Texnosfera -
o`tmishda biosferaga taalluqli bo`lgan keyinchalik insonlar tomonidan moddiy,ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarini yanada yaxshilash maqsadida to`g’ridan-to`g’ri yoki sirtdan texnik vositalar bilan ta`sir etgan hududdir. Texnosfera insonlar tomonidan texnik vositalar yordamida yaratilgan shaharlar,
qo`rg’onlar, qishloq aholi punktlari, sanoat va korxonalar zonasi band etgan hududlar
hisoblanadi.
Inson hayot faoliyati jarayonida nafaqat tabiiy muhit bilan balki, ijtimoiy muhit deb
ataluvchi odamlar ommasi bilan ham uzluksiz aloqada bo`ladi. Insonni ijtimoiy muhit bilan
aloqasi tug’ilishni davom ettirishda, bilim va tajribalar almashishda, ma`naviy ehtiyojlarini
qondirishda, intellektual qobiliyatlarni oshirishda foydalaniladi va shakllanadi.
Zamonaviy industrial jamiyatda inson atrof-muhit komponentlari (biosfera, texnosfera
va ijtimoiy muhit) bilan o`zaro ta`sirda bo`ladi. YA`ni, inson tabiiy atrof-muhitga uzluksiz
ta`sir etsa, o`z navbatida biosfera va insonning ehtiyojlaridan kelib chiqib uning uzluksiz
jismoniy va aqliy faoliyatining mahsuli bo`lgan texnosfera va ijtimoiy muhit ham insonga
to`g’ridan to`g’ri yoki sirtdan doimiy ta`sir etadi. YUqorida qayd etilganlar asosida
quyidagicha xulosa chiqarish mumkin:
1. zamonaviy inson uni o`rab turgan atrof-muhitning tashkil etuvchilari ya`ni, tabiiy, texnogen (texnosfera) va ijtimoiy muhit bilan uzluksiz o`zaro ta`sirda bo`ladi; 2. XIX asr oxiridan boshlab XX asr davomida va hozirgi davrda ham texnosfera va ijtimoiy muhit uzluksiz rivojlanmoqda, bunga ushbu sohada inson faoliyati orqali o`zlashtirilgan ulushlarni oshib borayotganligi isbotdir; 3. Texnosferani rivojlanishi tabiiy muhitni o`zgartirish hisobiga amalga oshmoqda. Zamonaviy hayotda insonlarning ijtimoiy mavqelarini yuksalishi bilan birga ularning
tinchligiga, sog’ligiga va mehnati xavfsizligiga xavf soladigan omillar soni ham ortib
bormoqda. Ma`lum sharoitda ularni insonlarning ruhiy holatiga, sog’ligiga salbiy ta`sirini
ko`rsatishi hammaga ma`lum. SHu sababli insonlarni nafaqat ularning aqliy yoki jismoniy
mehnat faoliyati davomida balki, yashash joyida, yo`lda va barcha holatlarda xavfsizligini,
yaxshi kayfiyatini, mehnat qobiliyati va ish unumdorligini taminlash, sog’ligi haqida
qayg’urish masalalarini ijobiy hal etish juda dolzarb masalalardan biridir.
Qayd qilingan masalalarni ijobiy hal etishda hayot faoliyati xavfsizligi fanining o`rni,
uning nazariy ma`lumotlari bilan bo`lajak mutaxassislarni qurollantirish, muammolarni
ijtimoiy hayotda mumkin qadar ijobiy hal etilishiga yordam beradi.