Oʻzbeкiston respubliкasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi m. M. Kadirov axborot texnologiyalari


boʻlimidan “Удалить Слои  Слои” buyruqlari tanlanadi  va ekranda paydo boʻlgan soʻrovga  «



Yüklə 10,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/149
tarix23.07.2023
ölçüsü10,08 Mb.
#137234
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   149
Axborot texnologiyalari

 
boʻlimidan “Удалить Слои

Слои” buyruqlari tanlanadi 
va ekranda paydo boʻlgan soʻrovga 
«
Да
»
yoki 
«
Нет
»
deb javob 
beriladi. 
173


Photoshop dasturida bir nechta, masalan, ikkita grafikli 
tasvirdan yangi bitta tasvir hosil qilish mumkin. Buning uchun 
dastlab ikkita tasvir tanlanadi. 
6.7-rasm. Tasvirlar bilan ishlash 
Birinchi grafikli tasvir ishga tushiriladi. Ikkinchi tasvirdan 
kerakli qismi uskunalar majmuasidagi “Многоугольное Лассо” 
uskunasi bilan belgilanadi. Menyuning “Редактирование” 
boʻlimidan “Копировать”
 
buyrugʻi orqali nusxasi olinadi va 
“Редактирование” boʻlimidan “Вставить”
 
buyrugʻi orqali birinchi 
grafikli tasvirning ixtiyoriy joyiga qoʻyiladi va natijada quyidagi 
tasvir hosil boʻladi. 
6.8-rasm. Tasvirlarni qayta ishlash 
Adobe Photoshop dasturining uskunalar paneli. 
Adobe 
Photoshop uskunalar panelida turli xil ishni bajariadigan oynalar 
174


joylashgan. Har biri Adobe Photoshop dasturining biror-bir 
buyrugʻini anglatadi.
Adobe Photoshop dasturida jami 46 ta uskunalar mavjud boʻlib, 
ulardan 20 tasi bevosita dastur ishga tushirilganda oynada koʻzga 
tashlanib turadi. Qolganlarini qoʻshimcha buyruqlarni bajarish 
orqali ishga tushirish mumkin. Agar uskunalar panelida joylashgan 
oynaning ostki qism oʻng burchagida kichik uchburchak shakli 
tasvirlangan boʻlsa, bu tasvir ushbu oyna tarkibida oʻxshash 
buyruqni bajaruvchi uskunalar yashiringanligidan darak beradi. 
Yashiringan uskunani aktivlashtirish uchun kursorni maxsus 
belgili oyna ustida sichqonchaning chap tugmasini bosgan holda 
uskunalar panelidan tashqariga olib chiqariladi va kerakli oyna 
ustida kursorni qoldirib sichqonchaning chap tugmasi qoʻyib 
yuboriladi.
Har bir oynaga kursor yaqinlashtirilsa, kursor belgisi ostidagi 
uskunaning qanday vazifani bajarishi haqidagi axborot paydo 
boʻladi.
Quyida Adobe Photoshop dasturida ishlash jarayonida keng 
qoʻllaniladigan uskunalarning qisqacha tavsifi keltiriladi: 
“Прямоугольная область” – toʻgri toʻrtburchak 
shaklidagi maydonni belgilab olish uchun qoʻllaniladi.
“Эллиптическая область” – doira shaklidagi 
maydonni belgilab olish uchun qoʻllaniladi.
“Кадрирование” – ushbu uskuna, asosan tasvir 
chetlarini va keraksiz qismlarini kesib tashlash uchun 
qoʻllaniladi.
“Перемешение” 
– 
ushbu 
uskuna 
tasvirdagi 
belgilangan madonni yoki qatlamni siljitish va kesib 
olish uchun xizmat qiladi.
“Лассо” tasvirdagi turli shakldagi obyektlarni 
belgilash uchun ishlatiladi. 
“Многоугольное Лассо” – asosan tasvirdagi toʻgʻri 
chiziqlardan iborat obyektlarni belgilashda ishlatiladi.
175


“Магнитное Лассо” – oʻxshash ranglar boʻyicha 
sohani tanlash. Uskuna avtomatik ravishda obyektga 
yopisha boradi. 
“Волшебная палочка” – bir-biriga yaqin boʻlgan 
rangdagi piksellar joylashgan maydonni belgilaydi. 
“Кисть” – chizishning asosiy ish quroli hisoblanadi. 
Bu uskuna yordamida tasvirni sifatli boʻyash mumkin.
“Штамп” – tasvirdagi kichik bir boʻlak nusxasini 
koʻchirish uchun ishlatiladi.
“Кисть предыдуших состояний” – bu oyna tasvir 
haqidagi dastlabki ma‘lumotlar asosida ishlaydi.
“Ластик” – tasvirni oʻchirish uchun ishlatiladi. U 
qoʻllanganda tasvirda fon qaysi rangda boʻlsa, oʻsha 
rangdagi chiziqlar hosil boʻladi.
“Волшебный ластик” – oʻxshash rangli sohalarni 
oʻchirish uchun foydalaniladi.
“Карандаш” – turli chiziqlarni chizish uchun 
foydalaniladi. 
Unda 
qalam 
yordamida 
chizish 
imkonini beradi. 
“Размывка” – ushbu uskuna ishlatilganda, tasvirdagi 
yorqinlik pasayadi.
“Осветитель” – Piksellardagi ranglar yorqinlashadi. 
Alt klavishisa bilan qoʻllanganda esa piksellardagi 
ranglar hiralashadi. 
“Перо” – tasvir ustida harakatlantirilganda, nuqtalar 
hosil boʻladi. Ushbu nuqtalar yordamida chizilgan 
tasvirni oʻzgartirsh mumkin 
“Непосредственное 
выделение” 
–pero 
bilan 
chizilgan chiziqlarni tahrir qilish uchun xizmat qiladi. 
176


“Текст” – ushbu uskuna yordamida tasvirga turli 
matnlarni kiritish mumkin.
“Градинт” – bu uskuna ishlatilganda, tasvirdagi 
belgilangan maydonda ranglar kombinatsiyasi hosil 
boʻladi.
“Пипетка” – Tasvirdagi asosiy yoki tasvir foni rangini 
oʻzgartiradi, pipetka tasvir ustidagi biror nuqtada rang 
sifatida tanlanadi.
“Рука” – tasvirning koʻzga tashlanmay turgan 
qismlarini koʻrsatadi, ya’ni tasvirni harakatlantirish 
imkonini beradi. 
“Масштаб” 
– 
tasvirni 
kattalashtirish 
yoki 
kichraytirish uchun xizmat qiladi.
“Основной цвет” – ushbu uskuna asosiy va fonni 
rangini tanlash imkonini beradi. 

Yüklə 10,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin