1 – mavzu: hfx fanining asosiy tushunchalari mohiyati


Tabiiy muhitning asosiy oqimlari



Yüklə 2,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/45
tarix22.07.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#137085
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   45
12.3 янги амалий (лек)

Tabiiy muhitning asosiy oqimlari. 
- quyosh nurlanishi, yulduz va planetalar nurlanishi; 
- kosmik nurlar, chang, asteroidlar; 
- erning elektr va magnit maydoni
- ekosistemalarda, biosferada moddalar aylanishi; 
- atmosfera, gidrosfera va litosfera holatlari shu jumladan favqulodda holatlar
- boshqalar. 
Texnosferadagi asosiy oqimlar. 
- xomashyolar, energiyalar oqimi; 
- iqtisodiyot sohasi mahsulotlarining oqimi; 
- iqtisodiyot sohasi chiqindilari; 
- maishiy chiqindilar; 
- axborot oqimlari; 
- transport oqimlari; 
- yorug’lik oqimi (sun`iy yoritish); 
- moddalar va texnogen avariyalardagi energiya oqimlari; 
- boshqalar. 
Ijtimoiy muhitdagi asosiy oqimlar. 


322 
- axborot oqimlari (o`qitish, davlat boshqaruvi, xalqaro hamkorlik boshqalar); 
- odamlar oqimi (demografik portlash, aholi urbanizatsiyasi); 
- narkotik , alkogol vositalar va boshqa oqimlari;
- boshqalar. 
 Hayot faoliyati jarayonida inson iste`mol qiladigan va chiqaradigan asosiy 
oqimlar.

kislorod, oziq-ovqat, suv va boshqa moddalar (alkogol, tamaki, narkotiklar) oqimlari; 
- energiyalar oqimi (mexanik, issiqlik, quyosh va boshqalar); 
- informatsiya oqimlari; 
-hayot faoliyat jarayonidagi chiqindilar oqimi; 
-boshqalar.
 
 
3. HFX kursining qisqacha mazmuni 
 
HFX insonni har qanday muhitdagi faoliyatida uning xavfsizligi va sog’ligini 
ta`minlovchi, xavfli va zararli omillardan himoya qiluvchi amaliyot va nazariyani qamrab 
olgan ilmiy bilimlar majmuidir. 
Bu fan quyidagi asosiy masalalarni echadi:

atrof muhitning noqulay ta`sirlarini turkumlaydi
(aniqlaydi va sonli baholaydi); 

insonni xavflardan himoyalaydi yoki unga noqulay omillar ta`sirini oldini oladi; 

xavfli va zararli omillarni ta`siri salbiy oqibatlarini tugatish;
- muhitda insonga normal, shinam sharoit yaratish.
HFXning integral ko`rsatkichi hayotning davomiyligi hisoblanadi. TSivilizatsiya 
taraqqiyoti (ilmiy-texnikaning, iqtisodning rivojlanish, qishloq xo`jaligini industrlashtirish, 
har xil energiyalardan foydalanish - yadro energiyasigacha, yangi mashina va mexanizmlarni 
yaratilishi, zararkunandalarga qarshi har xil o`g’itlarning qo`llanilishi) inson sog’ligiga salbiy 
ta`sir etuvchi zararli omillar miqdorini sezilarli darajada ko`paytirmoqda. SHu sababli ushbu 
omillardan himoyalash inson hayot faoliyatini taminlashning muhim elementi bo`lib 
qolmoqda. 
Insoniyat paydo bo`lgandan boshlab o`zining ko`payishi davomida iqtisodiyotni 
rivojlantirish bilan birga xavfsizlikning ijtimoiy-iqtisodiy sistemasini yaratdi. Buning 
oqibatida insonga zararli ta`sirlar sonini oshishiga qaramasdan insonning xavfsizligi darajasi 
ortdi. Hozirgi vaqtda eng rivojlangan mamlakatlarda insonlarning o`rtacha umr ko`rishi 77 
yoshni tashkil qiladi. 
“Hayot faoliyati xavfsizligi” kursi inson organizmi va atrof muhit o`rtasidagi 
murakkab aloqalarni bilish jarayonini ko`zda tutadi. Insonni muhitga ta`siri fizikaviy qonunlar 
bo`yicha muhitning barcha tashkil etuvchilari (komponentlari)ni qarama-qarshi ta`sirini 
yuzaga keltiradi. Inson organizmi u yoki bu ta`sirlarni moslashish chegarasidan oshmaguncha 
og’riqsiz qabul qiladi. 

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin