146
'a+'
open('file.txt','a+')
Faylga ma'lumot qo'shish va o'qish
uchun yozish. Fayl mavjud bo'lmasa
yangi fayl yaratiladi.
YANGI FAYLGA YOZISH
Yangi faylga ma'lumot yozish uchun open() funksiyasini chaqirishda 'w' (write)
argumentidan foydalanamiz. Ochilgan faylga ma'lumot qo'shish uchun esa .write()
metodini chaqiramiz.
faylnomi= ‘ustozlar.txt’ # ochilayotdan (yaratilayotgan)
fayl nomi
with open(faylnomi, ‘w’) as fayl:
fayl.write(‘Olimjon Hasanov’)
Faylga yozayotgan ma'lumotlarimiz matn ko'rinishida bo'lishi kerak. Aks holda
dasturimiz xato beradi.
faylnomi= ‘new_file.txt’
ism= ‘Olimjon Hasanov’
tyil=2004
with open(faylnomi, ‘w’) as fayl:
fayl.write(ism)
fayl.write(tyil)
TypeError: write()
argument must be
str, not int
Xatoning oldini olish uchun sonlarni avval str() funksiyasi yordamida matnga
keltirib olamiz.
faylnomi= ‘new_file.txt’
ism= ‘Olimjon Hasanov’
tyil=2004
with open(faylnomi, ‘w’) as fayl:
fayl.write(ism)
fayl.write(str(tyil))