86
Moliyaviy hisobot (Financial statements)
- buxgalteriya balansi, daromadlar va
xarajatlar yoki foyda va zararlar to’g’risida hisobot, moliyaviy ahvoldagi o’zgarishlar
to’g’risida hisobot (ular turli usullar bilan taqdim etilishi mumkin, masalan: pul
mablag’lari oqimi to’g’risidagi hisobot yoki pul mablag’lari manbai va undan
foydalanish to’g’risidagi hisobot shaklida), izohlar va boshqa hisobotlar, shuningdek
moliyaviy hisobotning bir qismi tariqasida ko’riladigan tushuntirish materiallar.
Umumlashtirilgan moliyaviy hisobot (Summarized financial statements)
-
sub’ekt moliyaviy ahvoli va moliyaviy-xo’jalik faoliyatining faqat asosiy
ko’rsatkichlarida manfaatdor bo’lgan foydalanuvchilar guruhiga ma’lumot berish
maqsadida sub’ekt tomonidan audit qilinadigan yillik moliyaviy hisobotining
umumlashtiruvchi moliyaviy hisobot tayyorlashi mumkin
Mohiyati bo’yicha muolajalar (Substantive procedures)
- moliyaviy hisobotdagi
ahamiyatli chetga chiqishlarni aniqlash maqsadida auditorlik dalillarni olish uchun
bajariladigan testlar. Ular quyidagi ikki turga ajratiladi:
(a) operatsiyalar va hisobvaraqlar saldosi bo’yicha mufassal testlar;
(b) tahliliy muolajalar.
Muvofiqlik (Appropriateness)
- auditorlik dalillarining sifat o’lchovi, aniq
tasdiqlashga nisbatan relevantligi va ularning ishonchliligi hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: