Oʻzbeкiston respubliкasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi m. M. Kadirov axborot texnologiyalari



Yüklə 10,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/149
tarix23.07.2023
ölçüsü10,08 Mb.
#137234
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   149
Axborot texnologiyalari

6.4. Multimedia texnologiyalari 
Axborot 
kommunikatsiya 
texnologiyalarini 
rivojlanishi 
zamonaviy multimedia texnologiyalarini paydo boʻlishiga sabab 
boʻldi. Juda koʻp hollarda tovush, video, grafika, matnlar, 
animatsiyalar quyidagi holatlarda foydalaniladi
52

52
Ze-Nian Li and Mark S. Drew. Fundamentals of Multimedia. Canada 2004. P 
3-4. 
186


– videokonferentsiyalarda; 
– oliy ta’lim uchun tarqatma ma’ruzalarda; 
– telemeditsinada; 
– vizual obyektlar uchun ma’lumotlar bazasidan video va 
rasmlarni qidirishda; 
– yangi multimedia vositalari yaratishda va boshqalar. 
Axborot texnologiyalari tinglovchilari tomonidan multimedia 
tizimini qiziqligi shundaki, multimedia oʻz ichiga axborot 
texnologiyalari sohasidagi juda koʻp ma’lumotlarni oʻz ichiga 
olgan. Bunga operatsion tizimlar, axborot texno- 
logiyalariga kirish, ma’lumotlar bazasi va boshqa sohalar 
hisoblanadi. 
Multimedia vositalari – 
bu apparat va dasturlar toʻplami 
boʻlib, u insonga oʻzi uchun tabiiy boʻlgan juda turli-tuman 
muhitlarni: tovush, video, grafika, matnlar, animatsiyalarni 
ishlatgan holda kompyuter bilan muloqot qilish imkonini beradi.
Multimedia foydalanuvchiga fantastik dunyoni (virtual) 
yaratishda juda ajoyib imkoniyatlarni yaratib beradi, bunda 
foydalanuvchi chekkadagi sust kuzatuvchi rolini bajarmasdan, 
balki u yerda avj olayotgan hodisalarda faol ishtirok etadi; shu 
bilan birga muloqot foydalanuvchi uchun odatlangan tilda birinchi 
navbatda tovushli va videoobrazlar tilida boʻlib oʻtadi. 
CD-ROM (Compact Disk Read Only Memory) – lazerli 
(kompakt) disk faqat oʻqish uchun lazerli disk), keyingi paytda bu 
qurilma juda muhim rol oʻynamoqda.
DVD – disklar dastlab Digital Video Disk deb nomlangan, 
keyinchalik DVDlar har qanday ma’lumotni ham saqlash 
imkoniyatini bera olishi ma’lum boʻldi va ular Digital Versatile 
Disk deb nomlana boshlandi. 
Blu-ray Disc, BD (angl. blue ray – xavorang nur va disc – 
disk;) – optik disk tashuvchi formati boʻlib, raqamli axborotlarni 
hamda yuqori aniqlikdagi video materiallarni kata zichlikda 
yozishimkonini beradi.
Multimedia vositalari bilan ishlovchi bir nechta dasturiy 
vositalar turlarini koʻrib chiqamiz. Bu uskunalar (dasturlar) 
multimedia vositalarini yaratishda yordam beradi. Multimedia 
187


vositalarini yaratish dasturlashga oʻxshab ketadi va bu uskunalar 
kompyuterlarni, hamda tarmoqlarni imkoniyatlarini ochib berishda 
keng qoʻllaniladi.
Foydalaniladigan dasturiy ta’minotlarning ishlatish sohalarini 
koʻrib chiqamiz
53
:
– Musiqa va notalar bilan ishlash; 
Raqamli audio
– Rasm va grafikani qayta ishlash; 
– Videoni qayta ishlash; 
– Animatsiya; 
– Multimedia avtoring dasturlari. 
Shu sababli multimedia vositalarini yaratishning bir nechta 
dasturiy vositalarini oʻrganib chiqamiz. Multimedia vositasini 
yaratishning birinchi qadam sifatida videokliplar yaratish 
boʻlganligi uchun videoni qayta ishlovchi dasturlar misolida 
koʻramiz. Bunday dasturiy ta’minotlar sifatida quyidagi dasturlarni 
misol keltirish mumkin: 
• Adobe Premiere 6 
• Macromedia Director 8 va MX 
• Flash 5 va MX 
• Dreamweaver MX 
Ushbu dasturlar toʻliq roʻyxat boʻlmasada, bu dasturiy 
ta’minotlar multimedia vositalarini yaratishda keng foydalaniladi
54

6.1 – jadvalda Macromedia multimedia vositalarida keng 
qoʻllaniladigan fayllarning roʻyxati keltirilgan. Bu roʻyxatda 
berilagan fayl formatlari tanishib chiqamiz. Bu roʻyxatda berilgan 
JPG va GIF formatlari veb brauzerlarda keng qoʻllaniladi.
53
Ze-Nian Li and Mark S. Drew. Fundamentals of Multimedia. Canada 2004. P 
14-15. 
54
Ze-Nian Li and Mark S. Drew. Fundamentals of Multimedia. Canada 2004. P 
37-61. 
188



Yüklə 10,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin