134
Test savollari
1. Word dasturida yaratilgan hujjat kengaytmasi qanday?
a) docx
b) pptx
c) xxxl
d) mdbx
2. Microsoft Excel jadval kataklardagi sonlar yigʻindisini
topish formulasi toʻgʻri keltirilgan variantni koʻrsating.
a) = СУММ(А1:В1)
b) = СУММ(А1+В1)
c) =YIGINDI(А1:В1)
d) = СУММА(А1:В1)
3. Kompyuterda taqdimot yaratish uchun qaysi dastur
ishlatiladi?
a) Ms Word
b) Ms Power Point
c) Ms Excel
d) Ms Access
4. Tarjimon dasturlar toʻgʻri koʻrsatilgan qatorni
belgilang.
a) Promt, Translate!, Socrat, Runet
b) Promt, Translate!, Locrat
c) ABBYY Lingvo, Promt, Socrat
d) ABBYY Lingvo, Mksok, Rocer
5. Hujjatlarni skanerlash imkonini beruvchi dastur qanday
nomlanadi?
a) ABBYY Lingvo
b) ABBYY FineReader
c) Promt
d) Socrat
135
V BOB. MA’LUMOTLAR BAZASI VA MA’LUMOTLAR
BAZASINI BOSHQARISH TIZIMLARI
Tayanch soʻzlar:
ma’lumotlar bazasi, ma’lumotlar bazasini
boshqarish tizimlari, maydon, relyatsion model, tarmoqli model,
MS access dasturi, yozuv, jadval, soʻrov, makros
5.1. Ma’lumotlar bazasini tashkil qilish va ularni boshqarish
Informatsion tеxnologiyalarning rivojlanishi va axborot
oqimlarining tobora ortib borishi, ma’lumotlarning tеz oʻzgarishi
kabi xolatlar insoniyatni bu ma’lumotlarni oʻz vaqtida qayta
ishlash choralarini qidirib topishga undaydi.
Ma’lumotlar bazasi texnologiyasi an’anaviy fayllarni tashkil
etishning koʻpgina muammolarini kamaytiradi. Ma’lumotlar
bazasini ta’riflaydigan boʻlsak – bu ma’lumotlar majmui boʻlib, u
ma’lumotlarni samarali nazorat qilish va ma’lumotlarni
markazlashtirish orqali bir nechta ilovalarni boshqarish uchun
tashkil etiladi. Bunda har bir ilova uchun ma’lumotlarni alohida
fayllarda saqlash oʻrniga foydalanuvchi barcha ma’lumotlarni
markazlashtirilgan joyda saqlaydi
45
.
Ma’lumotlar bazasi (MB) – bu oʻzaro bogʻlangan va
tartiblangan ma’lumotlar majmuasi boʻlib, u koʻrilayotgan
obyektlarning xususiyatini, holatini va obyektlar oʻrtasidagi
munosabatni ma’lum sohada tavsiflaydi.
Ma’lumotlarni- saqlash, uzatish va qayta ishlash uchun
ma’lumotlar bazasini yaratish, soʻngra undan kеng foydalanish
bugungi kunda dolzarb boʻlib qolmoqda. Katta hajmdagi
ma’lumotlarni boshqarish, ulardan kerakli ma’lumotlarni soʻrov
orqali istalgan koʻrinishda chiqarib olish, ma’lumotlarning zaxira
nusxalarini olish, katta hajmdagi ma’lumotlarni siqish, qulay
interfeysda ma’lumotlar bazasi ustidan nazorat oʻrnatish,
ma’lumotlar asosida hisobotlar hosil qilish va bulardan boshqa
ma’lumotlar ustida juda katta koʻlamdagi ishlarni amalga
45
Kenneth C. Laudon, Jane. P. Laudon. Management Information Systems:
Managing the Digital Firm, 13th Edition, Pearson Education, USA 2014. p 244-245.
136
oshiradigan dasturiy komplekslar mavjud. Bunday dasturlar
majmui ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari deb yuritiladi.
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT) – bu
dasturiy ta’minot boʻlib, tashkilot ma’lumotlarini markazlashtirish
imkonini beradi, hamda bu orqali ma’lumotlarni samarali
boshqarish va amaliy dasturiy vositalar yordamida saqlanayotgan
ma’lumotlardan foydalanish imkonini beradi. MBBT amaliy
dasturiy vositalar va fayllarning fizik ma’lumotlari oʻrtasida
interfeys vazifasini bajaradi. An’anaviy ma’lumotlar fayllari
tizimidan foydalanib, dasturchi dasturda ishlatiladigan har bir
ma’lumotlarning elementi hajmini va formatini belgilashi, soʻngra
ular joylashgan maydoni kompyuterda belgilashi kerak boʻladi
46
.
MBBT – bu koʻplab foydalanuvchilar tomonidan MBni
yaratish, unga qoʻshimcha ma’lumotlarni kiritish va MBni
birgalikda ishlatish uchun zarur boʻlgan dasturlar majmuidir.
MBBTning tarkibidagi asosiy komponenti – bu ma’lumotlardir.
MBBT ma’lumotlarni boshqarish uchun qulay tizimlar hisoblanadi.
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi bu umumiy tushuncha
boʻlib, uning tarkibiga ma’lumotlar bazasi ham kiradi. Misol
uchun, mashina chiqaradigan zavod bu MBBT hisoblanadi,
mashinalar esa ma’lumotlar bazasidir. MBBT umumiy bir dastur
boʻlib, ma’lumotlar bazasini boshqaradi va uni bir tekis ishlashini
ta’minlaydi.
