M. E. Mamarajabov, R. N. To’rayev zamonaviy dasturlash tillari


Faylda saqlangan ma'lumotlar



Yüklə 3,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/80
tarix23.07.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#137200
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   80
Faylda saqlangan ma'lumotlar 
Afsuski, faylga bir nechta ma'lumot yozganimizda, ma'lumotlar alohida 
qatordan emas, bir qatorda bir-biriga qo'shib qo'shib yoziladi.
Buning oldini olishimiz uchun matn so'ngida \n belgisini qo'shib ketishimiz 
kerak bo'ladi: 
faylnomi= ‘new_file.txt’ 
ism= ‘Olimjon Hasanov’ 
tyil=2004 
with open(faylnomi, ‘w’) as fayl: 
fayl.write(ism+ ‘\n’) 
fayl.write(str(tyil)+ ‘\n’) 
Fayldagi ma'lumotlar yangi qatordan saqlandi 
FAYLGA MA'LUMOT QO'SHISH 
Agar mavjud faylga ma'lumot qo'shish talab qilinsa, open() funksiyasiga 
murojat qilishda 'a' (append) argumentidan foydalanamiz. Bunda yangi qo'shilgan 
ma'lumotlar faylning oxiriga qo'shiladi.
faylnomi= ‘new_file.txt’ 
ism= ‘Olimjon Hasanov’ 
tyil=2004 
with open(faylnomi, ‘w’) as fayl: 
fayl.write(ism+ ‘\n’) 
fayl.write(str(tyil)+ ‘\n’) 
fayl.write(‘Alijon Valiyev \n’) 
fayl.write(‘2000’) 
Faylga yangi ma'lumotlar qo'shildi 
Agar biz ochayotgan fayl mavjud bo'lmasa, Python yangi fayl yaratadi. 


148 
O'zgaruvchilarni faylda saqlash 
Yuqorida biz ma'lumotlarni matn ko'rinishida saqlashni ko'rdik. Agar dastur 
davomida turli o'zgaruvchilarni faylda saqlash talab qilinsa pickle modulidan 
foydalanamiz. Pickle ma'lumotlarni biz qanday ko'rinishda bersak, shunday ko'rinishda 
faylga yozadi. Yuqoridagi usuldan farqli ravishda, pickle yordamida yozilgan 
fayllarning tarkibini Pythondan tashqarida ko'rib bo'lmaydi.
Pickle faylga yozish 
Pickle dan foydalanish uchun biz avval bu modilni import qilamiz. Faylni 
ochishda esa, open() funksiyasiga ikkinchi argument sifatida 'wb' (write binary) 
beramiz, ya'ni ikkilik sanoq tizimida yozishni ko'rsatamiz. Faylga yozish uchun esa 
pickle.dump() metodidan foydalanamiz: 
import pickle 
talaba1={‘ism’: ‘Hasan’, ‘familiya’: ‘Husanov’, ‘tyil’:2003, ‘kurs’:2} 
talaba2={‘ism’: ‘Alijon’, ‘familiya’: ‘Valiyev’, ‘tyil’:2004, ‘kurs’:1} 
with open (‘info’, ‘wb’) as file: 
piskle.dump(talaba1, file) 
piskle.dump(talaba2, file) 
E'tibor bering, yuqorida fayl nomini yozishda uning turini ko'rsatmadik, sababi, 
avval aytganimizdek bu fayllar Pythondan tashqarida ochilmaydi va biz buning oldini 
olishimiz kerak. Aslida fayl nomiga .txt qo'shimchasini ham qo'shishimiz mumkin, bu 
bilan dastur xato ishlamaydi, lekin bu bizni kelajakda chalg'itishi mumkin. Istasangiz 
faylga .dat (data so'zidan olingan) qo'shimchasini qo'shib qo'yishingiz mumkin 
(info.dat). 

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin