Microsoft Access 2013 dasturida yaratiluvchi asosiy obyektlar. MS Access 2013 dasturi yordamida 6 ta obyektni
yaratish mumkin, ular quyidagilar
51
: “Таблица” (Jadval), “Запрос”
(Soʻrov), Форма (Forma), Отчет (Hisobot), “Макрос” (Makros)
va “Модуль” (Modul).
Таблица (Jadval) – MBning ma‘lumotlar saqlaydigan asosiy
obyekti hisoblanadi. Barcha ma’lumotlar bir nechta jadvalda
saqlanishi mumki. Ular oʻzaro bir-biri bilan bogʻlanish imkoniyati
mavjud.
Запрос (Soʻrov) – MB dagi ma’lumotlarni tartiblash, biror
kerakli ma’lumotni qidirib topish asosida soʻrovlar yaratish kabi
vazifalarni bajaradi.
Форма (Forma) – MBga yangi ma‘lumotlar kiritadi, yoki joriy
MBdagi ma‘lumotlar ustida foydalanuvchi uchun qulay boʻlgan
turli-tuman shakldagi formalar yaratadi. Forma – ekran obyekti
boʻlib, elektron blank
tarzida ifodalanib, unda ma’lumotlar
kiritiladigan maydon mavjud va shu maydonlarga kerakli
ma’lumotlar joylashtiriladi va jadval shu tariqa hosil qilinadi.
Отчет (Hisobot) – tayyor boʻlgan MBni bosmaga chiqarish va
ularni sozlash kabi vazifalarni bajaradi.
“Модуль” (Modul) – Visual Basic dasturlash muhitida yozilgan
dastur boʻlib, nostandart operatsiyalarni foydalanuvchi tomonidan
bajarilishiga imkon yaratadi.
“Макрос” (Makros) – bir qator buyruqlar majmui asosida hosil
boʻlgan makrobuyruq boʻlib, foydalanuvchi tomonidan jadval
tuzishda juda qiyin hal qilinadigan jarayonlarni yechadi.
51
Beth Melton. Microsoft Office Professional 2013. Step by Step. USA 2013. P
911-912.
147
Microsoft Access 2013 dasturida jadvallar yaratish. Jadval
tuzish
– bu ma’lumotlarning oʻziga xos xususiyatlarini e’tiborga
olgan holda uning maydonlarini ifodalash. Bu jarayon Microsoft
Access 2013 dasturida “Файл” menyusidan “Создать”