MBBT
ortiqcha
ma’lumotlarni
kamaytirib,
qayta
takrorlanuvchi ma’lumotlarni minimum darajagacha kamaytirish
imkonini beradi. MBBT dasturlar va ma’lumotlarni ajratadi,
buning natijasida ma’lumotlardan mustaqil foydalanish imkonini
beradi. Ma’lumotlardan foydalanish imkoniyati oshiriladi, dasturni
ishlab chiqish va qoʻllab-quvvatlash uchun sarf xarajatlar
kamayadi,
shuningdek
foydalanuvchilar
va
dasturchilar
ma’lumotlar bazasida ma’lumotlar uchun maxsus soʻrovlarini
bajarishlari mumkin boʻladi. MBBT tashkilotga ma’lumotlarni
46
Kenneth C. Laudon, Jane. P. Laudon. Management Information Systems:
Managing the Digital Firm, 13th Edition, Pearson Education, USA 2014. p 244-245.
137
markazlashtirilgan holda boshqarish va axborot xavfsizligini
oshirish imkonini beradi
47
.
MBBTga misol qilib: Oracle MBBT, MySQL MBBT, MS SQL
Server MBBT, MS Access MBBT kabilarni olish mumkin, bular
ichida ma’lumotlar bazasini yaratish mumkin.
MBBTlar oʻz ichiga quyidagilarni oladi:
1. Hardware- texnik;
2. Software-dasturiy ta’minot.
Texnik qismi tashqi qoʻshimcha xotiradan iborat boʻlsa, dastur
qismi esa MB bilan foydalanuvchi oʻrtasidagi muloqotni tashkil
qilishni amalga oshiradi. MBning tuzilishi oʻrganilayotgan
obyektning ma’lumotlari koʻrinishi, ma’nosi, tuzilishi va hajmiga
bogʻliq boʻladi.
MBBT quyidagicha tavsiflanadi:
Bajarilishlik – foydalanuvchi soʻroviga hozirjavoblik bilan
muloqotga kirishish;
Minimal takrorlanishlik – MBdagi ma’lumot iloji boricha
kam takrorlanishi lozim, aks holda ma’lumotlarni izlash susayadi;
Yaxlitlik – axborotni MBda saqlash iloji boricha
ma’lumotlar orasidagi bogʻliqlikni asragan holda boʻlishini lozim;
Xavfsizlik – MB ruxsat berilmagan kirishdan ishonchli
himoya qilingan boʻlishi lozim. Faqat foydalanuvchi va tegishli
tashkilotgina ma’lumotlarga kira olish va foydalanish huquqiga
egalik qilishi mumkin;
Migratsiya – ba’zi bir ma’lumotlar foydalanuvchilar
tomonidan tez ishlatilib turiladi, boshqalari esa faqat talab asosida
ishlatiladi. Shuning uchun ma’lumotlarni tashqi xotiralarda
joylashtiriladi va uni shunday tashkil qilish kerakki, eng koʻp
ishlatiladigan ma’lumotlarga murojaat qilish qulay boʻlsin.
Bu xususiyatlarni e’tiborga olgan holda ma’lumotlar bazasi
modellari quyidagi turlarga boʻlinadi:
Daraxtsimon (ierarxik) modellar.
Tarmoqli modellar.
47
Kenneth C. Laudon, Jane. P. Laudon. Management Information Systems:
Managing the Digital Firm, 13th Edition, Pearson Education, USA 2014. p 245-246.
138
Relyatsion modellar.
Daraxtsimon
(ierarxik)
modelda
obyektlar
yozuvlar
koʻrinishida ifodalanadi. Masalan, quyiroqda keltirilgan 5.1-rasmda
axborot texnologiyalari fanning tashkil etuvchilari daraxtsimon
modeli koʻrsatilgan.
5.1-rasm. Daraxtsimon (ierarxik) model
Ierarxik modelda ikki yarusdagi elementlar bogʻlangan boʻlsa,
unday ma’lumotlar tarmoqli modelda ifodalangan deyiladi.
Tarmoqli modellarda ham obyektlar daraxtsimon modellardagi
kabi yozuvlar koʻrinishida tasvirlanadi. Obyektlarning oʻzaro
aloqalari yozuvlar oʻrtasidagi aloqalar sifatida tavsiflanadi.
5.2-rasm. Tarmoqli (toʻrli) model
139
Hozirgi kunda, kompyuter uchun, shuningdek, server
kompyuterlar uchun MBBTning eng mashhur turidan biri
relyatsion model hisoblanadi. Relyatsion modellarda obyektlar va
ularning oʻzaro aloqalari ikki oʻlchovli jadval koʻrinishida
tasvirlanadi. Ma’lumotlarning bunday koʻrinishda tasvirlanishi
obyektlarning oʻzaro aloqalarini yaqqol tasvirlanishiga asos
boʻladi
48
.
Misol sifatida 5.1 jadvalni keltirish mumkin.
5.1 jadval. Relyatsion model
№ Familiyasi Ismi
Tugʻilgan
sanasi
Guruhi Turar joyi
1. Kadirov
Mirvohid 22.05.1992 117-16 Mirzo Ulugʻbek 20 uy
2. Kobulov
Farxod
12.02.1993 118-16 Ibn Sino 14 uy
3. Aminov
San’at
14.05.1994 11-16
Olmazor tumani 15 uy
4. Tolipov
Jasur
15.03.1992 22-16
Bеruniy koʻchasi 22
uy
1
5. Mirpulatov Mirolim 25.07.1990 77-17
TTZ 4 41-29
Ma’lumotlar relyatsion asoslarning ayrim afzalliklarini sanab
oʻtamiz:
Dostları ilə paylaş: |