326
Har qanday favqulodda holatlar o`zining fizik mohiyatiga ega bo`lib, ular bir-biridan
favqulodda holatlarga olib keluvchi sabablari, turi, harakatlanuvchi kuchi, rivojlanish xarakteri,
insonga va u faoliyat ko`rsatuvchi muhitga ta`sir etish xarakteri bilan farq qiladi.
SHunga
mos holda, favqulodda holatlar o`zining bir necha belgilari asosida tasniflanishi,
sistemalashtirilishi mumkin. Ular genezis xarakteriga (favqulodda holatlarni hosil bo`lish
sabablariga ko`ra), rivojlanish sur`atiga, xavfni (tarqalish tezligi) va favqulodda holatlar
oqibatlari og’irligini hisobga olgan holda, zarar keltiruvchi omillarini tarqalish masshtabiga
ko`ra tasniflanadi.
Favqulodda holatlar yuzaga kelish sabablariga ko`ra tabiiy ofatlar,
texnogen halokatlar,
antropogen va ekologik halokatlar va ijtimoiy - siyosiy mojarolar ko`rinishida bo`lishi
mumkin.
Tabiiy ofatlar - xavfli tabiiy hodisalar va jarayonlar bo`lib, ular favqulodda yuz berib,
insonlarning kundalik hayot tarzini buzilishiga, qurbonlar sodir bo`lishiga, moddiy
boyliklarni yo`qotilishiga olib keladi. Ularga er qimirlashlar, suv bosimlar, vulqonlar, tsunami
(okeanda suv osti zilzilasi yoxud vulqonlarning otilishidan hosil bo`ladigan ulkan to`lkinlar),
sel
oqimlari, bo`ronlar, o`rmon va torf yong’inlari, qor bosishlari, tosh ko`chishlari,
qurg’oqchilik, uzoq muddatli yog’ingarchilik, qattiq sovuq, epidemiya, o`rmon va qishloq
xo`jaligi zararkunandalarining ommaviy tarqalishi kabilar kiradi.
Tabiiy ofatlar hayvonlarning tez harakatlanishi (er qimirlashlar, ko`chishlar), er ichki
energiyasining bo`shalish jarayoni (vulqonlar faoliyati, er qimirlashlar), daryo, ko`llar va dengizlar suv
sathining ko`tarilishi (suv bosishlar, tsunami) va kuchli shamol ta`sirida (bo`ronlar, tsiklonlar) yuz
berishi mumkin. Ayrim tabiiy ofatlarga (yong’in, nurash, ko`chish va boshqalar) inson faoliyati
ham sabab bo`lishi mumkin, lekin ularning natijasi tabiiy kuchlar ta`sirida yuzaga keladi.
Mamlakatimizning har xil zonalarida er qimirlashlar, suv toshqinlari, sel kelish, ko`chkilar,
tog’ va tepaliklardan toshlar ko`chib yo`l
berkilib qolishi, qurg’oqchilik bo`lishi, tabiiy
yong’inlar yuzaga kelishi mumkin. Kuchli tabiiy ofatlar aholi o`rtasida o`lim yuz berishiga,
xalqning moddiy boyliklarini vayron bo`lishiga olib keladi. Masalan, Respublikamiz hududidagi
bunday kuchli tabiiy ofatlarga Toshkent zilzilasini (1966 y), Gazli zilzilasini, 1998
yildagi SHohimardondagi suv bosishlarini misol keltirishimiz mumkin.
Favqulodda bo`lgan tabiiy ofatlarni mumkin qadar oldini olish yoki ma`lum darajada
ularning zararini kamaytirish mumkin. Buning uchun oldindan ogohlantiriluvchi choralar
ko`rilishi, seysmologik. Gidrometerologik stantsiyalarning ma`lumotlariga
tayangan holda tabiiy
ofatlar xavfi bor rayonlar aniqlanilib, evakuatsiya chora tadbirlari ishlab chiqilib xavfsizlik
ta`minlanishi lozim.
Dostları ilə paylaş: