Kompyuter grafikasida rang tushunchasi va rang
modellari.
Kompyuter grafikasida rang juda muhim – kuzatuv
taassurotni kuchaytirish va tasvirni axborotga boyitish rolini
oʻynaydi. Biz koʻrayotgan yoritilgan buyumdan qaytgan yorugʻlik
koʻz qorachig‘i orqali koʻzimizga oʻtadi va koʻz ichidagi asab
hujayralarini qoʻzgʻatadi. Bu hujayralar asab tolalari orqali miya
bilan bog‘langanligi tufayli koʻz yorugʻligi miyaga oʻtadi va
ongimizda buyumni koʻrish tuyg‘usi paydo boʻladi. Biz buyumni
koʻramiz. Atrof muhitni bunday koʻrish qobiliyati koʻrish deb,
koʻrish a’zosi esa koʻz deb ataladi.
Biz sezgi organlarimiz orqali atrof muhit haqida juda koʻp
ma’lumot olamiz. Bu ma’lumotlarning 90% ni koʻrish orqali qabul
qilamiz. Yorugʻlik oqimi bu ma’lumotlarni eltuvchi hisoblanadi.
Bizning koʻzimiz miya bilan organizmning asab sistemasi
orqali bog‘langan. Agar koʻzning tuzilishini fotoapparat, kinoga
olish apparati va televizion kamera kabi hozirgi zamon optikaviy
apparatlarining tuzilishi bilan taqqoslasak ular orasida oʻxshashlik
borliqini sezishimiz mumkin.
Biror bir ranglar aralashmasidan olish mumkin boʻlmagan
ranglar asosiy ranglar deyiladi. Qizil, yasxil va koʻk ranglar–asosiy
ranglar hisoblanadi.
RGB modelining nomi Red – qizil, Green – yashil va Blue –
koʻk birlamchi ranglarning bosh harflaridan olingan boʻlib, ushbu
ranglarning
turli
proporsiyalarda
aralashtirish
natijasida
koʻrinuvchi spektrning turli xil boshqa ranglarini olish mumkin.
Birlamchi ranglarning aralashmasidan ikkilamchi moviy, pushti va
sariq ranglar hosil boʻladi. RGB modelining tashkil etuvchilari 0
dan 255 gacha qiymat qabul qilishlari mumkin. R=255, G=255,
B=255 boʻlganda oq rang, R=0, G=0, B=0 boʻlganda esa qora rang
hosil qilishimiz mumkin.
168
CMYK modeli boʻyoqlarning nurni yutish qobiliyatiga
asoslangan. Oq rangning nur oʻtuvchi boʻyoqdan oʻtishida
spektrning bir qismi yutiladi. Yutilmagan nur qaytadi va odam
koʻziga tushadi. Ranglar moviy, pushti va sariq ranglar
aralashmasidan paydo boʻladi. Ularning toʻliq aralashmasidan qora
rang hosil boʻladi. Modelining tashkil etuvchilari 0 dan 100 gacha
qiymat qabul qilishlari mumkin.
6.1-rasm Rang modellari
HSB modeli. Model nomi unga asos boʻlgan uch
komponentning bosh harflaridan olingan: Hue – rang toni;
Saturation – toʻyinganlik; Brightness – yorqinlik. Model odam
koʻzining rangni his qilish qobiliyatiga asoslangan.
Rang toni 0 dan 360 gradusgacha diapazondagi burchak
kattaligi bilan tavsiflanadi.
Toʻyinganlik (yoki xromatiklik) rangning tozalik darajasidir. U
kul rangning boshqa rangga nisbati bilan aniqlanadi (0% – kul
rang, 100% – toʻla toʻyingan rang).
Kompyuter grafikasi bilan ishlash shaxsiy kompyuterlarda
foydalaniladigan ommabop yoʻnalishlardan biri hisoblanadi.
Ixtiyoriy tashkilotlarda vaqti-vaqti bilan gazeta va jurnallarda
reklama e’lonlari yoki varaqalarini chiqarish zaruriyati tugʻiladi.
Yirik firmalar bu ishni bajarish uchun maxsus dizayner byurosi va
reklama agentliklariga buyurtma berishadi. Kichik tashkilotlar bu
ishni bajarish katta mablagʻ talab qilganligi uchun zamonaviy
kompyuterlarda mavjud boʻlgan dasturiy vositalardan foydalanib
oʻzlari bajarishadi. Hozirgi vaqtda multimedia dasturlarida
169
kompyuter grafikasidan albatta foydalaniladi. Internetda Web
sahifasini tuzishda, oʻqitish jarayonlarida, multimedia dasturlarida,
rassomchilik va dizaynerlik ishlarida va boshqa sohalarda
kompyuter grafikasi imkoniyatlaridan keng foydalanilmoqda.
Grafik
bilan
ishlashga
moʻljallangan
dasturlar
grafik
muharrirlari deyiladi. Grafik muharrirlari asosan uchta katta
guruhga boʻlinadi: rastrli grafik, vektorli grafik va fraktal grafik
muharrirlari. Bu guruhlarga kiruvchi dasturlarning asosiy farqi
shundaki, rastrli grafik muharrirlarida tasvirlarning rangi asosiy
vosita hisoblansa, vektorli grafik muharrirlarida esa tasvirlarning
shakli asosiy vosita hisoblanadi. Rastrli grafik muharrirlarga
kiruvchi dasturlarni shartli ravishda ikkita, ya’ni grafikli tasvirlarni
tashkil qilish va tayyor grafikli tasvirlarni qayta ishlash guruhlariga
ajratish mumkin. Yangi tasvirlarni tashkil qilishda rassomlik
qobiliyati, tayyor tasvirlarni qayta ishlashda esa, texnik usullar
hamda amaliy malakaga ega boʻlish talab qilinadi.
Grafikli tasvirlar bilan ishlashga moʻljallangan koʻplab
dasturlar mavjud. Bir qancha grafik muharrirlar, masalan, Paint,
Adobe Photoshop, CorelDRAW va Adobe Illyustrator kabi
dasturlar grafiklar chizish uchun moʻljallangan. Bu guruhga
mansub boʻlgan eng sodda dasturlardan biri Paint dasturi
hisoblanadi.
Rastrli grafik muharrirlarda asosiy element sifatida nuqta
qaraladi. Nuqtalar ekranda piksellar deb ataladi. Kompyuter
amaliyot tizimi ekran grafik kengligini qanday oʻrnatganligiga
qarab, ekranda tasvirlarni 640x480, 800x600, 1024x768 va undan
koʻp piksellarda berish mumkin. Bu parametr dyuymlarda
oʻlchanadi. Dioganali 15 dyuymli (1 dyuym=2.54 mm)
monitorlarda tasvirning oʻlchami ekranda taqriban 28x21
santimetrni tashkil qiladi. Demak, 800x600 pikselli rejimdagi
kompyuter ekranida ekranni tasvirlash qobiliyati 72 dyuymga teng
boʻladi. 10x15 sm oʻlchamdagi fotosuratlar taxminan 1000x1500
piksellardan iborat boʻladi. Rastrli grafik tasvirlar bilan ishlashda
muammolardan biri katta hajmdagi xotira talab qilinadi. Shuning
uchun rastrli grafik tasvirlar, masalan, multimedia imkoniyatlaridan
foydalanish uchun kompyuterlar talab qilinadi.
170
|