Axborotni havfsizligi
– axborot, ahborot
zaxiralari va axborot
tizimlarida talab qilingan extimollikda axborot chiqib ketishidan,
oʻgʻirlanishidan, yoʻqotilishidan himoya ta’minlanadi.
Axborot
himoyasi
–
axborotni soxtalashtirish, buzish,
oʻgʻrilash, noqonuniy tarqatishni bartaraf etish harakatlari va
vositalari.
Ajratilgan liniya
– doimiy yoki uzoq muddatga oʻrnatilgan
aloqa liniyasi (ma’lumotlar uzatish kanali).
Telekommunikatsiya
kompaniyalari tomonidan bunday kanallar ijaraga beriladi.
Avtomatlashtirilgan axborot tizimi –
tashkiliy texnik tizim
boʻlib, avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarini
boshqarish
jarayonida va ilmiy – muhandislik islarida axborot tahlil ta’minoti
maqsadida ishlatiladi.
Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari –
Axborot
texnologiyasi boʻlib, ma’lumotlarni yigʻish, saqlash, uzatish, qayta
ishlashda ishlatiladigan usullar va hisoblash texnikasi vositalari va
aloqa tizimidan iborat boʻladi.
Avtomatlashtirilgan oʻqitish tizimi –
bu tizim oʻquv
jarayonini boshqaradigan oʻquv-uslubiy kompleks materiallaridan
(namoyish, nazariy, amaliy, nazorat)
va kompyuter dasturlaridan
tashkil topgan.
Avtomatlashtirilgan ma’lumotlar banki
– ma’lumotlar
bazalarini boshqarish tizimlarining yigʻindisi va ularning
boshqaruvi ostidagi konkret ma’lumotlar bazasidir.
Avtomatik nazorat (oʻrnatilgan nazorat)
– apparat vositalari
yordamida avtomatik bajariluvchi nazorat.
Dostları ilə paylaş: