87
Noto’g’ri ko’rsatish (Misstatement) -
xato yoki tovlamachilik
natijasida moliyaviy
ma’lumotda vujudga kelishi mumkin bo’lgan noto’g’ri ko’rsatishlar.
Oraliq moliyaviy ma’lumot yoki hisobot (Interim financial information or
statements)
- moliyaviy davrga nisbatan oraliqdagi sanalar (odatda
yarim yil yoki
chorak davri) bo’yicha tayyorlangan moliyaviy ma’lumot (yuqorida keltirilgan
talqinga muvofiq to’liq moliyaviy ma’lumotdan kamroq hajmda bo’lishi mumkin).
Rejalashtirish (Planning) -
auditning
kutilayotgan tavsifi, muddati va hajmiga
mufassal yondoshish va umumiy strategiyani ishlab chiqish.
Segment bo’yicha ma’lumot (Segment information)
-
moliyaviy hisobotda
sub’ektning farqlanadigan tarkibiy qismi yoki tarmoq va jug’rofiy jabhalariga
taalluqli ma’lumot.
Sifat nazorati (Quality controls) -
auditorlik firmasi
tomonidan amalga oshirilgan
barcha auditorlik tekshiruvlar 220-sonli “Auditorlik ishi sifatini nazorat qilish”
Auditning xalqaro standartlarida qayd etilgan Moliyaviy hisobot auditining maqsadi
va uni tartibga solishning umumiy tamoyillariga muvofiq
amalga oshirilganligiga
oqilona ishonch hosil qilish uchun auditorlik firmasi tomonidan qabul qilingan
siyosat va muolajalar.
Sub’ekt rahbariyati (Management)
- rahbariyat
katta xodimlar va rahbarlik
vazifalarini bajaruvchi boshqa shaxslardan iborat bo’ladi. Direktorlar va auditorlik
qo’mitasi faqat ushbu vazifalarni bajargan hollarda rahbariyat tarkibiga kiradi.
Dostları ilə paylaş: