Avtomatik tarzda matnni sahifalarga boʻlish;
Matn qismni ajratish va uni kerakli joyga nusxalash;
Hujjat mundarijasini tuzish;
Matematik, kimyoviy formulalarni yozish;
Bir vaqtda bir nechta oynada hujjat tayyorlash;
Matnda har xil shakl, grafik
va rasmlardan foydalanish;
Turli ma’lumotli jadvallar tuzish;
Avtofiguralar chizish, titul varaqalarini jihozlash va shu
kabi yana bir turkum ishlarni bajarishi mumkin;
Word dasturi quyidagicha ishga tushiriladi: “Пуск” ekrani
yordamida “Приложения” bandiga
kiriladi va dasturlar
roʻyxatidan Microsoft Word 2013 dasturi tanlanadi. Natijada
ekranda dastlab MS Wordning ishchi oynasi paydo boʻladi
32
.
4.36-rasm. MS Word 2013 ning umumiy koʻrinishi
Microsoft Word dasturi quyidagi qismlardan tashkil topgan:
1-Sarlavha qatori (Документ1.docx);
2-Tezkor murojaat etish panelini sozlash boʻlimi;
32
Beth Melton. Microsoft Office Professional 2013. Step by Step. USA 2013. P
117-118.
91
3-Asosiy menyular qatori; (Файл, Главная, Вставка, Дизайн,
Разметка страницы, Ссылки, Рассылки, Рецензирование, Вид);
4- Qoʻshimcha amallarni bajarish uchun moʻljallangan maxsus
uskunalar paneli (piktogrammalar);
5-Ishchi maydon;
6-Aylantirish tasmasi;
7-Dastur holatini koʻrsatib turuvchi qismi.
Ishni yangi hujjat yaratish yoki
mavjud hujjatni ochishdan
boshlaymiz. Yangi hujjat yaratishda biz tayyor andozalardan birini
tanlashimiz yoki boʻsh (toza) hujjat hosil qilishimiz mumkin.
Word dasturini ishga tushirganimizda u bizga turli andozalar
roʻyxatini taklif etadi. Ish jarayonida bu roʻyxatni koʻrish uchun,
“Файл” menyusidan “Создать” buyrugʻini tanlash kerak boʻladi
33
.
4.37-rasm. Yangi hujjat yaratish oynasi
Boʻsh yangi hujjat hosil qilish uchun “Новый документ”
ilovasini tanlaymiz yoki ESC tugmasini bosamiz.
Shunindek, yaratilayotgan hujjatning
mavzusidan kelib chiqib
mavjud andozalardan birini tanlash mumkin. Agar andozalar
33
Beth Melton. Microsoft Office Professional 2013. Step by Step. USA 2013. P
118-119.
92
orasidan keraklisi topilmasa, unda uni onlayn
izlash va yuklab olish
mumkin.
4.38-rasm. Andozani onlayn qidirish darchasi
Izlangan andoza topilgandan soʻng uning ustiga sichqoncha
tugmasini ikki marta bosib andozani faollashtiramiz.
4.39-rasm. Yangi koʻrinishdagi andoza
Andoza bilan tanishuv oynasidan eskiz ustiga sichqonchani ikki
marta bosish yoki “Создать” buyrugʻini
tanlash orqali ushbu
andoza asosidagi hujjat yaratiladi.
Agar tanlangan andozadan tez-tez foyda-
lanish zaruriyati boʻlsa, unda eskizning
pastki oʻng burchagidagi
tugma belgisini
bosib qoʻyish lozim. Shunda Word dasturi
ishga tushganda har doim koʻrinib turadi.
4.40-rasm. Yangi koʻrinishdagi andozani
qoʻshish
Mavjud hujjatni ochish uchun “Файл”
menyusidan “Открыть” buyrugʻini tan-
laymiz. Bunda bizga bir necha havolalar
taklif etiladi
34
:
34
Beth Melton. Microsoft Office Professional 2013. Step by Step. USA 2013. P
119-120.
93
Bundan tashqari turli boshqa virtaul manzillarni ham qoʻshish
mumkin.
Dostları ilə paylaş: