ANACONDA platformasi
Kod yozish uchun avvalo kompyuterimizda Python o'rnatilgan bo'lishi kerak.
Biz buning uchun Pythonni to'g'ridan-to'g'ri o'rnatib emas, balki Anaconda
platformasini o'rnatish orqali amalga oshiramiz.
Bunday qilishimizning bir nechta sabablari bor:
Anaconda Python nisbatan tezroq
Anaconda biz uchun kerakli bo'lgan qo'shimcha dasturlar va muhim
paketlar bilan birga o'rnatiladi
Anacondada turli dasturlar (loyihalar) uchun alohida muhit yaratish
mumkin
24
Repl.it
Agar siz turli sabablarga ko'ra kompyuteringizga Python o'rnata olmasangiz,
repl.it sahifasi yordamida Python dasturlarini to'g'ridan-to'g'ri brauzerda ham
yozishingiz mumkin.
ANACONDA platformasini o’rnatish
Anaconda platformasini o'rnatamiz.
1.
Kompyuterimizda
brauzerni
ochib,
https://www.anaconda.com/products/individual sahifasiga kiramiz va
Download
tugmasini bosamiz.
2.
Kompyuterimizda o'rnatilgan operatsion tizim uchun mos keluvchi faylni
yuklab olamiz (
agar yuqoridagi jumlani tushunmagan bo'lsangiz, katta ehtimollik
bilan sizda 64-Bit Windows operatsion tizimi o'rnatilgan
)
Yuklab olingan faylni ochamiz, va o'rnatamiz
(hech qanday
o'zgartirishlarga hojat yo'q, NEXT, ACCEPT, FINISH tugmalarini bosib turamiz
xolos)
25
Anaconda o'rnatilganidan so'ng Windowsdagi dasturlar orasida Anaconda
Navigator dasturini ochamiz.
SPYDER IDE
Spyder
— Python tilida kod yozish uchun mo'ljallangan dasturlash muhiti va
bizning asosiy ish qurolimizdir. Ingliz tilida dasturlash muhiti -
IDE
(Integrated
Development Environment) deyiladi.
Dastur yozish uchun yuzlab turli muhitlar bor. Aslida, umuman muhitsiz, oddiy
matn redaktorida ham kod yozishimiz mumkin edi. Lekin Spyder va unga o'xshash
muhitlar dasturchilarning ishini yengillatishga qaratilgan. Muhitlar turli qo'shimcha
funksiyalar va foydali xossalarga boy bo'ladi.
26
Python
uchun
mavjud
Dasturlash
Muhitlari.
Manba:
https://www.indianaiexpert.com/best-python-ide-2019/
Kelajakda siz o'zingiz uchun qulay muhitni tanlab, yangi dasturlarni yangi
muhitda yozishingiz mumkin. Boshlanishiga esa biz Anaconda bilan birga keladigan
qulay va sodda, lekin shu bilan birga funksiyalarga boy bo'lgan Spyder muhitini
tanlaymiz.
Spyder dasturini Android Navigator yoki Windows orqali to'g'ridan-to'g'ri
ochish mumkin.
27
Spyder IDE o’rnatamiz.
Dostları ilə paylaş: |