7.1. Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari
Hozirgi kunda – avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari (ALT)
tushunchasi
odatda,
CAD/CAE/CAM
tizimlariga
nisbatan
qoʻllanilib, unda kompyuter yordamida loyihalash, ishlab –
chiqarish va muhandislik ma’lumotlarini boshqarish masalalarini
amalga oshiruvchi dasturlar toʻplamiga nisbatan qoʻllaniladi.
Birinchi CAD – tizimlari 60-yillarda paydo boʻlgan. Aynan shu
vaqtda General Motors kompaniyasida, mahsulotni ishlab
chiqarishga tayyorlashning interaktiv grafik tizimi yaratilgan edi.
Zamonaviy qurilmalar va ularning tashkil etuvchilarining ish
xarakteristikalariga boʻlgan talablar yildan yilga murakkablashib
bormoqda, bu esa ularning konstruktiv oʻzgarishiga olib keladi.
Oʻz navbatida konstruktiv oʻzgarishlar loyihalash, tajriba ishlarini
murakkablashuviga olib keladi.
Hozirgi kunda bir qator keng tarqalgan CAD/CAE/CAM
tizimlari mavjud, xususan, CATIA, Solid Works, AutoCAD, NX
Nastran, MSC ADAMS, Inventor and mechanical Desktop,
Pro/Engineer, Parasolid, Solid Edge, KOMPAS, 3ds Max va h. k.
CAD/CAE/CAM tizimlarini koʻrib chiqamiz:
CAD
–
loyihalashni avtomatlashtirish vositasi boʻlib 2
oʻlchamli va 3 oʻlchamli geometrik loyihalash yoki texnologik
hujjatlarni tayyorlash dasturi hisoblanadi. Bundan :
CADD
– loyihalashda chizmalarni bunyod qilish;
CAGD
– geometrik modellashtirish;
CAE –
muhandislik hisoblashlarni avtomatlashtirish vositasi,
fizik
jarayonlarni
foydalanishni
tahlil
qilish,
dinamik
modellashtirish, buyumlarni optimallash va tekshirish.
CAM –
buyum ishlab chiqarishda texnologik tayyorgarlik
vositasi, avtomatlashtirishni dasturlash.
192
7.1 rasm. CAD/CAE/CAM tizimlari yordamida modelashtirish
Ma’lumki, biror mahsulotni ishlab chiqarishda unga,
mahsulotning bozorga chiqarish vaqtining qisqa, mahsulot tan
narxining kam va sifatining yuqori boʻlishi kabi asosiy talablar
qoʻyiladi. Bu talablarni CAD/CAE/CAM texnologiyalarini keng
miqiyosda qoʻllamasdan turib amalga oshirishning iloji yoʻq.
Butun dunyo raqobat sharoitida, zamonaviy ishlab chiqarish
korxonalari faoliyatini toʻxtatmasligi uchun, yangi mahsulotlarini
yuqori sifatli, pastroq narxda va qisqa vaqtda ishlab chiqarishi
kerak. Shu sababli ular, kompyuterlarning katta xotirasi, yuqori
tezkorligi va qulay grafikali interfeysini, avvallari juda zerikarli va
oʻzaro bogʻlanmagan jarayonlar boʻlmish – loyihalash va ishlab-
chiqarish muamolarini oʻzaro bogʻlash va avtomatlashtirish
muamosiga iloji boricha qoʻllashga xarakat qilinmoqda. Natijada
mahsulot ishlab chiqarish vaqti va tan narxi pasayib, qisqarmoqda.
Aynan shu maqsadda avtomatlashtirilgan loyihalash (computer –
aided design – CAD), avtomatlash-tirilgan ishlab chiqarish
(computer – aided manufacturing – CAM) va avtomatlash-tirilgan
muhandislik (computer – aided engineering – CAE) texnologiyalari
qoʻllaniladi. CAD/CAM/ CAE tizimlarini ahamiyatini tushinish
193
uchun biz mahsulotni loyihalash va ishlab chiqarish jarayonlaridagi
har xil muamolarni yechimi va ketma-ketliklarini oʻrganib
chiqishimiz kerak. Barcha bu masalalar birgalikda mahsulotni
hayot sikli (product cycle) deb nomlanadi
55
. Masalan, 7.1-rasmda,
Zeyd tomonidan taklif qilingan mahsulotni hayot siklining qisman
yangilab oʻzgartirilgan koʻrinishi keltirilgan. Tasvirda uzluksiz
toʻrtburchak bilan cheklab, mahsulotni hayot siklini asosiy ikki –
loyihalash va ishlab chiqarish – jarayonlari koʻrsatilgan.
Loyixalash jarayoni, asosan marketing boʻlimga murojaat qiluvchi
mahsulotni qoʻllovchi-foydalanuvchilar talabidan boshlanib, tayyor
mahsulot loyihasi koʻrinishida yakunlanadi. Ishlab chiqarish
jarayoni boʻlsa texnikaviy talablardan boshlanib, tayyor mahsulot
ishlab chiqarish bilan yakunlanadi.
Rasm 7.2 – Maxsulotning hayot sikli
55
Kunwoo Lee. Principles of CAD/CAM/CAE: The Computer Aided
Engineering Design Series. 5st Edition. Addison Wesley Longman, USA, 2015. p 1-5.
CAM
194
Loyihalash jarayoni yakunlanib optimal koʻrsatgichlar tanlab
olingandan keyin loyihani boxalash etapi boshlanadi. Shu
maqsadda protip(maket)lar yaratiladi. Agar loyihani prototip
asosida baholash tablarga javob bermasa, unda yuqoridagi jarayon
yana qaytariladi.
Agar loyiha qonikarli baholansa unda loyihani hujjatlash
boshlanadi. Bunga chizmalar, hisobotlar va materiallar roʻyxati
yaratiladi. Koʻpincha, chizmalardan nusxa olinib, nusxalari ishlab
chiqarishga yuboriladi.
Ishlab chiqarish jarayoni, 7.2. rasmda koʻrsatilganday,
loyihalash jarayonidan olingan chizmalar asosida rejalashdan
boshlanib, mahsulotni ishlab chiqarish bilan yakunlanadi. Ishlab
chiqarishni texnologik tayorlash jarayoni – bu mahsulotni ishlab
chiqarish uchun kerakli texnologik operatsiyalarni roʻyxatidan va
ularning koʻrsatgichlarini aniqlashdan iboratdir. Bir vaqtda
mahsulot tarkibiy qismlari yasab tayyorlash uchun kerakli
qurilmlar tanlab olinadi. Ishlab chiqarishni texnologik tayyorlash
natijasida mahsulot chiqarish rejasi, materiallar roʻyxati va
qurilmalar uchun rejalar tuziladi.
Yuqorida mahsulotni tipik hayot siklini keltirdik. Endi shu
hayot siklining qaysi etaplarida CAD, CAM va CAE
texnologiyaliri ishlatilishini qarab chiqamiz. Sintez etapidagi sifat
axborotlarini
kompyuterda
avtomatlashtirish
murakkab
hisoblanadi.
Kompyuterdan
parametrik
va
geometrik
modellashtirish qurollaridan foydalanish, shu bilan birga
avtomashtirilgan chizmalarni yaratishda (computer-aided drafting)
tizimidagi
makrodasturlash
foydalanish
qulay
hisoblanadi.
Bularning barchasi CAD tizimiga tipik misollar boʻladi. Geometrik
modellash tizimi (geometric modeling system) – bu chizmalarni
avtomatik yaratish tizimining uch oʻlchamli analogi boʻlib, yaniy 2
oʻlchamli tekslikdagi emas balki uch oʻlchamli (fazoviy) obyektlar
bilan ishlovchi dasturlar majmuasidir
56
.
56
Kunwoo Lee. Principles of CAD/CAM/CAE: The Computer Aided
Engineering Design Series. 5st Edition. Addison Wesley Longman, USA, 2015, p 1-5.
195
Analitik loyihalash fazasida, kompyuterni qoʻllash xissasi yaqol
koʻrina
boshlaydi.
Bu
dasturlar
majmuasi
muhandislik
avtomatlashtirish tizimlariga (CAE) tegishli jihozlar xosoblanadi.
Ularni qoʻllashdagi bosh muamo – bu iloji boricha aniqroq analitik
model tuzishdadir. Abstraklash jarayonini atomatlash juda qiyin,
shu sababli koʻpincha analitik modelning oʻzi mustaqil yaratiladi.
Aksariyat xolatlarda absrakt modellar avtomatlashtirilgan chizma
chizish yoki geometrik modellashtirish uchun qoʻllanadigan
tizimlarda yaratilib, ayrim xollarda tizim tarkibidagi joylashtirilgan
maxsus analitik dasturlar majmuasi qoʻllanadi. Analitik dasturlar
majmuasi koʻpincha obyektni kompyuterda hosil qilish oson
boʻlishi uchun, birlashtirilgan oʻzaro aloqadagi maxsus qisimlardan
iborat boʻlishini talab qiladi.
Kompyuterni qoʻllash orqali loyihani baholash fazasi ham oson
amalga oshiriladi. Agar boxolash uchun protip (maket) kerak
boʻlsa, dasturlar majmuasida berilgan loyiha asosida, tezda dastur
kodini kiritib, kompyuterdagi tez prototiplash texnologiyasi
yordamida yaratish mumkin. Bunday majmualar kompyuterda
ishlab
chiqarishni
tayorlash
(CAM)
tizimi
hisoblanadi.
Boshlangʻich hisob-kitoblar esa oʻz navbatida geometrik loyihalash
natijasida hosil qilinadi
57
.
Dostları ilə paylaş: |