M. E. Mamarajabov, R. N. To’rayev zamonaviy dasturlash tillari


 PYTHONDA FAYLLAR VA ISTISNOLAR BILAN ISHLASH



Yüklə 3,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/80
tarix23.07.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#137200
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   80
3.9. PYTHONDA FAYLLAR VA ISTISNOLAR BILAN ISHLASH 
PYTHONDA FAYLLAR BILAN ISHLASH 
Kompyuterimizda aksar ma'lumotlar fayl ko'rinishida saqlanadi. Bu xoh matn 
bo'lsin, xoh jadval, xoh rasm, xoh video. Fayllarda turli ma'lumotlar saqlanishi 
mumkin, ob-havo ma'lumotlari, yillik hisobotlar, mijozlarning telefon raqamlari
talabalarning baholari va hokazo.
Ko'pgina holatlarda dastur davomida katta ma'lumotlarni aynan fayllardan 
o'qib olish talab qilinadi. Ayniqsa, tahliliy dasturlarda fayl ko'rinishida saqlangan, katta 
hajmdagi jadvallar bilan ishlash tabiiy. Lekin fayllar bilan ishlash boshqa holatlarda 
ham ko'p asqotadi, misol uchun oddiy matnni html ko'rinishga o'tkazishni 
avtomatlashtiruvchi dastur yozishda. 
Fayllar bilan ishlashning birinchi qadami bu fayldagi ma'lumotlarni kompyuter 
xotirasiga ko'chirish. Buning bir necha usuli bor, quyida ular bilan tanishamiz. 
Boshlanishiga bizga fayl kerak. Keling, yangi fayl.txt faylini yaratamiz va 
ichiga quyidagi matnni joylaymiz: 
Salom 
12457893 
9874563321 
Fayli to'lqi o'qish uchun quyidagi kodni yozamiz: 


143 
with open(‘fayl.text’) as fayl: 
fayl_malum=fayl.read() 
Kodni tahlil qilamiz: 

Birinchi qatorda open() funksiyasi yordamida faylni ochayapmiz. Bunda 
funksiyaga argument sifatida fayl nomini berayapmiz. Bu yerda biz ochayotgan 
fayl va dasturimiz bir papkada bo'lishi muhim. 

open() funksiyasi faylni obyekt sifatida qaytaradi, as operatori yordamida esa 
biz obyektimizga fayl deb nom berayapmiz.

Ikkinchi qatorda .read() metodi yordamida fayl obyektining tarkibidan bizga 
kerakli matnni olib, yangi, fayl_malum o'zgaruvchisiga yuklayabmiz. 

with operatorining vazifasi biz fayl bilan ishlab bo'lganimizdan so'ng faylni 
yopish. Yuqoridagi misolda, 2-qatordan so'ng Python zudlik bilan faylni yopadi. 

Shuning uchun open() funksiyasiga with orqali murojat qilganimizda, faylimiz 
with blokining oxirigacha ochiq turadi va with tugashi bilan, fayl ham yopiladi. 
Demak fayl ustidagi amallarni biz with bloki ichida bajarib olishimiz kerak. 
Keling endi fayl ning qiymatini konsilga chiqaramiz: 
>>> print(fayl_malum) 
Salom 
123457893 
9874563321 
Matn faylda qanday saqlangan bo'lsa, huddi shu ko'rinishda konsolga chiqdi.
Fayl ma’lumotlarini quyidagicha songa o’zgartiramiz. 
5658996452232323 
12457893 
9874563321 
Saqlangan ma'lumot son bo'lsada, fayldan o'qiganimizda qaytgan qiymat matn 
ko'rinishida bo'ladi. Matnni songa o'tkazish uchun, unga biroz ishlov beramiz: 


144 
fayl_malum=fayl_malum.rstrip() 
# qator oxiridagi bo’shliqlarni olib tashlaymiz 
fayl_malum=fayl_malum.replace(‘\n’, ‘’) 
# qator tashlash belgisini almashtiramiz 
fayl_malum=float(fayl_malum) 
# matnni float (on’lik) songa o’tkazamiz 
print(fayl_malum) 
Natija: 5.658996452232323e+33 

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin