316
Amaliy mashg’ulotlari uchun yaratilgan ushbu ishlanmalar, O`zbekiston
Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining 2012 yil 26 –
dekabrdagi
507 sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan Toshkent davlat texnika universitetida
yaratilgan “Hayot faoliyati xafsizligi fani”dan namunaviy fan dasturi asosida,
Nam DU Fiziologiya va hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasida yaratilgan ishchi
o`quv dasturi rejasiga asosan tayyorlandi.
Ishlanmalar turli yo`nalish bakalavriat ta`lim bosqichi uchun 3 –
semestrda o`tiladigan amaliy mashg’ulotlar uchun mo`ljallangan hamda
NamDU
Fiziologiya va hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasining 2014 yil 26 avgustdagi 1
– sonli yig’ilishida ko`rib chiqilgan va tasdiqlangan.
Tuzuvchi o’qt. O.N. Imomov
Tarizchi: dots. A.N. Aripov
317
TAJRIBA ISHLARINI BAJARISHDA TEXNIKA XAVFSIZLIK
QOIDALARI
Tajriba ishlarini bajarishda tajriba xonasidagi ish joylarida mehnat muhofazasi
bo`yicha yo`l- yo`riqlardan o`tgandan keyingina ukuvchilarga mustaqil mashg’ulotlarni
bajarishga ruxsat etiladi. Yo`l- yo`riqlardan o`tganligi to`g’risida o`quvchi va yo`l-
yo`riqni o`tkazuvchi shaxs “yo`l- yo`riqdan o`tganligi to`g’risida qaydnoma daftari”ga qayd
etilishi va imzolanishi shart .
Navbatdagi tajriba ishini bajarishda o`quvchi jihozlarni,
asboblarni tuzilishi va
ulardan foydalanish bilan tanishib, ishni bajarishga huquq beruvchi bilimlari bo`yicha
nazoratdan o`tgandan keyingina kirishishi mumkin .
Tajriba qurilmasida ishlaganda quyidagi havfli va zararli ishlab chiqarish omillari
vujudga kelishi mumkin: elektr qurilmani yuqori kuchlanish bilan ta`minlanishi,
havoning
changlanishi, zaharli gazlarni ajralishi, to`g’ridan-to`g’ri tushuvchi yorug’lik bilan ko`zni
ko`rishiga zararli ta`sir etishi, yuqori sathli shovqin , ochiq alanga va boshqalar .
Tajriba qurilmalari va tajriba xonasida xavfli va zararli
ishlab chiqarish omillarini
xavfsiz ko`rsatkichlariga keltirish uchun quyidagi himoya vositalarini ko`zda tutish lozim
bo`ladi: nol o`tkazgich va elektr qurilmani avtomatik o`chirish , chang, gaz ajralib
chiquvchi joylarni mahkam berkitish (germetizatsiyalash) va yong’inga qarshi
kurash
texnik vositalari, so`ruvchi umum havo almashtiruvchi shamolatgich, yorug’likdan
himoya ekrani, tovushdan himoyalovchi (izolyatsiyalovchi) shovqin kamerasi .
Tajriba xonasida birinchi tibbiy yordam ko`rsatish uchun dori quttisi (aptechka)
bilan ta`minlangan (jihozlangan) bo`lishi, tajriba xonasining har 50 m
2
maydoni hisobidan
birta o`t o`chirgich OU-5 bo`lishi lozim, xonaga avtomatik yong’in xabarchilari
o`rnatilgan bo`lishi kerak .
Baxtsiz xodisa sodir bo`lganda o`quvchi jabrlangan kishiga
birinchi tibbiy yordam
ko`rsatishni bilishi va amalga oshirishi shart .
Mehnat muhofazasi qoidalarini buzulganiga o`quvchi (talaba) javobgardir .