6.1. Kompyuter grafikasi turlari Hozirgi kunda kompyuter grafikasi va kompyuter animatsiyasi
atamalaridan foydalaniladi. Kompyuter grafikasi
tushunchasi statik
tasvirlar bilan ishlashning barcha koʻrinishlari oʻz ichiga olsa,
kompyuter animatsiyasi
dinamik oʻzgaruvchi tasvirlar bilan
ishlaydi.
Kompyuter grafikasi – kompyuter boshqaruvida grafik
obyektlarni
kiritish,
chiqarish,
tasvirlash,
oʻzgartirish va
tahrirlashdir.
Kompyuter animatsiyasi
– ekranda tasvirlarni “jonlantirish”,
kompyuterda dinamik tasvirlar sintezidir.
Kompyuter grafikasi bu axborot texnologiyalarining maxsus
qismi boʻlib, dasturiy-apparat hisoblash komplekslari yordamida
tasvirlarni yaratish va qayta ishlash usullari va vositalarini
oʻrganadi.
Virtual
fazoda
hajmli
obyektlarni
yaratish
usullarini
oʻrganuvchi soha uch oʻlchovli (3D) grafika
deb nomlanadi.
Odatda unda tasvir yaratishning vektorli va rastrli usullaridan
foydalaniladi.
Tuzilishiga koʻra tasvirlar rastrli, vektorli va fraktal boʻlishi
mumkin.
Rastrli grafika – bu turdagi grafikada tasvirlar piksellar
asosida yaratiladi. Piksel – bu rastrli tasvirning eng kichik elementi
boʻlib, uning rangi kompyuter xotirasiga bitlarning ma’lum bir
miqdori vositasida kiritiladi. Masalan 800x600 suratda bu sonlar
gorizontal boʻyicha 800 va vertikal boʻyicha 600 piksellar sonini
belgilaydi. Piksellar soni qanchalik koʻp boʻlsa tasvirning
ekrandagi va qog‘ozda chop etilgandagi sifati (razreshenie) yuqori
boʻladi. Lekin piksellar soning koʻpayib ketishi tasvirning hajmini
oshishiga sabab boʻladi.
164