Mufassal tekshiruv (Walk-through test) - bir qator operatsiyalarni buxgalteriya
hisobining barcha tizimi orqali kuzatib boradigan testlardan iborat.
Muhimlilik (Materialiti) - ma’lumot inobatga olinmagan yoki noto’g’ri ko’rsatilgan
taqdirda u foydalanuvchilarning moliyaviy hisobot asosida qabul qilgan iqtisodiy
qarorlariga ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lsa, bunday ma’lumot muhimli hisoblanadi.
Muhimlilik ma’lum sharoitlarda inobatga olmaslik yoki noto’g’ri ko’rsatish
to’g’risida fikr qabul qilish paytida modda yoki xato miqdoriga bog’liq. Binobarin,
muhimlilik ma’lum bir pog’ona yoki hisoblash nuqtasi va ma’lumot foydali bo’lishi
uchun boshlang’ich sifat tavsifi hisoblanadi.
Nazorat muolajalari (Control procedures) - sub’ektning aniq masalalarini echish
uchun nazorat muhitga qo’shimcha ravishda sub’ekt rahbariyati tomonidan
belgilangan muolaja va siyosat.
Nazoratli muhit (Control environment) - ichki nazorat tizimi va u sub’ekt uchun
muhimliligiga sub’ekt direktori va rahbariyatining umumiy nuqtai-nazari,
xabardorliligi va harakatini qamrab oladi.
Nazorat testlari (Test of control) - quyidagilar samaradorligi yuzasidan auditorlik
dalillarini olish maqsadida amalga oshiriladi:
(a) buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimlari tashkil etilishi, ya’ni ular ahamiyatli
noto’g’ri ko’rsatishlarni oldini olish, aniqlash va tuzatish uchun qanchalik yaxshi
tashkil etilganligi;
(b) ichki nazorat butun davr mobaynida o’z vazifasini bajarishi.
Noaniqlik (Uncertainty) sub’ektning bevosita nazoratida bo’lmagan, lekin kelajakda
moliyaviy hisobotga ta’sir etishi mumkin bo’lgan harakatlar va xodisalardan kelib
chiqadigan vaziyat.