Oʻzbeкiston respubliкasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi m. M. Kadirov axborot texnologiyalari


CorelDRAW X3 dasturida hujjatlarni saqlash



Yüklə 10,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/149
tarix23.07.2023
ölçüsü10,08 Mb.
#137234
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   149
Axborot texnologiyalari

 
CorelDRAW X3 dasturida hujjatlarni saqlash. 
CorelDRAW 
X3 dasturida hujjatlarni xotiraga bir-nechta usul bilan saqlash 
mumkin. 
Menyuning “File” boʻlimidan “Save” buyrugʻi yordamida joriy 
hujjatni joriy jildga saqlaydi. Bu amal uskunalar panelidagi maxsus 
tugma yordamida ham amalga oshiriladi. 
“Save As” buyrugʻi esa joriy hujjatni boshqa nom va boshqa 
jildga va boshqacha formatda saqlash imkoniyatini beradi. Bu amal 
bajarilganda va yangi hujjatni xotiraga saqlaganda ekranga tasvirni 
saqlash imkonini beruvchi darcha hosil boʻladi (6.11-rasm).
CorelDRAW X3 dasturida yaratilgan fayl *.CDR kengaytmada 
saqlanadi. Undan tashqari PAT, CDT, CLK, DES, CSL, CMX, AI, 
WPG, WMF, EMF, SVG, PCT, DXF, PLT, CMX kengaytmalarda 
saqlash imkonini beradi. 
181


6.11-rasm. CorelDRAW X3 dasturida fayllarni saqlash 
Toʻgʻritoʻrtburchak uskunasi (Rectangle).
Toʻgʻritoʻrtbur-
chak uskunasi istalgan toʻgʻritoʻrtburchak yoki kvadratlarni chiza 
oladi. Toʻgʻritoʻrtburchak chizish uchun uskuna ustida sichqoncha 
tugmasini bosib qoʻyib yubormagan holda kerakli oʻlcham olinadi. 
Agar toʻgʻritoʻrtburchakni markaziy nuqtadan chizish lozim boʻlsa, 
 tugmasini bosib turish kerak, kvadrat chizish uchun  
tugmasi ishlatiladi. 
Ajratilgan obyektda oʻng tugma orqali matn tavsiyanomasini 
chaqirish mumkin, bunda ekranga obyekt xossalari paneli chiqadi. 
Bu panelda toʻgʻritoʻrtburchak uskunasi va chetlari silliqlangan 
burchaklar maydoni boʻlib bunda har bir burchakni silliqlanishi 
foyizlarda ifodalanadi. 
182


6.12-rasm. Toʻgʻritoʻrtburchak uskunasi yordamida chizish 
Ellips uskunasi (Ellipse).
 
Ellips uskunasi ellipslar va aylanalar 
chizish uchun moʻljallangan. Ellips oʻziga tashqi chizilgan toʻrtburchak 
burchaklaridan boshlab chiziladi. Ellipsni chizish uchun markazda  
tugmasi, aylana uchun bosilishi lozim. Obyekt xossalari paneli 
yordamida 
ellips 
parametrlarini oʻzgartirish mumkin. Ellips 
tugmachasining yuqori qismiga qoʻyish orqali ellipsning turini tanlash 
mumkin. Bunda ellips, sektor, yoy figuralarini chizish imkonini beradi. 
6.13-rasm. Ellips uskunasi yordamida chizish 
183



Yüklə 10,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin