Microsoft Access 2013 dasturida formalar yaratish. MS
Access 2013 dasturi yordamida tayyor jadvallarga formalar
yaratish imkoniyati mavjud. MBga yangi ma‘lumotlar kiritish, yoki
joriy MBdagi ma‘lumotlar ustida foydalanuvchi uchun qulay
boʻlgan turli-tuman shakldagi formalar yaratish maqsadida keng
foydalaniladi. MS Access 2013 dasturi formalarni 3 xil usulda
yaratish imkonini beradi:
1. “Форма” (Forma).
2. “Конструктор форм” (formalar konstruktori).
3. “Мастер форм” (Formalar ustasi)
“Форма” tartibida formani yaratish ketma-ketligini koʻrib
chiqamiz. Buning uchun “Создание” menyusi bosiladi va undan
“Форма” tanlanadi. “Форма” tanlangandan soʻng ekranda
quyidagi darcha hosil boʻladi.
“Форма” tartibida formani yaratishda maydonlarni joylarini
oʻzgartirish va formani sozlash imkonini beradi. “Форма” tartibida
formaga qoʻshimsha obyektlarni (matnlar, tugamalar, giperssilka)
qoʻshish imkoniyati mavjud.
“Конструктор форм” tartibida formani yaratish ketma-
ketligini koʻrib chiqamiz. Buning uchun “Создание” menyusi
bosiladi va undan “Конструктор форм” tanlanadi. “Конструктор
форм” tanlangandan soʻng ekranda quyidagi darcha hosil boʻladi.
155
5.27-rasm. “Форма” tartibida formani yaratish
5.28-rasm. “Конструктор форм” tartibida formani yaratish
156
Bunda forma yaratish uchun barcha obyektlarni foydalanuchini
oʻzi boshidan boshlab joylashtirib chiqish kerak. Darchaning oʻng
tomonida maydonlar roʻyxati paydo boʻladi. Roʻyxatdan kerakli
maydon tanlanadi va sichqonchaning tugmasi bosib turilgan holda
ishchi maydoning kerakli joyiga joylashtiriladi. Undan tashqari
formaga qoʻshimsha obyektlarni (matnlar, tugamalar, giperssilka)
qoʻshish imkoniyati mavjud.
“Мастер форм” tartibida formani yaratish ketma-ketligini
koʻrib chiqamiz. Buning uchun “Создание” menyusi bosiladi va
undan “Мастер форм” tanlanadi. “Мастер форм” tanlangandan
soʻng ekranda quyidagi darcha hosil boʻladi.
5.29-rasm. “Мастер форм” tartibida formani yaratish
Formani yaratish darchasidan
tugmasi bosiladi, soʻng
boshqa oʻzgartirishlar amalga oshiriladi. Barcha oʻzgartirishlar
amalga oshirilgandan soʻng “Готово” tugmasi bosiladi va natijada
quyidagi koʻrinishdagi forma darchasi paydo boʻladi.
157
5.30-rasm. Tayyor boʻlgan forma darchasi
“Мастер форм” tartibida yaratilgan formani oʻzgartirish
imkoniyati yoʻq, ya’ni qoʻshimsha obyektlarni (matnlar, tugamalar,
giperssilka) qoʻshish, maydonlar joyini oʻzgartirish kabi imkoniyati
mavjud emas.