Auditorlik tavakkalchiligi (Audit risk) - moliyaviy hisobot ahamiyatli darajada
yanglish bo’lganda auditor nomuvofiq auditorlik xulosasini berish tavakkalchiligi.
Auditorlik tavakkalchiligi quyidagi uch tarkibiy qismdan: ajratib bo’lmaydigan
tavakkalchilik, nazorat tavakkalchiligi va aniqlanmaslik tavakkalchiligidan iborat
bo’ladi.
Ajratib bo’lmaydigan tavakkalchilik (Inherent risk) - tegishli ichki nazorat
mavjud emas deb taxmin qilinganda, hisobvaraqlar qoldig’i yoki operatsiyalar
turkumlarining alohida-alohida yoki boshqa hisobvaraqlar qoldig’i yoki operatsiyalar
turkumlari bo’yicha bir-galikda muhim bo’lishi mumkin bo’lgan chalkashliklarga
moilligidir.
Aniqlanmaslik tavakkalchiligi (Detection risk) - hisobvaraq qoldig’i yoki
operatsiyalar turkumi alohida-alohida yoki boshqa hisobvaraqlar qoldig’i yoki
operatsiyalar turkumi bilan birgalikda ahamiyatli bo’lishi mumkin yanglishlar
auditorlik muolajalar amalga oshirilganda aniqlanmaslik tavakkalchiligi.
Nazorat tavakkalchiligi (Control risk) - hisobvaraqlar qoldig’i yoki operatsiyalar
turkumida mumkin bo’lgan chalkashliklar (ular alohida yoki boshqa hisobvaraqlar
qoldig’i yoki operatsiyalar turkumi bilan birgalikda ahamiyatli bo’lishi mumkin)
buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimlari tomonidan o’z vaqtida oldi olinmaslik
yoki aniqlanmaslik va tuzatilmaslik tavakkalchiligi.
Auditorlik tanlab olish (Audit sampling) - auditorga tanlab olish yig’indisi bo’yicha
xulosa shakllantirish yoki shakllantirishga yordam berish maqsadida tanlab olingan
moddalarning ayrim tavsiflariga nisbatan auditorlik dalillarini olish va baholash
uchun 100%dan kam bo’lgan hisobvaraq saldosi yoki operatsiyalar turkumi doirasiga
auditorlik muolajalarini qo’llashdan iborat.
Stratifikatsiya (Stratification) - har biri majmuining bir-biriga o’xshash tavsiflarga
(ko’proq pul qiymatida) ega tanlab olish quyi majmuini birlik guruhiga bo’lish
jarayoni.