4.16-rasm.
Scaner qilish darchasi
4.17-rasm. Yangi vazifa darchasi
81
ABBYY FineReader 10 skanerlashning bir qancha usullarini
alohida koʻrib chiqamiz:
1. “Сканировать в Microsoft Word”. Skaner qilingan hujjatlar
Microsoft Word dasturida saqlanadi. Skaner qilib boʻlingandan
soʻng hujjat avtomatik ravishda
aniqlanadi, ya’ni “распознать”
qilinadi va Microsoft Word dasturida saqlanadi.
Hujjatni bu usulda skanerlash
uchun quyidagi darchani
bosamiz.
4.18-rasm. “Сканировать в Microsoft Word”
usuli
2. “Сканировать в Microsoft Excel”. Skaner qilingan hujjatlar
Microsoft Excel dasturida saqlanadi. Skaner qilib boʻlingandan
soʻng hujjat avtomatik ravishda aniqlanadi, ya’ni “распознать”
qilinadi va Microsoft Excel dasturida elektron jadvallar
koʻrinishida saqlanadi.
Hujjatni bu usulda skanerlash uchun quyidagi darchani
bosamiz.
4.19-rasm. “Сканировать в Microsoft Excel” usuli
3. “Сканировать в PDF (изображение с поиском)”. Skaner
qilingan hujjatlar *.pdf kengaytmali fayl koʻrinishida saqlanadi.
Hujjatni bu usulda skanerlash uchun quyidagi darchani
bosamiz.
4.20-rasm. “Сканировать в PDF (изображение с поиском)” usuli
4. “Сканировать и сохранить изображение”. Skaner qilingan
hujjatlar rasm koʻrinishida kompyuter xotirasida saqlanadi. Bu
koʻrinishidagi
fayllarni ichidagi ma’lumotlarni oʻzgartirib
boʻlmaydi.
82
Hujjatni bu usulda skanerlash uchun quyidagi darchani
bosamiz.
4.21-rasm. “Сканировать и сохранить изображение” usuli
5. “PDF или изображения в Word”. Skanerlash uchun skaner
qurilmasidan emas, balki kompyuter xotirasidagi rasm yoki *.pdf
kengaytmali fayllardan foydalaniladi. Rasm yoki *.pdf kengaytmali
fayllar aniqlanadi, ya’ni “распознать” qilinadi va Word dasturiga
saqlanadi. Bu turdagi ma’lumotlar ustida har xil amallar bajarish
mumkin boʻladi.
Hujjatni bu usulda skanerlash uchun quyidagi darchani
bosamiz.
4.22-rasm. “PDF или изображения в Word” usuli
6. “Конвертировать фото в Microsoft Word”. Fotokameralar
yordamida olingan rasmlarni Microsoft Word dasturiga oʻtkazish
imkonini beradi.
Hujjatni bu usulda skanerlash uchun quyidagi darchani
bosamiz.
4.23-rasm. “Конвертировать фото в Microsoft Word” usuli
“Сканировать в Microsoft Word”
usulidan foydalanib bir
hujjatning skaner qilishni toʻliq koʻrib chiqamiz. Buning uchun
hujjat skanerga joylashtiriladi va asosiy menyuning “Файл”
boʻlimidan “Сканировать страницы” tanlanadi. Hosil boʻlgan
darchadan 4.18-rasm boʻlimi tanlanadi. Natijada skaner qilish
darchasi (4.16-rasm) paydo boʻladi. “Cканировать” tugmasini
bosamiz va skanerlash jarayoni boshlanadi.
83
4.24-rasm.
Skanerlash jarayoni
Skanerlash jarayoni tugagach ekranda quyidagi darcha hosil
boʻladi.
4.25-rasm. Skaner qilingan holat
Barcha hujjatlar skaner qilib boʻlingandan soʻng avtomatik
ravishda “Распознать” qilinadi
va Microsoft Word dasturida
saqlanadi. Saqlash uchun quyidagi darcha paydo boʻladi.
4.26-rasm. Saqlash darchasi
84
Hujjatni saqlash yoʻli koʻrsatiladi, hamda “Сохранить”
tugmasi bosiladi.
Dostları ilə paylaş: