6.11-rasm. CorelDRAW X3 dasturida
fayllarni saqlash
Toʻgʻritoʻrtburchak uskunasi (Rectangle).
Toʻgʻritoʻrtbur-
chak uskunasi istalgan toʻgʻritoʻrtburchak yoki kvadratlarni chiza
oladi. Toʻgʻritoʻrtburchak chizish uchun
uskuna ustida sichqoncha
tugmasini bosib qoʻyib yubormagan holda kerakli oʻlcham olinadi.
Agar toʻgʻritoʻrtburchakni markaziy nuqtadan chizish lozim boʻlsa,
tugmasini bosib turish kerak, kvadrat chizish uchun
tugmasi ishlatiladi.
Ajratilgan obyektda oʻng tugma orqali matn tavsiyanomasini
chaqirish mumkin, bunda ekranga obyekt xossalari paneli chiqadi.
Bu panelda toʻgʻritoʻrtburchak uskunasi va chetlari silliqlangan
burchaklar maydoni boʻlib bunda har bir burchakni silliqlanishi
foyizlarda ifodalanadi.
182
6.12-rasm. Toʻgʻritoʻrtburchak uskunasi yordamida chizish
Ellips uskunasi (Ellipse).
Ellips uskunasi ellipslar va aylanalar
chizish uchun moʻljallangan. Ellips oʻziga tashqi chizilgan toʻrtburchak
burchaklaridan boshlab chiziladi. Ellipsni chizish uchun markazda
tugmasi, aylana uchun bosilishi lozim. Obyekt xossalari paneli
yordamida
ellips
parametrlarini oʻzgartirish mumkin. Ellips
tugmachasining yuqori qismiga qoʻyish orqali ellipsning turini tanlash
mumkin. Bunda ellips, sektor, yoy figuralarini chizish imkonini beradi.
6.13-rasm. Ellips uskunasi yordamida chizish
183