M. E. Mamarajabov, R. N. To’rayev zamonaviy dasturlash tillari



Yüklə 3,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/80
tarix23.07.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#137200
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   80
try-except 
Istisno obyektlarni tutib olish uchun Pythonda maxsus try-except operatorlari 
bor. Bu operatorlar quyidagicha ishlaydi, try operatori badanida bajarish kerak bo'lgan 
kod yoziladi, except operatori badanida esa xatolik yuz berganda bajarilishi kerak 
bo'lgan kod yoziladi. Ya'ni dasturimiz to'xtab qolmasdan bajarilaveradi.


152 
Tushunarli bo'lishi uchun quyidagi misolni ko'ramiz.
yosh=input(“Yoshingizni kiriting: ”) 
yosh=int(yosh) 
print(f “Siz {2021-yosh} yilda tug’ilgansiz”) 
Yoshingizni kiriting: 36.2 
Traceback (most recent call last): 
File 
"C:/Users/SAMSUNG001/AppData/Local/
Programs/Python/Python38-32/13.py", line 
2, in
yosh = int(yosh) 
ValueError: invalid literal for int() with 
base 10: '36.2' 
Yuqoridagi misolning 1-qatorida biz foydalanuvchidan yoshini kiritishni 
so'rayabmiz. Navbatdagi qatorda esa foydalanuvchi kiritgan qiymatni int() yordamida 
butun songa o'tkazayapmiz. Agar foydalanuvchi yoshini kiritganda, butun emas, o'nlik 
son kiritsa bu ValueError xatoligiga olib keladi, va dastur bajarilishdan to'xtaydi. 
Keling, yuqoridagi kodni try-except yordamida yozamiz: 
yosh=input(“Yoshingizni kiriting: ”) 
try: 
yosh=int(yosh) 
print(f “Siz {2021-yosh} yilda tug’ilgansiz”) 
except: 
print(“Butun son kiritmadingiz”) 
print(“Dastur Tugadi!”) 
Yoshingizni kiriting: 32.2 
Butun son kiritmadingiz 
Dastur Tugadi! 
Bu yerda ham dastavval foydalanuvchi yoshini so'radik. int() finksiyasini esa 
try badani ichida yozdik, agar foydalanuvchi to'gri qiymat kiritgan bo'lsa kodimiz 
foydalanuvchi tug'ilgan yilini hisoblab ko'rsatadi, exception (istisno) yuz berganda esa 
"Butun son kiritmadingiz" xabarini konsolga chiqaradi. Lekin dastur bajarilishdan 


153 
to'xtamaydi, va try-except blokidan keyingi qatorlar ham bajarilaveradi (print("Dastur 
Tugadi!")). try-except operatorining afzalliklaridan biri, foydalanuvchiga tushunarsiz 
xatolar o'rniga, o'zimiz istagan, tushunarliroq matnni ko'rsatishimiz mumkin. 
Shuningdek, kompleks tizimlarda arzimagan xatoni deb dasturimiz to'xtab qolmaydi. 

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin