148
O'zgaruvchilarni faylda saqlash
Yuqorida biz ma'lumotlarni matn ko'rinishida saqlashni ko'rdik.
Agar dastur
davomida turli o'zgaruvchilarni faylda saqlash talab qilinsa pickle modulidan
foydalanamiz. Pickle ma'lumotlarni biz qanday ko'rinishda bersak, shunday ko'rinishda
faylga yozadi. Yuqoridagi
usuldan farqli ravishda, pickle yordamida yozilgan
fayllarning tarkibini Pythondan tashqarida ko'rib bo'lmaydi.
Pickle faylga yozish
Pickle dan foydalanish uchun biz avval bu modilni import qilamiz. Faylni
ochishda esa, open() funksiyasiga ikkinchi argument sifatida 'wb' (write binary)
beramiz, ya'ni ikkilik sanoq tizimida yozishni ko'rsatamiz.
Faylga yozish uchun esa
pickle.dump() metodidan foydalanamiz:
import pickle
talaba1={‘ism’: ‘Hasan’, ‘familiya’: ‘Husanov’, ‘tyil’:2003, ‘kurs’:2}
talaba2={‘ism’: ‘Alijon’, ‘familiya’: ‘Valiyev’, ‘tyil’:2004, ‘kurs’:1}
with open (‘info’, ‘wb’) as file:
piskle.dump(talaba1, file)
piskle.dump(talaba2, file)
E'tibor bering, yuqorida fayl nomini yozishda uning turini ko'rsatmadik, sababi,
avval aytganimizdek bu fayllar Pythondan tashqarida ochilmaydi va biz buning oldini
olishimiz kerak. Aslida fayl nomiga .txt qo'shimchasini ham qo'shishimiz mumkin, bu
bilan dastur xato ishlamaydi, lekin bu bizni kelajakda chalg'itishi mumkin. Istasangiz
faylga .dat (data so'zidan olingan) qo'shimchasini qo'shib qo'yishingiz mumkin
(info.dat).
Dostları ilə paylaş: