boʻlimi
Microsoft Access 2013 dasturida maydon va yozuvlar bilan ishlash. Microsoft Access 2013 dasturi ham relyatsion modellar
asosiga qurilgan boʻlib, unda tashkil qilinadigan MBlar jadval
koʻrinishida aks etadi. Bunday jadvaldagi ustunlar maydon deb,
satrlar esa yozuv deb ataladi.
Maydon – ma’lumotlarni tashkil etishning oddiy birligi boʻlib,
ma’lumotning alohida, boʻlinmas birligiga egaligi rekvizitga mos
keladi.
Yozuv – mantiqiy bogʻlangan rekvizitlarga mos keluvchi
maydonlar yigʻindisidir. Yozuvning tuzilishi oʻz tarkibiga mos har
bir oddiy ma’lumotga ega maydonlar tarkibi va ketma-ketligi bilan
belgilanadi.
Demak, maydon MBning asosiy tuzilmali elementi boʻlib
quyidagi parametrlar bilan ifodalanadi:
uzunligi (belgi va simvollarda ifodalanib baytlarda
oʻlchanadi);
nomi (maydonning oʻziga xos alohida xususiyati);
izoh (ustun sarlavhasi haqida ma’lumot).
Maydonlar xususiyatiga va tarkibiga qarab quyidagi
turlarga boʻlinadi:
1.
Matnli (Текстовый) maydon.
2.
Sonli (Числовой) maydon.
3.
Vaqt va sanani ifodalovchi (Дата и время) maydon.
4.
Mantiqiy (Логический) maydon (1
0; Ha yoki yoʻq; rost
yoki yolgʻon kabi mantiqiy birliklar bilan ifodalanadi).
5.
Pul
birliklarida
ifodalangan
(Денежный)
maydon
(raqamlar pul birliklari bilan birgalikda ifodalanadi).
6.
OLE (Поле объекта OLE) maydoni (shakl, tasvir, rasm,
musiqiy kliplar va videoyozuvlar shaklida ifodalanadi).
146
7.
Sanovchi (Cчётчик) maydoni – maydonda turgan ifoda
avtomatik ravishda sanalib oʻzgaradi.
8.
Gipermurojaat (Гиперссылька) maydoni – tashqi fayllarga
tezkor murojaat etish uchun foydalaniladi.
9.
Hisoblanuvchi (Вычислямый) – amallarni hisoblash uchun
foydalaniladi.