Oʻzbeкiston respubliкasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi m. M. Kadirov axborot texnologiyalari


buyrugʻini tanlaymiz.  4.89-rasm. “Просмотр” darchasi  4.6. Microsoft Excel dasturida elektron jadvallar bilan ishlash



Yüklə 10,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/149
tarix23.07.2023
ölçüsü10,08 Mb.
#137234
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   149
Axborot texnologiyalari

 
buyrugʻini tanlaymiz. 
4.89-rasm. “Просмотр” darchasi 
4.6. Microsoft Excel dasturida elektron jadvallar bilan ishlash 
Microsoft Excel – elektron jadvallar va ularni qayta ishlash 
uchun moʻljallangan dastur boʻlib, undan hisob – kitoblar 
samaradorligi va sifatini oshirish uchun moliyaviy, buxgalteriyaga 
oid sohalarda keng qoʻllaniladi. 
Katta hajmli tekshirish natijalarini jadval koʻrinishida tasvirlash 
maqsadga muvofiqdir. Ma’lumotlarni jadval koʻrinishida tasvirlash 
ularni tahlil qilishni ancha soddalashtiradi. Shuning uchun 
koʻpchilik hollarda hisob-kitoblar samaradorligini oshirish uchun 
avtomatlashtirilgan 
hisoblashlarni 
joriy 
qilish 
maqsadga 
muvofiqdir. 
Excel elektron jadvali quyidagi sohalarda keng qoʻllanilish 
imkoniyatlari mavjud: 

Bugalteriya va bank hisobi; 

Proyektlash va smetalash sohalarida

Injenerlik va texnik hisob kitoblarda; 

Katta hajmdagi massivlarni axborotlarni qayta ishlashda; 

Dinamik jarayonlarni boshqarishda; 

Jadval va hisobotlarni tayyorlashda. 
MS Exceldagi barcha ma’lumotlar jadval koʻrinishida namoyon 
boʻlib, bunda jadval yacheykalarining (xonalarining) ma’lum 
qismiga boshlangʻich va birlamchi ma’lumotlar kiritiladi, boshqa 
qismlari esa har xil arifmetik amallar va boshlangʻich ma’lumotlar 
ustida bajariladigan boshqa amallar natijalaridan iborat boʻlgan 
axborotlardir. 
Elektron jadval yacheykalariga uch xil ma’lumotlarni kiritish 
mumkin: 

matnli; 
115



sonli ifodalar; 

formulalar. 
Formulalar har doim «=» belgisini qoʻyish bilan boshlanadi. 
Formula yacheykaga kiritilgandan keyin shu formula asosida 
hisoblanadigan natijalar yana shu yacheykada hosil boʻladi. 
Agar shu formulada foydalanilgan sonlardan yoki belgilardan 
biri ishlarini bajaradi va yangi natijalar hosil qilib beradi. 
Excel 2013 elektron jadvali 1 048 576 qator (row) va 16384 
ustun (column) dan iborat. Qatorlar 1dan 1 048 576 gacha boʻlgan 
butun sonlar bilan tartiblangan, ustunlar esa lotin alifbosining bosh 
harflari (A, B, .... Z, AA, AB, .... XFD) bilan belgilangan. Qator va 
ustun kesishmasida elektron jadvalning asosiy tarkibiy elementi – 
yacheyka (cell) joylashgan. Excelning asosiy ishlov berish obyekti 
yacheykalar hisoblanadi. Har bir yacheykaga son, matn yoki 
formula tarzidagi ma’lumotlar kiritiladi. Ustun kengligini va qator 
balandligini oʻzgartirish ham mumkin. Jadvalning tanlangan 
yacheykasiga oʻtish uchun aniq manzil koʻrsatilishi kerak. U qator 
va ustun kesishmasida, masalan A1, B4, F9, AB3 kabi koʻrsatiladi. 
Excel hujjatlari ixtiyoriy nomlanadigan va *.xlsx kengaytmasiga 
ega boʻlgan fayllardir. Excelda bunday fayllar “Ishchi kitob” deb 
ataladi. Har bir ishchi kitob ixtiyoriy sondagi elektron jadvallarni 
oʻz ichiga olishi mumkin. Ularning har biri «Ishchi varaq» deb 
ataladi va ularni foydalanuvchi oʻziga mos ravishda koʻpaytirishi 
mumkin. Har bir ishchi varaq oʻz nomiga ega boʻladi. Ishchi 
kitobni hosil qilish uchun Microsoft Excel dasturini ishga tushirish 
zarur. Dasturni yuklash Windows operatsion tizimining standart 
ko‘rinishida amalga oshiriladi. 
Excel dasturi quyidagicha ishga tushiriladi: “Пуск” tugmachasi 
yordamida “Приложения” bandiga kiriladi va dasturlar 
roʻyxatidan Microsoft Excel 2013 dasturi tanlanadi.
Ishni yangi hujjat yaratish yoki mavjud hujjatni ochishdan 
boshlaymiz. Yangi hujjat yaratishda biz tayyor andozalardan birini 
tanlashimiz yoki “Пустая книга” hosil qilishimiz mumkin
39

39
Beth Melton. Microsoft Office Professional 2013. Step by Step. USA 2013. P 
411-412. 
116


4.90-rasm. MS Excel dasturining yangi hujjat yaratish darchasi
Excel dasturini ishga tushirganimizda u bizga turli andozalar 
roʻyxatini taklif etadi. Ish jarayonida bu roʻyxatni koʻrish uchun, 
“Файл” menyusidan “Создать” buyrugʻini tanlash kerak boʻladi. 
“Пустая книга” boʻlimini tanlaganimizdan soʻng ekranda quyidagi 
darcha hosil boʻladi (4.53 rasm). 
Microsoft Excel dasturi quyidagi qismlardan tashkil topgan:
1- Sarlavha qatori (Книга1.xlsx); 
2- Tezkor murojaat etish panelini sozlash boʻlimi;
3- Asosiy menyular qatori (Файл, Главная, Вставка, Разметка 
страницы, Формулы, Данные, Рецензирование, Вид); 
4- Qoʻshimcha amallarni bajarish uchun moʻljallangan maxsus 
uskunalar paneli (piktogrammalar); 
5- Formula kiritish qatori (
x
f
); 
6- Ishchi maydon; 
7- Aylantirish tasmasi; 
8- “Лист”lar bilan ishlash qatori; 
9- Dastur holatini koʻrsatib turuvchi qismi. 
117


4.91-rasm. MS Excel dasturining darchasi

Yüklə 10,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin