Oʻzbeкiston respubliкasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi m. M. Kadirov axborot texnologiyalari



Yüklə 10,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/149
tarix23.07.2023
ölçüsü10,08 Mb.
#137234
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   149
Axborot texnologiyalari

 
buyrugʻini
 
bosish bilan boshlanadi va ekranda quyidagi muloqot darchasi 
paydo boʻladi: 
5.13-rasm. MB yaratishning boshlangʻich holati 
Yangi hujjat yaratishda biz tayyor andozalardan birini 
tanlashimiz (Пользовательские веб-приложение) yoki boʻsh 
ma’lumotlar bazasi (Пустая база данных) hosil qilishimiz 
mumkin. Ishni boʻsh ma’lumotlar bazasi (Пустая база данных) 
hosil qilishdan boshlaymiz. Yangi MB yaratishni tanlaganimizdan 
soʻng MS Access dasturida jadval tuzishning bir qator usullari 
taklif qilinadi: 
1.
“Режим таблицы” (Jadval rejimida) – bunda jadval tuzish 
oddiy mexanik usulda yaratiladi va ekranda formal nomlarda jadval 
maydonlari paydo boʻladi. “Поле1”, “Поле2”, “Поле3” . . . va 
standart matnli maydon turi akslanadi va ularga ma’lumot kiritish 
imkoniyati paydo boʻladi. 
2.
5.14-rasm. “Режим таблицы” tartibida jadval yaratish 
148


2. “Конструктор” tartibida jadval yaratish. “Конструктор” 
tartibini tanlasak, u holda maydonlar nomi ularning turi va 
xossalari kabi parametrlarni kiritish mumkin boʻlgan muloqot 
darchasi paydo boʻladi. Ushbu muloqot darchasida bu parametrlar 
barchasi klaviatura yordamida qoʻlda kiritiladi yoki keraksiz 
maydonlar olib tashlanadi, yoxud ba’zi maydonlarning turini 
oʻzgartirish kabi amallarni bajarish mumkin boʻladi. 
5.15-rasm. “Конструктор” tartibida jadval yaratish 
“Режим таблицы” (Jadval rejimida) tartibida jadval yaratish 
ketma-ketligini koʻrib chiqamiz. “Поле 1”, “Поле 2”, “Поле 3” 
maydonlariga kerakli ma’lumotlar, ya’ni talabaning familiyasi, 
ismi, tugʻilgan sanasi, guruhi, oʻzlashtira olmagan fanlarining 
roʻyxati kiritiladi. Jadvaldagi barcha oʻzgarishlar avtomatik 
ravishda real vaqt holatida saqlanadi. Real vaqt holatida jadval 
bilan ishlash jarayonida uzluksiz saqlash davom etadi. Birinchi 
maydonga ma’lumotlarni kiritish toʻxtatilgach, 2-maydonga 
oʻtiladi, shu vaqtda ma’lumotlar vinchestrga yozila boradi va 
avtomatik ravishda saqlanadi. Natijada ekranda quyidagi darcha 
hosil boʻladi. 
5.16-rasm. “Режим таблицы” tartibida jadvalni toʻldirish 
149


“Конструктор” tartibida jadval yaratish ketma-ketligini koʻrib 
chiqamiz. “Конструктор” rejimi tanlangandan soʻng ekranda 
“Имя поля”, “Тып данных”, “Описания” boʻlimlaridan iborat 
muloqot darchasi paydo boʻladi. “Имя поля” qismiga maydonning 
oʻziga xos nomi beriladi, ya’ni talabaning familiyasi, ismi, sharifi, 
tugʻilgan sanasi, guruhi, stipendiyasi, qarzdor fanlari. “Тып 
данных” qismiga maydonga kiritiladigan ma’lumotlarning 
xususiyatlari (sonli, matnli, pul birliklari) tanlanadi. “Описания” 
qismida agar shart boʻlsa yaratilayotgan maydonga izoh berib 
oʻtiladi. 
5.17-rasm. “Конструктор” tartibida jadvalga ma’lumotlar kiritish 
Barcha boʻlimlar kiritib boʻlingandan keyin saqlanadi. Undan 
soʻng, maydonlar asosida MB toʻldiriladi, natijada quyidagi darcha 
paydo boʻladi. 
5.18-rasm. “Конструктор” tartibida jadvalni toʻldirish 
Tayyor boʻlgan MB yangi ma’lumot qoʻshish, mavjudlarini 
tahrirlash kabi amallarni bajarish mumkin boʻladi.

Yüklə 10,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin