Talab qilinadi: 1. Bu holatda sir saqlash majburiyati buzilganmi?
2. Holatlarni tahlil qiling.
4-masala. Yillik hisobotni tekshirish jarayonida “Ernst & Young” auditorlik
kompaniyasining auditori buyurtmachi tomonidan raqobatbardosh korxona sotib
olinayotganligini aniqladi. Agar bu ma’lumotlar ma’lum bo‘lsa, raqobatbardosh
korxona aksiyalari kursi oshadi. Auditor vositachi tomonidan korxona aksiyalarini
sotib olishga qarshi emas va shu tarzda u ko‘proq foyda olish imkoniyatini
qidirmoqda.
Talab qilinadi: 1. Bunday holatda “Ernst & Young” auditorlik kompaniyasining auditori
o‘zining professionallik majburiyatini buzmayaptimi?
2. Holatlarni tahlil qiling.
5-masala. Yillik hisobotni tekshirish davomida auditor o‘z mijozining
raqobatbardosh korxonasini sotib olish niyati borligini aniqladi. Agar ushbu dalil
(fakt) ma’lum bo‘lib qolsa, raqobatbardosh korxonaning aksiyalarining kursi oshib
ketadi. Auditor vositachilar yordamida ushbu korxonaning aksiyasini sotib olish va
shu bilan birga yuqori foyda olish imkoniyatidan voz kechish niyati yo‘q.
Talab qilinadi: 1.
Auditor bunday holda professional majburiyatini buzmayaptimi?
2.
Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan
foydalanishi lozim.
6-masala. Bir necha yillar davomida mijoz o‘z moliyaviy hisobotlarini tasdiqlab
berish to‘g‘risida faqat bitta auditorlik firmasiga murojaat qilmoqda. Ushbu vaqt
davomida auditorlik tekshiruvida bir auditorlarning brigadasi qatnashib kelmoqda va
ular yildan-yilga auditning aniq bir uchastkalarida (“Asosiy vositalar”, “Tovarlar” va
h.k.) ixtisoslashmoqda.
Talab qilinadi: Bunday vaziyatda auditning kamchiliklari va afzalliklari
nimadan iborat?