47
c = b/a
print(c) # natija o'nlik son bo'ladi
Natija: -2.0
Shuningdek butun va o'nlik sonlar o'rtasidagi har qanday arifmetik amallarning
natijasi ham o'nlik son bo'ladi.
a = 2
b = 3.0
# Quyidagi arifmetik amallarning natijasi o'nlik son hosil qiladi
print(a+b)
print(a*b)
print(a**b)
print(2*(a+b))
Natijalar:
2.0
5.0
6.0
8.0
10.0
UZUN SONLARNI KIRITISH
Uzun
sonlarni kiritishda,
qulaylik uchun, raqamlarni pastki chiziq (_)
yordamida guruhlash mumkin. Python - son tarkibidagi pastki chiziqlarni (_) inobatga
olmasdan, uzun sonligicha qabul qiladi.
aholi_soni = 7_594_000_000 # o'zmizga qulay bo'lishi uchun shinday yozdik
print("Yer kurrasida", aholi_soni, " ga yaqin odam yashaydi")
Natija: Yer kurrasida 7594000000 ga
yaqin odam yashaydi
48
KONSTANTA
Aksar dasturlash tillarida konstant qiymatlar tushunchasi bor. Konstantlar
o'zgarmas bo'ladi (misol uchun \pi
π
ning
qiymati konstant, o'zgarmas qiymat).
Pythonda konstant tushunchasi yo'q, shuning
uchun dasturchilar bunday
o'zgaruvchilarning nomini katta harflar bilan yozadilar (
ogohlantirish sifatida
). Bu
albatta qat'iy qonun emas, lekin kelajakda o'zgaruvchilar orasida konstant qiymatlarni
ajratish uchun yaxshi usul.
PI = 3.14159
raduis = 21.2
BIR NECHTA O'ZGARUVCHIGA QIYMAT BERISH
Birdaniga bir nechta o'zgaruvchiga qiymat berish uchun o'zgaruvchilar va
ularga mos qiymatlar vergul (,) bilan ajratiladi:
x, y, z = 10, -7.25, -30
Yuqoridagi kod x ga 10, y ga -7.25, va z ga -30 qiymatini yuklaydi.
Dostları ilə paylaş: