321
Hayotiy jarayonda insonni atrof-muhit va uning tashkil etuvchilari bilan o`zaro ta`siri
YU.N.Kurjakovskiyning «Hayot faqat moddalar, energiyalar va informatsiyalar oqimlarini
tirik tana orqali harakati jarayonida mavjud bo`la olmaydi» degan
hayotni saqlash qonuniga
mos holda elementlar orasidagi moddalar massasining, barcha turdagi energiyalar va
informatsiyalarning oqimlari sistemasiga asoslangan.
Hayotni saqlash qonunidagi oqimlar insonga o`zini oziq-ovqatga, suvga, havoga,
quyosh energiyasiga, o`rab turgan muhit haqidagi informatsiyalarga bo`lgan ehtiyojlarini
qanoatlantirishi uchun kerak. SHu bilan bir vaqtda inson hayotiy fazasida o`zidan ongli
faoliyati bilan aloqador bo`lgan (mexanik, intellektual energiyalar) bioliogik jarayon
chiqimlari ko`rinishidagi ma`lum massadagi moddalar oqimini, issiqlik energiya va boshqa
energiya oqimini ajratadi. Moddalar va energiyalar oqimi almashinuvi inson ishtirok
etmaydigan jarayonlar uchun ham xarakterlidir.
Tabiiy muhit bizning planetamizga quyosh energiyasi oqimi kirib kelishini
ta`minlaydi. Bu esa o`z navbatida biosferada o`simlik
va hayvonlar oqimini, moddalar (havo,
suv) adiabatik oqimini, har xil energiyalar oqimini, jumladan favqulodda holatlarda
tabiiy
muhitdagi energiyalar oqimini ro`yobga keltiradi.
Texnosfera uchun barcha turdagi xom ashyo va energiyalar oqimi, mahsulotlar va
odamlar navbati
oqimlarining har xilligi; chiqindi oqimlari (atmosferaga chiqarilayotgan
chiqindilar, suv hovzalariga tashlanayotgan sanoat chiqindilari, iflos suvlar, suyuq va
qattiq
chiqindilar, har xil energetik ta`sirlar) xarakterlidir.
Har qanday xo`jalik yuritishning chiqindilari va teskari samarasi bo`ladi va ularni
butunlay yo`qotib bo`lmaydi. Ularni bir fizik-ximik shakldan boshqa shaklga o`tkazish yoki
fazoga chiqarib yuborish mumkin. Bundan tashqari texnosferada yuz beradigan to`satdan
portlash, yong’inlar natijasida, qurilish konstruktsiyalarini buzilishida, transport avariyalarida
va shunga o`xshashlarda katta miqdordagi chiqindilar hosil bo`lishi va energiya oqimlarini
yuzaga keltirishi mumkin.
Ijtimoiy muhit tabiiy va texnogen olamni o`zgartirishga yo`naltirilgan insonga
xarakterli bo`lgan barcha energiya oqimlarini ishlab chiqaradi va iste`mol qiladi. Bular misol
qilib jamiyatdagi chekish, alkogol ichimliklar, narkotik moddalar va shunga o`xshashlarni
iste`mol qilishga aloqador zararli holatlarni keltirish mumkin.
«Inson - atrof muhit» sistemasini har xil komponentlari, energiya va informatsiyalarini
xarakterli massalar oqimini quyida keltiramiz:
Dostları ilə paylaş: