Taqqoslanadigan ko’rsatkichlar (Comparatives) - taqqoslash maqsadida taqdim
etilgan oldingi hisobot davri yoki davrlar bo’yicha bir biri bilan aloqador summalar
va boshqa yoritishlar. Taqqoslanadigan ko’rsatkichlar quyidagicha taqdim etilishi
mumkin:
Bir biri bilan bog’langan ko’rsatkichlar (Corresponding figures) - joriy davr
bo’yicha moliyaviy hisobotning bir qismi kabi kiritilgan va joriy davr bilan bog’liq
summalar va boshqa yoritishlar bilan kontekstda o’qish uchun mo’ljallangan. Ular
joriy davr moliyaviy hisobotning ajralmas qismi bo’lib hisoblanadi va faqat joriy davr
bo’yicha ko’rsatkichlar kontekstida o’qilish uchun mo’ljallangan va mustaqil
ravishda ko’riladigan to’liq moliyaviy hisobot emas.
Taqqoslanadigan moliyaviy hisobot (Comparative financial statements) - o’tgan
davr bo’yicha moliyaviy hisobot joriy davr bo’yicha moliyaviy hisobot bilan
taqqoslash uchun keltiriladi, lekin joriy davr bo’yicha moliyaviy hisobotning qismi
bo’lib hisoblanmaydi.
Tekshirish (Inspection) - yozuvlar, hujjatlar yoki moddiy aktivlarni tekshirishdan
iborat.
Tovlamachilik (Fraud) - rahbariyat tarkibi, xodimlar yoki uchinchi tomonlarning bir
yoki bir necha shaxslari tomonidan moliyaviy hisobotni noto’g’ri taqdim etilishiga
olib keladigan va bilib turib qilgan harakatlariga taaluqli.
Faoliyat uzluksizligi to’g’risida taxmin (Going concern assuption) - yaqin kelajakda
korxona o’z faoliyatini uzluksiz davom ettiradi degan taxmin; korxona tugatilishi
to’g’risida niyatga yoki tugatilishi lozim yoxud faoliyat hajmini ahamiyatli darajada
kamaytiradi degan taxminga ega emasligi. Natijada aktivlar uzluksiz ishlatilishi
asosida, masalan sotilishning sof qiymati yoki tugatilish qiymatida emas, balki
dastlabki yoki tiklash qiymati bo’yicha baholanadi.