E
Elеktron jadvallar
–
jadval koʻrinishidagi koʻp miqdordagi
ma’lumotlarni qayta ishlashda turli hisob opеratsiyalarini bajarish
sifatini,
hamda
hisoblashlar
darajasini
oshirish
uchun
ishlatiladigan, jadval muharriri dеb
ataladigan maxsus dasturlar
pakеtidir.
E-mail
– elektron pochta. Elektron pochta maxsus dastur
boʻlib, uning yordamida Internet tarmogʻi orqali dunyoning
ixtiyoriy
joyidagi elektron manzilga xat, hujjat, ya’ni ixtiyoriy
ma’lumotni tezda joʻnatish va qabul qilib olish mumkin.
Exspert tizimi
– exspert bilimlarini tor doiradagi masalalarni
samarali yechishda foydalanuvchi kompyuter dasturi.
F
Fayl
–
nomiga, kengaytmasiga va hajmiga ega boʻlgan obyekt
boʻlib, tashqi xotirada saqlanadi.
Fayl atributi
– faylni belgilovchi xarakteristika: ismi,
oʻlchami, tuzilishi (xili), foydalanish usuli, yozilish uzunligi,
yozilish xili va h.
Fayllarni joʻnatish
– butun faylni
yoki uning qismini ochiq
tizimlar orasida koʻchirish muolajasi.
Forma
– elektron blank
tarzida ifodalanib, unda ma’lumotlar
kiritiladigan maydon mavjud
va shu maydonlarga kerakli
ma’lumotlar joylashtiriladi va jadval shu tariqa hosil qilinadi.
Foydalanuvchi interfeys
–
foydalanuvchining dasturiy yoki
kompyuter bilan oʻzaro ta‘siridagi dasturiy va apparat vositalaridir.
G
Gipermurojat
– bir yoki turli
kompyuterlarda joylashgan,
hujjat ichidagi va tashqarisidagi turli axborot komponentalari
orasidagi aloqa.
305
Gipertekst
– interaktiv muhit turini tasvirlash tushunchasi
boʻlib, murojatlarga oʻtish imkoniyatini bajaradi. Soʻzlar,
iboralar
yoki rasmlarga oʻrnatilgan murojatlarni (URL manzil formati),
foydalanuvchi (murojat ustida sichqonchaning chap tugmasini
bosing) tanlashi matn yoki rasm va darhol tegishli ma’lumotlarni
va multimedia materiallarlarini olib chiqish imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: