151
Masala_12.'>Masala
12.
Aeroportning ma`lumotlar saqlanish joyida samolyotlarning keyingi
kunlarda uchish jadvali saqlanadi. Har bir reysda: reys raqami,
samolyotning turi,
belgilangan joyi, uchish vaqti berilgan. Barcha reyslar raqamlarini, samolyot turlarini
va belgilangan joyga uchish vaqtlarini o`sish tartibida chiqaring.
Masala
13.
Radioatel`eda ta`mirlashga topshirilgan radioapparatlarning
kvitansiyalari saqlanadi. Har bir kvitansiya quyidagi ma`lumotni o`z ichiga saqlaydi.
Topshirilgan yaroqsiz apparatning nomi (televizor, radio…)
Apparatning markasi,
remontga topshirilgan sanasi, ta`mirlash narxi, buyurtmaning ahvoli (bajarilgan,
bajarilmagan). Topshirilgan buyumlarning ahvoli to`g`risidagi ma`lumotni
alohida
faylda saqlovchi dastur tuzing.
Masala
14.
Ko`rik tanlovda ishtirok etuvchi ijrochilar haqida quyidagi
ma`lumotlar berilgan F.I.SH., tug`ilgan yili, davlatning nomi, musiqa asbobining nomi
( gitara, skripka, pianino ) egallagan o`rinlari, yoshi. Sahnaga
chiqish tartibini yoshiga
nisbatan (o`sib borish tartibida) aniqlovchi dastur yordamida ro`yxat yarating.
XATOLAR VA ISTISNOLAR BILAN ISHLASH
Avvalgi mavzularizning birida biz "
Run time error"
xatoliklari bilan
tanishgan edik. Bunday xatolar dastur bajarish jarayonida kelib chiqadi va dasturning
ishlashini to'xtatadi. Sintaks xatolikdan farqli ravishda
Python bunday xatolarni
dasturni bajarishdan avval aniqlay olmaydi.
Ushbu darsimizda qanday qilib mana shunday xatoliklarni jilovlashni
o'rganamiz. Maqsadimiz xatolik yuz berganda dastur to'xtab qolishining oldini olish.
Gap shundaki, dastur davomida xato yuz berganda Python maxsus
exception
(istisno)
obyektini yaratadi. Agar bu obyekt "tutib" olinmasa, dastur bajarilishdan to'xtaydi.
Dostları ilə paylaş: