida dushman tomonidan turli 
xil qiruvchi qurollarni ishlatilishi favqulodda holatlarni keltirib chiqaradi. 
Favqulodda holatlar - kutilmaganda, qo`qqisdan sodir bo`luvchi, aholining hayot faoliyatiga 
katta salbiy ta`sir etuvchi, amalda o`rnatilgan jarayonlar turg’unligini buzilishiga, iqtisodga, 
ijtimoiy sohaga va tabiiy muhitga ta`sir etuvchi holat va hodisalardir. 


326 
Har qanday favqulodda holatlar o`zining fizik mohiyatiga ega bo`lib, ular bir-biridan 
favqulodda holatlarga olib keluvchi sabablari, turi, harakatlanuvchi kuchi, rivojlanish xarakteri, 
insonga va u faoliyat ko`rsatuvchi muhitga ta`sir etish xarakteri bilan farq qiladi. SHunga 
mos holda, favqulodda holatlar o`zining bir necha belgilari asosida tasniflanishi, 
sistemalashtirilishi mumkin. Ular genezis xarakteriga (favqulodda holatlarni hosil bo`lish 
sabablariga ko`ra), rivojlanish sur`atiga, xavfni (tarqalish tezligi) va favqulodda holatlar 
oqibatlari og’irligini hisobga olgan holda, zarar keltiruvchi omillarini tarqalish masshtabiga 
ko`ra tasniflanadi.
Favqulodda holatlar yuzaga kelish sabablariga ko`ra tabiiy ofatlar, texnogen halokatlar, 
antropogen va ekologik halokatlar va ijtimoiy - siyosiy mojarolar ko`rinishida bo`lishi 
mumkin. 
Tabiiy ofatlar - xavfli tabiiy hodisalar va jarayonlar bo`lib, ular favqulodda yuz berib, 
insonlarning kundalik hayot tarzini buzilishiga, qurbonlar sodir bo`lishiga, moddiy 
boyliklarni yo`qotilishiga olib keladi. Ularga er qimirlashlar, suv bosimlar, vulqonlar, tsunami 
(okeanda suv osti zilzilasi yoxud vulqonlarning otilishidan hosil bo`ladigan ulkan to`lkinlar), 
sel oqimlari, bo`ronlar, o`rmon va torf yong’inlari, qor bosishlari, tosh ko`chishlari, 
qurg’oqchilik, uzoq muddatli yog’ingarchilik, qattiq sovuq, epidemiya, o`rmon va qishloq 
xo`jaligi zararkunandalarining ommaviy tarqalishi kabilar kiradi. 
Tabiiy ofatlar hayvonlarning tez harakatlanishi (er qimirlashlar, ko`chishlar), er ichki 
energiyasining bo`shalish jarayoni (vulqonlar faoliyati, er qimirlashlar), daryo, ko`llar va dengizlar suv 
sathining ko`tarilishi (suv bosishlar, tsunami) va kuchli shamol ta`sirida (bo`ronlar, tsiklonlar) yuz 
berishi mumkin. Ayrim tabiiy ofatlarga (yong’in, nurash, ko`chish va boshqalar) inson faoliyati 
ham sabab bo`lishi mumkin, lekin ularning natijasi tabiiy kuchlar ta`sirida yuzaga keladi. 
Mamlakatimizning har xil zonalarida er qimirlashlar, suv toshqinlari, sel kelish, ko`chkilar, 
tog’ va tepaliklardan toshlar ko`chib yo`l berkilib qolishi, qurg’oqchilik bo`lishi, tabiiy 
yong’inlar yuzaga kelishi mumkin. Kuchli tabiiy ofatlar aholi o`rtasida o`lim yuz berishiga, 
xalqning moddiy boyliklarini vayron bo`lishiga olib keladi. Masalan, Respublikamiz hududidagi 
bunday kuchli tabiiy ofatlarga Toshkent zilzilasini (1966 y), Gazli zilzilasini, 1998 
yildagi SHohimardondagi suv bosishlarini misol keltirishimiz mumkin. 
Favqulodda bo`lgan tabiiy ofatlarni mumkin qadar oldini olish yoki ma`lum darajada 
ularning zararini kamaytirish mumkin. Buning uchun oldindan ogohlantiriluvchi choralar 
ko`rilishi, seysmologik. Gidrometerologik stantsiyalarning ma`lumotlariga tayangan holda tabiiy 
ofatlar xavfi bor rayonlar aniqlanilib, evakuatsiya chora tadbirlari ishlab chiqilib xavfsizlik 
ta`minlanishi lozim. 

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin