324
-
olamga ta`siri bo`yicha
o`ta ta`sirchan (zaharlar, kislotalar) va sust (narkotik
moddalar, arok, sigaret) bo`ladi. Sust ta`sir deganda odamning o`zi sababchi bo`ladigan xavf
tushuniladi.
Xavflar ruyxati
–
bu aniq bir tartiblar bo`yicha qo`yilgan nomlar, atamalardir
(o`zgaruvchan harorat, havo harakatining tezligi, havo bosimi, yorug’lik, havoni ionlash,
portlash, gerbitsid, shovqin, tebranish, yong’in, zaharli moddalar, lazer nuri, elektr yoyi va
boshqalar)
. Har bir tekshiriladigan ob`ektda o`tkaziladigan aniq tekshirishlar uchun shu
ob`ekt (tsex,
ish joyi, texnologik jarayon, kasb) da uchraydigan xavflar ruyxati tuziladi.
Xavflar kvantifikatsiyasi
hayot faoliyat xavfsizligini taminlashga qaratilgan tadbirlar
uchun etarli darajada
kerak bo`lgan miqdoriy, vaqtincha, fazoviy va boshqa xususiyatlarni
aniqlab amalga oshirish jarayonidir.
Sabab va oqibatlar
.
YAshirin xavflarni amalga oshishiga olib keladigan sharoit-sabab
deb ataladi.
Sabablar, jarohatlar, yuqumli kasalliklarni keng tarqalishi (epidemiya), atrof-
muhitga zarar va boshqa xil oqibatlarni keltirib chiqaradi.
Xavf, sabab, oqibat uchligi-bu yashirin xavflarni va zararlarni amalga oshiruvchi
mantiqiy jarayondir. Masalan: Zahar (xavf)- dori tayyorlashning xatosi (sabab)- zaharlanish
(kungilsiz oqibatlar).
Mutloqa xavfsiz bo`lgan ish (faoliyat) bo`lishi mumkin emas. Demak, faoliyat qanday
bo`lmasin, unda yashirin xavf bo`ladi. Bu aksioma hayot faoliyati xavfsizligida
metodologik
ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: